Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi



Download 17,19 Mb.
bet24/72
Sana13.09.2021
Hajmi17,19 Mb.
#173536
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
UMK-TMTJ 3-kurs

Sepochka pishiqligi. Sepochka uzilishidagi pishiqligi taxminan 3 ta ipning pishiqligiga teng, chunki og’irlik kuchi halqaning ikki tayoqchasi va uning protyajkasi o’rtasida taqsimlanadi.
5.2. Triko va uning xususiyatlari
Triko - bir qavatli bo’ylamasiga to’qilgan to’qima bo’lib, uning halqalari bir ipning o’zidan hosil bo’ladi va ketma-ket ikki yondosh halqalar ustunchasida joylashadi. Trikoning har bir halqa ustunchasi, ikkita turlicha iplardan to’qilgan halqalardan tuzilgan bo’lib, bu iplardan hosil qilingan halqalar, halqalar ustunchasida ketma-ket joylashadi. Bitta ipdan olingan halqa ikkinchi ipdan olingan halqa asosiga tashlanadi. Agar ip birinchi halqalar qatorida o’z halqasini birinchi halqa ustunchasida hosil qilgan bo’lsa, keyingi halqalar qatorida bu ip halqasini ikkinchi halqalar ustunchasida hosil qiladi. Bu ikki halqa o’zaro protyajka yordamida birlashadi. 5.4-rasmda, teshikli igna avval ipni igna 1 ga qo’yadi, ikkinchi halqa qatorida esa igna 2 ga qo’yadi.

5.4-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan triko to’qimasi halqasining tuzilishi


Triko to’qimasi ochiq va yopiq halqalardan tuzilgan bo’lishi mumkin (5.5-rasm). Iplarning elastiklik kuchlari yig’indisi ta’siri ostida, protyajkasi bir taraflama joylashgan triko halqalari shu halqalar protyajkasi joylashishiga teskari yo’nalishda buralishga harakat qiladi.

Triko to’qimasining protyajkalari har bir halqa ustunchasida goho o’ng tomonda, goho chap tomonda joylashishi natijasida uning halqa ustunchasi siniq chiziq shakliga ega bo’lib, rapporti ikki halqadan iborat bo’ladi.



Qalinligi. Bo’ylamasiga to’qilgan triko to’qimasi qalinligi ko’ndalangiga to’qilgan glad’ to’qimasi qalinligidan bir yarim marta kattadir, ya’ni M=3F.

Echiluvchanlik. Bo’ylamasiga to’qilgan matolarni faqat to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin, lekin bu ancha qiyindir. Agar triko sun’iy ipakdan, kaprondan yoki ishqalanish koeffitsienti kam bo’lgan boshqa sintetik iplardan to’qilgan bo’lsa, u halqa ustunchasi bo’yicha yengil ajralib ketishi mumkin, bu esa triko to’qimasining kamchiligi hisoblanadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun trikoni ishqalanish koeffitsienti katta bo’lgan iplardan to’qish zarur. Triko to’qimali mato buralmaydi.

5.5-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan ochiq va yopiq halqali triko to’qimasining grafikli yozuvi



Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish