Tabiiy va sun’iy ekosistemalarga nisbatan antropagen omillarning ta’siri


Markaziy Osiyo regionining ekosistemalari



Download 3,89 Mb.
bet2/2
Sana04.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#738999
1   2
Bog'liq
EKOSISTEMALAR

Markaziy Osiyo regionining ekosistemalari. Bu regionning fizik-geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xildir. Shimoliy-g‘arbiy hududlar tipik cho‘l va chala cho‘llardan iborat bo‘lib, quruq issiq yozi, juda sovuq qishi, yog‘ingarchiligi- ning kam bo‘lishi bilan ta’riflanadi (89-rasm). Biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili namlikning kamligi hisoblanadi. Yog‘ingarchilikning yillik miqdori 200 mm dan oshmaydi, asosan yog‘ingarchilik qish-bahor faslida kuzatiladi.
O‘simliklar asosan bir yillik o‘simliklardan iborat. Ular o‘z hayot siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu joylarda yantoq ko‘p o‘sadi, uning ildizi 15—20 m chuqurlikdagi suvlargacha yetib boradi, shuningdek, bu yerda saksovul va boshqa cho‘l butazor o‘simliklari ko‘p o‘sadi.
Yerosti suvlarining tarkibida tuzning miqdori juda ortiq bo‘lganligi uchun sho‘rlangan yerlar ko‘p uchraydi. Cho‘l hay-

Cho‘l landshafti.
vonlari ham o‘simliklar kabi suvsizlikka yaxshi moslashgan. Cho‘lda yashovchi sudralib yuruvchilar, mayda kemiruvchilar suvsizlikka fiziologik va etiologik (fe’l-atvori bilan) jihatdan moslashgan. Bu hayvonlar ichimlik suviga unchalik muhtoj emas, chunki ular organizmida metabolik suv iste’mol qilingan quruq oziqning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi, ularning siydigi juda konsentratsiyalashganligi uchun organizmdan suv kam ajra ladi. Tuyalar, sayg‘oqlar va boshqa ko‘p cho‘l hayvonlarida uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni ta’minlovchi me- xanizmlar rivojlangan.
Cho‘llarning sug‘orilishi, haroratning yuqori va yorug‘lik ning yetarli bo‘lishi serhosil maydonlarni yaratishga imkon beradi. Lekin bunda suvning juda tez bug‘lanishi natijasida tuproqning sho‘rlanishi cheklovchi omil hisoblanadi. Bu esa tuproqning sho‘rini yuvish va hosildorlikni ta’minlash uchun yana qo‘shimcha suv talab qiladi.
Tog‘oldi va tog‘ hududlarida chala cho‘llar, quruq cho‘llar, to‘qaylar, aralash va archali o‘rmonlar, alp o‘tloqlari, hamda sovuq tog‘ cho‘llari kabi biomlar uchraydi
Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi sanoat, tog‘ qazilma sanoatining rivojlanishi, archa o‘rmonlarining kesilishi kabi buzi lishlarga sabab bo‘lmoqda. Natijada, hozirgi vaqtda o‘sim-

To‘qayzor landshafti.
lik va hayvonlarning juda ko‘p turlari yo‘qolib bormoqda va shu tufayli O‘zbekistonning «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Yo‘qolib ketayotgan turlarni va tabiiy biotsenozlarni muhofaza qilishning samarali choralaridan biri qo‘riqxonalarni ko‘paytirish va ularning maydonini kengaytirish, yo‘qolib keta- yotgan turlarni, sun’iy o‘stiriladigan joylarni yaratish, ularni ta-

Archazor landshafti.
biatga reintroduksiyalash (qaytadan ko‘paytirish, tiklash) hisob- lanadi.
Sun’iy ekosistemalar — inson faoliyati natijasida yaratiladi. Ularga agroekosistemalar, urbanoekosistemalar (shahar ekosistemalari) va kosmik ekosistemalar kiradi. Akvariumlar, gul o‘tqazilgan tuvaklar ham kichik ekosistemalar bo‘lib, ular ta biiy ekosistemalarning modelidir. Sun’iy ekosistemalardan eng muhimi agroekosistema hisoblanadi, bular odam tomonidan yaratiladigan biogeotsenozlardir. Agroekosiste- malarga dalalar, bog‘lar kiradi.
Qanday shaklda bo‘lishiga va ixtisoslashishiga qaramay, agroekosistemalarning asosiy tarkibiy qismi autotrof qism hisoblanadi. Agroekosistemalar tabiiy ekosistemalardan farq qiladi: a) turlarning soni kam bo‘lganligi uchun o‘z-o‘zini idora qila olmaydi; b) ularning turg‘unligi mustahkam emas, chunki turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlashning ta’sirida paydo bo‘ladi; d) agrotsenozlar uchun energiya manbayi bo‘lib faqat quyosh energiyasigina emas, balki inson tomonidan sarflanadigan energiya (sug‘orish, o‘g‘itlarni ishlab chiqarish, mashinalardan foydalanish) ham hisoblanadi. Agroeko- sistemalarda elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi,

Agrobiotsenoz.
chunki bu elementlar hosil bilan birga yig‘ib olinadi, o‘rnini to‘ldirish uchun tuproqqa min eral o‘g‘itlar solinadi.
Hozirgi davrda quruqlikning 10 foizga yaqinini shudgorlanadigan yerlar, 20 foizini yaylov tashkil qiladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi agroekosistemalarning ko‘pchiligi juda kam hosilli bo‘lib, sanoat regionlari uchun yetarli miqdorda mahsulot yetishtira olmaydi. Hosildorlikni oshirish uchun yoqilg‘i, kim yoviy moddalar, mashinalarni ishlatish uchun juda ko‘p energiya sarflanadi. Ko‘pincha sarflanadigan energiya miqdori oziq mahsulotlaridagi energiya miqdoridan ortiq bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini kamaytirib yubormoqda.
Sun’iy yaratiladigan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab qiladi. Faqat ayrim turdan tashkil topgan (masalan, paxtadan) maxsus agroekosistemalar vaqtincha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi paxtaning monokulturasi tuproqning buzilishiga va steriliza- tsiyalashishiga, zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi.
Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, entomofag (hasharotxo‘rlarni), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik sistemani barqarorlashtirishga yordam beradi.
Cho‘llar, o‘tloqlar, dashtlar kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish, o‘g‘itlash, tuproqni sun’iy namlash usulla- ridan foydalanish mumkin (93-rasm).
Agrotsenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning industrial texnologiyasidan foydalanish, yangi navlar va duragay o‘simliklarni yaratishda ge- netik injeneriya va biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur.

Adabiyotlar


1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish