Buraluvchanlik. Sepochka buralmaydi, chunki har bir halqa tayoqchalarining egilgan qismlari protyajkalar bilan muvozanatlashgan bo’lib, ularning buralishi teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi.
5.3-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan tsepochka to’qimasi
Cho’ziluvchanlik. Sepochkaning bo’ylamasiga cho’ziluvchanligi bu sepochka to’qilgan iplarning elastikligiga bog’liq. Ipning elastikligi qanchalik ko’p bo’lsa, halqalar shunchalik yumaloq shaklga ega bo’ladi, demak, sepochka bo’ylamasiga shunchalik ko’p cho’ziladi, bu esa halqalarning egilgan qismlarining to’g’rilanishi hisobiga bo’ladi. Katta zichlikdagi yoki elastikligi kam bo’lgan ipdan to’qilgan sepochka bo’yiga cho’zilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |