Cho’ziluvchanlik. Lastik ham bo’yiga, ham eniga cho’zilishi mumkin.
Bo’yiga cho’ziluvchanligi xuddi glad’ cho’ziluvchanligi kabi bo’ladi:
(6.1)
Uzunligi bo’yicha nisbiy cho’ziluvchanligi:
(6.2); (6.3)
Eni bo’yicha cho’ziluvchanligi:
(6.4)
Eni bo’yicha nisbiy cho’ziluvchanligi:
(6.5)
A=4F (6.6); (6.7)
Eni va uzunligi bo’yicha nisbiy cho’ziluvchanliklarni taqqoslab, quyidagini aniqlash mumkin:
(6.8)
Pishiqlik. Lastikning eni bo’yicha pishiqligi bo’yi bo’yicha pishiqligiga nisbatan kamrokdir. Lastik eniga cho’zilganda uning uzilishiga har bir qatorda bitta ip qarshilik ko’rsatadi, bo’yiga esa to’rtta ip qarshilik ko’rsatadi.
Zichlik. Lastik zichligi glad’ zichligi kabi ikki yo’nalish: gorizontal va vertikal yo’nalishlari bo’yicha belgilanadi.
Lastik 1+1 gorizontal bo’yicha zichligi 50 mm uzunlikdagi halqalar ustunchalari sonini hisoblab chiqish yo’li bilan aniqlanadi. Bunday zichlik haqiqiy zichlik deyiladi va bir tomoni uchun Rg’ bilan, ikkinchi tomoni uchun esa Rg’’ bilan belgilanadi.
Lastikning gorizontal bo’yicha zichligining nazariy hisobi halqalar qadami A bo’yicha yoki halqalar eni a bo’yicha aniqlanadi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, halqa kengligi faqat elastikligi yuqori bo’lgan iplardan to’qilgan lastikdagi halqa qadamiga teng bo’ladi (unda old tomondagi halqa ustunchalari bir-biriga tegib turadi). Shuning uchun bunday lastikning gorizontal bo’yicha zichligi va unga mos ravishda halqalar qadami, to’qish nazariyasiga asosan shartli (uslovniy) zichlik yoki shartli halqalar qadami deyiladi va ular tegishlicha Rgsh va Ash bilan belgilanadi. Shartli halqalar qadami Ash, ipning yo’g’onligi orqali aniqlanadi va 4F ga teng qilib olinadi. Gorizontal bo’yicha shartli zichlik Rgsh quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
; (6.9) yoki ; (6.10) a=4F (6.11)
Rapportida old va orqa halqalar ustunchalari turlicha almashib kelgan lastik uchun gorizontal bo’yicha keltirilgan zichlik aniqlanadi.
Har qanday rapportli lastikning gorizontal bo’yicha keltirilgan zichligi deb, rapporti 1+1 ga keltirilgan zichlikka aytiladi va Rgk bilan belgilanadi. Keltirilgan zichlik gorizontal yo’nalishda keltirilgan halqa qadami bo’yicha hisoblanadi, u esa to’qish nazariyasiga asosan taqriban 5F ga teng.
; (6.12) (6.13)
Lastikning keltirilgan zichligi va haqiqiy zichligi orasidagi bog’liqlik quyidagichadir:
(6.14)
bunda R - rapportdagi halqa ustunchalari soni.
Lastikning vertikal bo’yicha zichligi uning gorizontal bo’yicha shartli zichligi va zichliklar nisbatlari koeffitsienti yordamida aniqlanadi (lastik uchun koeffitsient 0,865 qilib olingan), ya’ni
(6.15)
Amalda lastikning vertikal bo’yicha zichligi uning tomonlaridan (old yoki orqa tomonlaridan) biri bo’yicha 50 mm uzunlikda joylashgan halqalar qatorlari sonini hisoblab chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |