«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Qadimgi gidrotexnik inshootlarning chorvachilikni rivojlantirishdagi ahamiyati



Download 2,3 Mb.
bet3/5
Sana27.03.2017
Hajmi2,3 Mb.
#5423
1   2   3   4   5

Qadimgi gidrotexnik inshootlarning chorvachilikni rivojlantirishdagi ahamiyati

Respublikamizning tog’ oldi va tekislik qismlari cho’kindi yoki otqindi jinslar, ba’zan esa qalin allyuvial, prolyuvial va akkumulyativ yotqiziqlardan tashkil tongan bo’lib yuza qismi baland-pastlik ayrim holatlarda kum tenalari, hamda taqirlardan iborat. Ba’zan bir xil rel’ef formasi platosimon balandlik (dengiz yuzasidan 300-500 m yuqori) laruchrab turadi. Turli xil efemer, efemeroidlar hamda shuvoq, quvray, sho’ra, yantoq kabi o’simlik olami chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay resurslardir. Ammo iqlim quruq va oqar suv manba’lari kam bo’lganligi uchun suv muammosi dastlabki o’rinni egallaydi. Tarixiy xujjatlarga ko’ra buhududlarda chovani suv bilan ta’minlash uchun qadimgi gidrotexnik inshootlardan omilkorlik bilan foydalanishgan. Masalan birgina Sangisuvloq sardobasi atrofida qo’ng’irot hamda nayman urug’iga xos o’zbek chorvadorlarining 200 dan ortiq o’tovi joylashgan edi (Masson, 1935,b. 32). Yuzlab quduq chirli, chog’om, doshoq kabi inshootlar, aynan qo’ychilikning turli yo’nalishlari (qorako’lchilik, teri, go’sht, yung) tuyachilik, yilqichilik, yirik shoxli mol hamda echkichilik rivojlangan hududlar buylab tarqalganligi bejiz emas. Gidrogeologik sharoit qulay bo’lgan hududlarda quduq, chirli, chog’omlardan foydalanish garchand mahsulot tannarxiningarzonlashuviga sabab bo’lsada, aks holatlarda, grunt suvi sho’r yoki taxir tamli hududlarda ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan. Yer osti suvi tarkibida tuz miqdorining oshib ketishi uning chorva uchun yaroqsizlanishiga, yoki jonivorlarning turli kasalliklarga chalinishiga sababchi bo’lish ehtimoli yiroq emas.Ana shunday holatlarda doshqoq yoki sardobalar eng ishonchli suvloqlar o’rnini o’tay oladi.Ayni shu holat Qashqadaryo vohasining Qarshi cho’lida yaqqol ko’zga tashlanadi.Bu hududlar Qarshi voxasining ancha pastqam (dengiz yuzasidan 300-250 m balandlikda) maydonlari sanalib, gruntsuvi, tuproq qatlami ham sho’rlangan.Do’latlisho’r, Sho’rsoy, So’xtasho’r, Chorboysho’r, Yomboshisho’r kabi sho’rxokli maydonlar,hosil bo’lgan. Shunday bo’lsada rel’efivao’simlik olamining chorvachilik (qo’y, echki, tuyachilik) ni rivojlantirishga qulayligi qo’shimcha chuchuk suv manba’larini yaratishni talab qiladi. Fatta, Usti Ochiq, Charcha kabisardobalarni restavratsiya qilish yoki yangi sardobalar tashkil etish ushbu hududda chorvachilik istiqbolini ravnaq toptirishda eng arzon va qulay yo’l bo’lishi mumkin. Bu tadbirni nafaqat Qarshi balki Surxon-Sherobod, Qarnab, Malik, Qizilkum, Qoraqum cho’llari hududlarida ham keng qo’llash mumkin.[ 12 ]

Qadimgi gidrotexnik inshootlarning tibbiy ahamiyati.

Suv bilan davolash usuli meditsinada qadimgi davrlardanoq keng qullanilishi ma’lum. Suv tarkibidagi inson uchun eng zarur bo’lgan mikroelementlar, turli tuzlar yod, brom, kaliy, oltingugurt birikmalari, xlorli natriy, oshtuzi, xlorli magniy inson tanasining xastalangan a’zolarini muvaffaqiyatli tiklay oladi (Marinov, Paseka, 1972, b. 136). Respublikamizning tog’li va tog’ oldi hududlarida davolash ahamiyatiga ega bo’lgan ko’plab tabiiy suv manba’lari-buloqlar mavjud. Birgina Hisor tizma tog’- laridagi Xo’jaipok, Garmob, Obi Shifo, Shivirbo’yin, Zangiota, Omonxona shular jumlasidandir. Shundan Omonxona bulorining suvi GOST № 13273-88 talabiga binoan quyidagi xastaliklarni inson tanasidan yo’qota oladi: 1) surunkali gepatit (sarik, kasalligi); 2) surunkali xolitsistit (ut pufagi va yo’llarinint yallig’lanishi); 3) opqozon ichak sistemasida uchraydigan barcha kasalliklar (gastrit, duodent, kolit- lar); 4) qandli diabet; 5) oshqozon osti bezining yalliglanishi (pankreatit); 6) hafaqon (qon bosimi).Boshqa, ayniqsa oltingugurt-vodorodli tarkibga ega bo’lgan buloqlar suvi (Xo’jaipok) asab, oshqozon-ichak, hafaqon va teri kasalliklariga davo bo’lishi ma’lum. Huddi shuningdek ayrim ochish ahamiyatiga ega bo’lgan gidrotexnik inshootlar yordamida yer osti shifobaxsh suvidan foydalanish imkoniyatlari hosil bo’lgan.Masalan, Buxoro shahridagi Sallaxona yoki Sardobai Poraduz inshootining suvidan aholi yara-chaqalarni davolashda foydalanishgan.Shu boisdan ham nomi Poraduz- ya’ni bitovchi, yamovchi, kesilgan, yara bo’lgan joylarni tuzatuvchi ma’nosini beradi.Poraduz sardobasidan boshqa shahar hududida Xo’ja Nurobodi. Chashmai Ayub, shahar tashqarisida Xo’ja Ismat, Isxoki Kallaobod, Xazrati Imom kabi quduqlar o’zining shifobaxsh suvi bilan mashhur. Ularni L.I.Rempel (1981, b. 147) “chashma” deb ataydi.Ko’kyo’tal bo’lgan kishi Nurotadagi Mozori Sulfi Kabutak ziyoratgohidagi quduq suviga chumilib va kiyimlarini yuvib olsa tuzalib ketadi degan tushuncha mavjud. Buxoro viloyatining Qiziltepa rayonidagi Chilla hovuz nomi bilan yuritiluvchi hovuz suvi, chilla yara (teri kasalligi)chiqqan chaqaloqlarni davolashda butun viloyatda mashxur. Hovuz suviga yuvintirilgan gudak badanidagi yara tezda to’kilib, bitadi (2001 yili yozib olingan dala kundaligida qayd etilgan, A.N.).Ammo qadimgi gidrotexnik inshootlarning tibbiy ahamiyat ilmiy tarzda juda kam o’rganilgan.Uni bu borada tadqiq etish qiziqarli ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.

Qadimgi gidrotexnik inshootlarni rekreatsiya ahamiyati

Rekreatsiya (hordiq chiqarish, dam olish mazmunini beradi) muammosi, geografiya fanining dolzarb zamonaviy masalalari qatoridan o’rin olgan.Bu muammoni ayrim hududlarda qadimgi gidrotexnik inshootlarni geografik jixatdan tadqiq etish orqali yechish mumkin.Chunki tarixiy davrlardanoq aynan tadqiqetilayotgan ob’ektlar rekreatsiya maydonlari tarkibida ishtirok etganligini Narshaxiy (1991, 106-bet), Nosir Xisrav (2003, 96-bet), Sh.Shomuhamedov (1963, 34-bet), L.I.Rempel (1981, b. 110), V.I.Kochedamov (1957, b. 165-186), G.A.Pugachenkova (1951, b. 48), U.Alimov (1984), D.A.Nozilov (1997, 14-bet) kabi mualliflar ta’kidlaydilar.Gidrotexnik inshootlar sirasiga kiruvchi ayrim kurilmalar aynan istirohat ahamiyatiga ega ekanligini shu asarning 1- bobida ko’rsatilgan bulsada hovuz, qulfakli hovuz, kanal, ariqlarning ham rekreatsiya ahamiyati nihoyatda muhim o’rin tutishini ta’kidlash lozim. Ularning bu boradagi xizmati qishloq joylarda kamsitilmagan holda ayniqsa yirik shaxarlar miqyosida bo’rtib ko’rinish beradi.Chunonchi Buxoro shaxrida XX asrning boshlariga qadar Tropik meditsina institutining ma’lumoti bo’yicha yuz dan ortiq hovuz mavjud bo’lganligini ta’kidlagan edik (Rempel, 1981, b. 146).Aslida ularning soni korrsatilgan raqamlardan bir-necha bor ko’p bo’lganligi ma’lum bo’ladi. Chunki yuqorida nomi zikr qilingan xaritada Kimsan, Attor, Labi hovuz va yana bir qancha nomerlanmagan inshootlarning nomi uchramaydi. Ammo ushbu katta-kichik suv havzalarining mavjudligi va mikroiqlimni ma’lum miqdorda mu’tadillashtiruvchi ahamiyatini inkor etib ham bo’lmaydi. Shu boisdan hovuzlarning rekreatsiya ahamiyati o’z-o’zidan ro’y- rost bo’y ko’rsata boshlaydi.Buxoro shahrii misolida hovuzlarning geografik tarkalishi quyidagicha o’rin topgan. Shaharning ma’muriy binolari bilan uyg’unlashib ketgan yaxlit ansambl tashkil etuvchi hovuzlar: Gavkushon (XVI asr), Hovuzi Nav (XVII asr), Labi Hovuz(XVI-XVII asr), Nodir Devon Begi (XVII asr) v. h. Bu suv inshootlar bo’yi ko’proq mudarrislar, tolibi ilmlar, mullavachchalar bilan gavjum bo’lib, ularning sevimli dam olish markazlari edi. Hovuzlar atrofini o’rab olganNazar Elchi, Nodir Devon Begi, Qozi Latif, Domullo Sher, Ibrohim Oxun madrasasi kabi qator nodir arxitektura yodgorliklari savlat to’kib, dam oluvchi, yohud sayl qiluvchilarda katta zavq-shavq uyg’otar edi (Rempel, 1981, b. 66). Ularning ayrimlari, masalan Labi Hovuz obidasi hanuzgacha buxoroliklar va shaharni tamosha qilgani kelgan mahalliy va chet ellik turistlar uchun aynan rekreatsiya nuqtai nazardan ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Aholi yashaydigan mahallalar tarkibiga kiruvchi toshdan ishlov berilgan Mir Do’stim, Do’st Chirog’, Xo’ja Zayniddin (XVI asrlar) kabi o’nlab hovuzlar atrofida ham choyxona, istirohat qiladigan shiyponchalar doimo aholining sevimli dam olish maskanlari bo’lib kelgan. Hayit kunlari, xalq sayillarida nonpaz, qandolatpaz, oshpaz, marboz, darvoz, qiziqchi-masxarabozlar, kurashchi polvonlar, hofizlar san’atidan bahramand bo’lish uchun xalq hovuzlar bo’yidagi so’lim, salqin sufalarni to’ldirib yuborishardi. Bayram sayillarsiz ham O’zbekistonning barcha shahar, qishloq, mahalla hovuzlarining bo’yi nihoyatda rohatijonligidan dam oluvchilar arimasligini ko’pchilik yaxshi biladi. Bahovuddin Naqishbandiy, Sayfiddin Boxarziy, Chor Bakr, HazratiImom (XV-XVI asrlar) kabi hovuzlar mashhur shayxlar, diniy ulomo, aziz-avliyolarning xonaqalari bilan yaxlit ansambl tashkil etgan bo’lib, bu inshootlar ziyoratchilar dam oladigan istirohatgoh rolini o’tagan va o’tamoqda. Ayniqsa Bahovuddin Naqshbandiy, Chor Bakr obidalari tarkibiga kiruvchi marmar bilan ish- lov berilgan xovuzlar dam oluvchilarning, kungilli dam olishlarida muhim omil rolini o’taganva ayrimlari hanuz bu borada ahamiyatipi yo’qotganichayo’q.

Yirik amaldorlar (xon, hokim, qozi v. x)gakarashli muhtasham bog’lar tarkibiga kiruvchi hovuzlar-masalan Sitorai Mohi Xosa (XIX asr) tosh hovuzi, Karmanadagi XonChorbog’, Mirzo chorbog’, Zakotchi chorbog’idagi hashamatli sufador hovuzlar amaldor shaxslarning istirohatlari uchun xizmat qilgani. Har-biri alohida oila- xonadonlar uchun muljallangan, uncha yirik bo’lmagan hovuzlar, xovlilarning ichkari qismlarida yoki bog’larda tarkib topgan bo’lib, atrofi mevali, manzarali daraxtlar bilan qurshalgan, hamda dam olish uchun daraxtlar soya tashlovchi qismlarida esa bir paxsa bo’yi balandligidagi sufalar umumiy manzara kashf etadi. Hovuz bo’yi yozning jazirama kunlari ham o’zining sezilarli darajada salqin, saranjom-sarishta ozodaligi va dam oluvchiga huzurbaxsh etishi bilan ajralib turgan va shu tufayli qadim davrlardan to zamonamizgacha muhim dam olish go’shalari sifatida qadrlansada, ularning soni tobora kamaya bormoqda. Barcha qurg’oqchil ulkalarning qishloq-shaharlari kabi O’zbekistonning ham barcha tarixiy aholi punktlarini ariq-kanallarsiz tasavvur qilish qiyin.Chunki insoniyat hamisha suv bo’ylarida qo’nim topgan, mexnati bilan o’sha yerni obod qilganligi eng oddiy falsafadir. Mexnat qilib hori- ganda salqin ariq yoki anhor bo’yida dam olgan, ba’zan dam olish sifatini oshirish uchun aynan o’sha arik, anhor bo’ylarining eng qulay joylarini tanlab obodonchi- likni yo’lga qo’yishgan, istirohat uchun qulay shart-sharoit yaratishgan. Shu boisdan bunday joylar dil tortaligi tufayli ommaviy sayillar, bayramlar, mahraka, to’y-hashamlar uchun eng qqulay joy sifatida ehtirof etilgan. Samarkand shahridagi Siyoxob (Qorasuv), Obi Mashhad ariqlari, Navruz bayrami arafasida “Qozon to’ldi”, “Boy bo’ldi”, “Gunoh to’kildi”, kabi qadimiy marosim va rasm-rusmlar bilan birga xalq sayillari, tantanalari o’tkazilar edi (Samarkand tarixi, 1971, 43-bet): Nafaqat Samarkand balki, Toshkent shahrining Bo’zsuv, Qonqus, Qichqiriq kabi kanallari, Buxoro shahrining Joyg’ozi, O’tror, Qalandarxona, Gulobiyon, Zarminok, Bog’dosh, Foshun, Laylak kabi ariqlari bo’yidachorbog’lar, maysazorlar ataylabdan kishilarning hordik chiqarishlari uchun bunyod etilganligi ma’lum. Hatto chorbog’ bunyod etuvchi mahsus mutaxassislar ham mavjud bo’lishgan.Masalan: Mirak Said G’iyos Buxoroda Ubaydullaxon uchun juda ko’rkam bog’ barpo etgan. Ustaning ruxsatisiz biron bir imorat qurilishida hech kim bironta g’ishtni olib qo’yishga haqqi yo’q edi. Mirak Said G’iyosning inshootlar uchun tarxlari ko’p edi. Usta bunyod etgan dam olish maskanini shunday ta’riflaydi.

Bir bog’kim, suvli anhorlari tip-tiniq,

Daraxtlari ustma-ust, qushlari qatorma-qator.

D.Nozilov, 1997, 14-bet.

Darhaqiqat Buxoro qadimdanoq, ariq vakanallari bo’yining so’limligi bilan shuxrat qozongan edi. X-X1 asrlarda Mo’liyon arig’i bu borada nihoyatda mashhur bo’lib ketdi. Jo’yi Mo’liyon (Jo’y, Jo’yi forsiyda ariq, kanal mazmunini beradi, A.N.) ning jannatni eslatuvchi go’zal maqomidan ko’ra yaxshiroq biror joy va manzil Buxoroda yo’q edi. Chunki uning hamma joyi saroylar, bog’lar, gulzorlar va bo’stonlar bilan qoplangandi. Doimiy oqib turuvchi suv (ariq kanal,A.N.) lar bilan ta’minlangan. Uning chamanzorlari bir-birlariga tutashib ketgan va ularning oralaridan arqlar o’tib chamanzorlar va gul- zorlar tomon ming tarafga qarab oqar edi. Oqib turgan suvlarni tomosha qilgan har bir kishi, bu suv qayerdan kelayapdi-yu, qayerga ketayapdi, deb hayratda qolar edi.O’z zamonining ustodlari ana shunday tarx chizgan edilar. Registon maydonidan to Dashtakkacha bo’lgan hamma yer toshdan ishlanib naqshlangan, bir tartibda qurilgan baland uylar, turli sur’atlar ishlangan mehmonxonalar, chiroyli chorbog’lar vayaxshi sarhovuzlar bilan band edi. Sada qayrag’ochlar shunday bir tarzda chodir shaklini olganedi-ki, sarhovuz labidagi o’tiradigan joyga sharq tomondan ham g’arb tomondan ham zarracha quyosh nuri tushmas edi (Narshaxiy, 1991, 106-bet).Bu Jo’yi Mo’liyon nomlik anhor bo’yidagi oromgoh to’g’risidagi muxtasar fikr X asrlarda Buxoro shahri atrofida kanal, ariq, xovuz bo’ylari dam oluvchilar uchun eng qulay makon bo’lganligidan darak beradi.[ 10 ]


Tarixiyahamiyati

  1. GeografiyaGeografiyafaniningrivojlanishdagiroli





Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish