2. Oqsillarga konsentrlangan nitrat kislota ta‟sir ettirilganda oqsillar sariq ranga kiradi. Bu reaksiya ksantoprotein reaksiyasi deyiladi va oqsillarda aromatik va geteroyadroli sikllar borligini isbotlaydi. Sariq rangning hosil bo‟lishi sikllarni nitrolanishini borishi va aminokislota qoldiqlarida nitrobirikmalarning hosil bo‟lishi bilan tushuntiriladi. 3. Millon reaksiyasi: oqsillarga Millon reaktivi Hg(NO3)2 va Hg2(NO3)2 larni suyultirilgan nitrat kislotadagi HNO2 aralashmasi bo`lgan eritmalari ta‟sir ettirilganda qizil – qo’n’gir rang yuzaga keladi, bu simobni nitrit tuzlari hosil bo`lishi bilan shartlanadi. 4. Agar oqsil eritmasiga qo`rg`oshin (II) asetat eritmasidan solib, uning ustiga natriy gidroksidi qo‟shib qizdirilsa, qora rangli cho`kma tushadi, bu tajriba oqsil tarkibida oltingugurt borligiga sifat reaksiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |