Blok-modul texnologiyasi ta`lim mazmunini yanada boyitish, o`quv materialini o`quvchilarning mustaqil o`rganishi, ta`lim jarayonini samarali amalga oshirishga xizmat etmoqda. Bu sohada chet ellarda, jumladan, Respublikamizda ham turkum ishlar bajarilmoqda. Keyingi yillarda A.T.G`ofurov, J.O. Tolipova, O.Mavlonov kabi metodistlarning biologiya ta`limida modul tizimidan foydalanish bo`yicha samarali ishlar olib bormoqdalar.
Blok-modul texnologiyasidan foydalanishda o`qituvchi o`rganiladigan dars mavzusini mantiqiy jixatdan bir-birlari bilan bog`langan alohida bo`laklar yoki modullarga ajratib chiqadi. Bu bo`lakchalar alohida o`quv elementlari tarzida ajratiladi. Mavzuning mazmunga bog`liq holda o`quv elementlari 1,2, 3, 4 bo`laklardan tashkil topadi. Har bir modul bo`lagi o`quv elementi sifatida O`E belgisi bilan belgilanib boriladi. Mavzuga doir avvalgi darsda o`rganilgan materialni takrorlash O`E-0 bilan belgilanadi. Yangi mavzudagi o`quv materialllari yuqorida ko`rsatilgandek 1, 2, 3 o`quv elementlari bilan belgilanadi. O`qituvchi yangi o`rganiladigan mavzuni, dastur talabi bo`yicha vazifalarini o`rganib chiqqach, ushbu mavzuning darslikda berilishini undagi o`quv materialini ayrim-ayrim, bir-birlari bilan mantiqan birikkan blok yoki bo`laklarga ajratishi, mavzuni o`rganishning maqsad va vazifalarini aniqlashi, mavzuning o`rganishda zarur bo`lgan ko`rgazma materiallar, adabiyotlarni ajratishi lozim bo`ladi. So`ngra, o`quv materialini har bir bo`lakdagi o`quv elementlarini o`rganish davomida o`quvchilar faoliyatlari, ularning bilim malakalarini aniqlashning yo`llarini belgilab oladi.
Blok-modul sistemasidan foydalanishning muhim talablaridan yana biri, o`quvchilarning avvalgi o`rganilgan mavzularini esga tushirishlari, bilim zahiralariga tayangan holda yangi mavzuni o`rganishlari hisoblanadi. Blok-modul tizimidan foydalanishni yana o`ziga xos tomonlaridan biri- har bir modul tizimining o`rganishlikni yo`llarini aniqlash, mavzuga oid test topshiriqlari, asosiy tushunchalar tushirib qoldirilgan biologik diktant matni, test topshiriqlari tuzish kabi vazifalarni bajarish hisoblanadi. Diktantdagi tushirib qoldirilgan tushunchalarni o`qituvchi avvaldan belgilab qo`yadi. Undan tashqari, topshiriqlarda mavzuning o`rganishda o`quvchilar va o`qituvchi faoliyatlari ham belgilab qo`yiladi.
Ta`limda modul tizimidan foydalanish masalasini biz «Burchoqdoshlar oilasi» mavzusi misolida ko`rsatmoqchimiz. Modul tizimidan foydalanishda avvalo uning texnologik kartasi tuziladi.
«Burchoqdoshlar oilasi» mavzusining texnologik kartasi
O`quvchilar uddalashlari kerak
|
O`quvchilar burchoqdoshlar oilasining asosiy morfologik, sistematik belgilari, vakillarining tarqalishi, ko`payishi va ahamiyati haqidagi avvalgi bilimlarini esga tushirishi, bu bilimlarini yangi o`rganiladigan mavzuga bog`lay olishi, darslik matni va undagi rasmlardan oila vakillarini tanib, sistematik tasniflay olishi, ularning gul formulalarini, ahamiyatini o`rganib olishlari zarur. Oila vakillarining anatomik va morfologik belgi-xususiyatlarini idrok qilishi, gul formulalarini, diagrammalarini jadvallardan ko`rsatib berishlari, boshqa oila vakillarining tuzilishlariga nisbatan o`xshashlik va farqlarini ko`rsatib bera olishlari zarur. Darslik va o`quv jadvallardan burchoqdoshlarning tashqi, ichki tuzilish xususiyatlarini ko`rsatib berish kabilarni uddalashlari talab etiladi.
|
Hosil qilinishi lozim bo`lgan umumta`lim va maxsus malaka, ko`nikmalar
|
Burchoqdoshlarning anatomo-morfologik tuzilishlariga ta`rif berish, aniqlagichdan foydalangan holda gerbariylardan o`simlik turlarini aniqlay olish. Jadval va rasmlardan foydalanib oila vakillariga sistematik tasnif berish.
|
Pedagogik texnologiya
|
Modul tizimidan foydalanish.
|
Bilim va malakalarni hisobga olish
|
O`quvchi o`z bilimini berilgan topshiriqlarni qay darajada to`g`ri hal etganligiga qarab baholaydi. O`quvchilar mustaqil ishlarini o`qituvchi bergan to`g`ri javoblarga taqqoslab, to`g`ri javoblar nisbati bo`yicha o`z ishini baholaydi.
|
Tuzilgan texnologik karta asosida esa o`rganiladigan dars mavzusining modul tizimi bo`yicha reja tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |