Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining obъektlari va subektlari
O'zbekiston Respublikasi Fuqaroliq kodeksining 167-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllaridadir. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasi tabiiy resurslarni davlat-ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki obъektlari sifatida ko'zda tutilgan. Yuqorida qayd etilganidek tabiiy resurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining subъekti davlatdir. Fuqarolik kodeksining 214-moddasi ikkinchi qismiga asosan respublika mulki bo'lgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tasarruf qiladilar.
Tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etishni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, hamda maxsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradilar. Mazkur organlarning tabiiy resurslarni tasarruf etish bo'yicha vakolatlari Er kodeksi va boshqa tabiiy resurslar to'g'risidagi qonunlarda va ular to'g'risidagi qonun hujjatlarida, masalan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining er munosabatlarini tartibga solish bo'yicha vakolatlari "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi qonunda, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasini o'simlik va hayvonot dunyosini tasarruf etish yuzasidan vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 26 aprelda tasdiqlangan ushbu qo'mita to'g'risidagi Nizomda belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Er kodeksining 18-moddasida er uchastkasiga nisbatan xususiy mulk huquqi asosida berish hollari belgilangan. Shuni aytib o'tish lozimki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faqat mazkur normada qayd etilgan hollardagina tabiiy resursga, aynan er uchastkasiga nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Boshqa tabiiy resurslar faqat davlatning mulkidir.
O'zbekistonda Er uchastkasiga nisbatan xususiy mulk huquqi quyidagi xususiyatlarga ega: birinchiyadan, "sof ko'rinishdagi" er uchastkasiga mulk huquqi tan olinmagan. Er uchastkasiga bo'lgan mulk huquqi shu erda joylashgan bino va inshootlar bilan bog'liq, masalan, savdo va xizmat ko'rsatish obъektlari bilan. Ikkinchidan, mulk egasi er uchastkasiga nisbatan cheklanmagan huquqlarga ega emas, mulkdorning huquq doirasi erda joylashgan obъektning maxsus yo'nalishda foydalanish bilan belgilanadi. Uchinchidan, ushbu mulk boshqa shaxsga o'tganda ham uning yangi egasi erni va shu joyda joylashgan obъektning maxsus yo'nalishda foydalanishini taъminlashi shart.
Shundan kelib chiqqan holda, er uchastkalariga bo'lgan mulk huquqining subъektlari bo'lib, er va boshqa ko'chmas mulkdan maxsus yo'nalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining obъektlari tabiiy resurslar hisoblanadi. O'zbekistondagi erlar er fondini tashkil etadi. Er kodeksining 8-moddasiga muvofiq barcha erlar foydalanish maqsadlariga qarab sakkizta toifaga bo'linadi.
Xususiy mulk huquqining obъekti bo'lib er uchastkasi hisoblanadi. Er kodeksining 10-moddasiga binoan er uchastkasi qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan manziliga, huquqiy rejimiga hamda er uchastkasiga bo'lgan huquqlarning davlat er kadastr hujjatlarida aks ettirilgan boshqa xususiyatlarga ega bo'lgan er fondining qismidir.
"Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunini 3 va 4-moddalariga muvofiq suvga nisbatan mulk huquqning obъekti bo'lib daryolar, ko'llar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv obъektlaridagi suvlar hamda er osti suvlari va muzliklar hisoblanadi.
Er osti boyliklariga nisbatan mulk huquqining obъekti bo'lib "Er osti boyliklar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunini 3-moddasiga asosan er osti va erning yuzasida joylashgan minerallar, rudalar, suyuqlik va gazsimon foydali moddalar hisoblanadi.
O'rmonga nisbatan mulk huquqining obъekti bo'lib, "O'rmon to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 4-6-moddalariga muvofiq o'rmonlar, yaъni maъlum bir hududdagi o'simlik dunyosi obъektlarining yig'indisi hisoblanadi.
O'simlik dunyosiga nisbatan mulk huquqning obъekti bo'lib, "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi qonunning 1,3-moddalariga muvofiq tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklar hisoblanadi.
Hayvonot dunyosiga nisbatan mulk huquqining obъekti bo'lib "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi qonunning 1,3 va 4-moddalariga muvofiq tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlar hisoblanadi.
Tabiiy resurslarni tugaydigan va tugamaydigan, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan turlarga bo'lish mumkin. Birinchisiga neft`, ikkinchisiga torf qatlami va boshqa cho'kindilar kiradi. qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun ulardan oqilona foydalanish, qazib olishda, taъminlashda, qayta ishlashda va ishlatishda nobudgarchilikka qarshi kurashish lozim.
qayta tiklanish jarayonida turli resurslar uchun har xil muddat kerak. Masalan: kesilgan o'rmonlarni tiklash uchun 60-70 yil zarur. Shuning uchun tabiiy resurslarni sarf qilish surati ularni qayta tiklash suratiga muvofiq kelishi kerak.
qayta tiklanadigan tabiy resurslarning insonni nomaъqul xatti-harakati tufayli qayta tiklanmaydigan bo'lib qolishi mumkin. Masalan, o'simlik va hayvonlarning bir qancha turlarini yo'q bo'lib ketishi.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo'lishi masalasi odatdagi mulk huquqining vujudga keli¬shi va bekor bo'lishi bilan monand bo'lganligidan biz mulk huquqi¬ning vujudga kelishi va bekor bo'lishi haqida so'z yuritmoqchimiz.
Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo'lishi asoslari deganda, mulk huquqining olinishi yoki yo'qotilishi bilan bog'liq bo'lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi.Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o'z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslarga bo'linadi.
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo'yicha mulkka nisbatan subъektiv fuqarolik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo'lmagan mulkka nisbatan yoki avvalga mulk egasining huquqi bilan bog'liq bo'lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
- tabiat neъmatlarini o'zlashtirish;
- ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
- egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi;
- egasi bo'lmagan mulkka yoki egasi bo'lsa ham xo'jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat o'ziga xosdir. Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas mol-mulkka o'n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o'ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, yaъni to'la maъnoda mulkdor huquqlariga ega bo'ladi (FKning 187-moddasi).
Muhimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to'g'risida”gi qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoidalari mulkka egalik qilish 1997 yilning 1 martiga (yaъni, yangi FK amalga kiritilgunga qadar) qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tatbiq etiladi. Demak, ushbu holati bo'yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo'ladi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridanyana biri–hammayig'ib olishi mumkin bo'lgan ashyolarni mulkka aylan¬tirishdir. FKning 189-moddasida ko'rsatilishicha, qonun hujjatla¬rida yovvoyi mevalar, yong'oq, zamburg'lar, rezavor mevalar hamda o'sim¬lik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo'lgan boshqa obъektlarini yig'ish yo'li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo'yilishi mumkin. Bun¬day tartibda mulk huquqi o'rmonlardan qo'ziqorin, mevalar terish, dashtu tog'lardan dorivor giyohlar to'plash, daryo va ko'llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq, maъlumki, ushbu mulk obъektlari o'sgan mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo'lmasligi lozim. Mulk obъektlarining baъzila¬rini ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat (litsenziya) olin¬gan bo'lishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va boshqa jonivor¬larni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo'l qo'yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo'yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanilishi mumkin.
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. Egasi bo'lmagan yoki egasi nomaъlum ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko'char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo'lga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko'chmas mol-mulkni davlat ro'yxatiga oluvchi organda hisobga olinib, uch yil o'tgach tegishli davlat organi talabi asosida sud tomonidan davlatga o'tkazilishi mumkin.
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlar¬ning vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko'rsatilishi¬cha, yo'qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo'qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo'lgan o'zga maъlum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki tran¬sportda topilgan bo'lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo'lmish shaxsga topshirilmog'i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo'lga kiritadi va uning majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs nomaъlum bo'lsa yoki uning manzili bo'lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to'g'risida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolar¬ning o'zinio'zi boshqarish organiga maъlum qilishi shart.
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo'lga kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o'tadi).
FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vu¬judga kelishi xususiyatlari belgilab qo'yilgan. Xazina deb egasini aniqlash mumkin bo'lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo'qot¬gan, erga ko'milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmat¬baho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo'yilgan mol-mulk (er uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo'lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar ular o'rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, teng ulushlarda tegishli bo'ladi.
Xazina u yashirib qo'yilgan er uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasi – mulkdorning roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan er va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o'tadi. Biroq xazina topilgan er uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeo-loglar, geologlar)ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo'llanilmaydi (FKning 196-moddasi, 5-bandi).
Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli deganda, muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki mulk egasining huquqiga bog'liq bo'lgan usul nazarda tutiladi. Bu usulda mulk huquqining maъlum ashyoga nisbatan paydo bo'lishi yoki bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari maъlum shaxsga tegishli bo'lishi bilan bog'liqdir. Shu maъnoda mulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi haqida so'z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo'yicha mulk huquqi vujudga kelganda, mulkka nisbatan bo'lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga ko'chirilishi to'g'risida so'z boradi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yo'li bilan ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, yaъni sotib oluvchida paydo bo'ladi.Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek qonun va vasiyat bo'yicha meros olish, davlat mulkini xususiylash¬tirish orqali olinishini ko'rsatsa bo'ladi.
Fuqarolik koedksining 185-moddasida ko'rsatilganidek, shart¬noma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjat¬lari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga o'tkazish to'g'risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lsa, egalik huquqi bunday shartnoma notarial guvohlantirilgan yoki ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan eъtiboran vujudga keladi.Qonunda uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelishi belgilangan tartibda ajratib berilgan er uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishi belgilangan.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko'rilayotgan uy-joy quri¬lish tamom bo'lguncha va ro'yxatdan o'tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjat¬larida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aъzosi pay badallarini batamom to'lab bo'lgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi). Baъzi ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so'ng yoki ashyoning qiymati to'la yoki qisman to'langandan so'ng vujudga kelishi belgilanishi mumkin. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tkazilgan holda, agar bunday o'tkazish tegishli organlardan ro'yxatdan o'tkazilishi shart bo'lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi shartnomaning qayd qilinishi paytidan eъtiboran vujudga keladi.
Mulkka nisbatan egalik huquqining o'tish payti qonunda muqarrar belgilanishi birovga o'tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishi xavf-xatari, yaъni buning natijasida etkazilgan zarar kimning zimmasida bo'lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo'yicha mol-mulk¬ning tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun huj¬jatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lma¬sa, etkazilgan zarar mulk egasining zimmasida bo'ladi.Agar ashyolarni birovga o'tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi ularni qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda bo'la¬di. Masalan, sotib oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishidan kelgan zararni o'z zimmasiga oladi.
Mulk huquqining bekor bo'lish usullari ham xilma-xil. Bu usullarni quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
- mulkdorning o'z erki-irodasi bo'yicha mulk huquqini bekor bo'lishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.);
- mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo'q qilib tashlash) yoki nobud bo'lishi natijasida mulk huquqining bekor bo'lishi (FKning 198-moddasi);
- mulkdorning erki, irodasidan tashqari mol-mulkning olib qo'yilishi orqali mulk huquqining bekor bo'lishi. Mol-mulkni mulkdordan olib qo'yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdoning majburiyatlari bo'yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo'l qo'yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo'la olmaydigan mol-mulk uning mulki bo'lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo'yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga to'lanadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).Ashyolarga nisbatan egalik huquqi baъzi hollarda mulk egasi¬ning erkidan tashqari ham bekor bo'lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy ofatlar, yong'in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud bo'lishida mulk huquqi mulk egasining erkiga bog'liq bo'lmagan holda bekor bo'ladi. Baъzi hollarda, chunonchi, qarzni qoplash uchun ijro varaqasi bo'yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musoda¬ra qilinishida egalik huquqi mulk egasining erkiga bog'liq bo'lma¬gan holda bekor bo'lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni mulk huquqi keng maъnodagi ashyoviy huquq bo'lib, huquq egasi, yaъni mulkdorlarga "o'ziga tegishli mulklardan foydalanish mazmuni va yo'nalishini faqat o'zi belgilash hamda ular ustidan to'liq "xo'jalik hokimiyatini" amalga oshirish" huquqini beradi. Ingliz huquqshunosi A.M. Onore mulk huquqining eng to'liq tasnifini berib, quyidagilarni ajratib ko'rsatgan: tasarruf etish (ashyolar ustidan to'liq jismoniy nazorat); foydalanish (narsalarni shaxsan o'zi ishlatish); foyda undirish (ashyolarni shaxsan o'zi ishlatib yoki ishlatish uchun boshqa shaxslarga berish orqali); ashyolarni musodara qilib davlat foydasiga o'tkazish, sovurib yuborish, o'zgartirish yoki yo'q qilish ashyolarni ekspropiatsiyadan (majburiy tortib olishdan) himoyalanish; ashyolarni birovga berib yuborish, ulardan yomon tarzda foydalanishni taqiqlash, javobgarlik (qarz hisobiga ashyoni berish); buzilgan qonuniy huquqni tiklash.
Mulkdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, yaъni egalik qilish, foydalanish hamda idora qilishga ajratish anъanaviy hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Mulkdor o'z mulkini tasarruf qilishga, yaъni unga egalik qilishga, undan foydalanishga, yaъni foyda undirishga (umumiy qoidalarga ko'ra faqat mulkdorgina o'zida mavjud bo'lgan mulklardan mevalar, mahsulotlar va foyda oladi), hamda idora qilishga, yaъni mulkning yuridik taqdirini belgilashga, sotishga, sovg'a qilishga, ijaraga berishga, garovga qo'yishga haqlidir. Mulk huquqi tarkibida boshqa qonuniy huquqlar, jumladan mulkni boshqarish ham ajratib ko'rsatilishi mumkin.
Shu bilan birga, tabiiy resurslar davlat mulki bo'lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga oshirish maъlum bir xususiyatlarga ega.
Birinchidan, tabiiy resurslarga mulk huquqini mazmuni ham fuqarolik huquqiy normalar ham ekologiya huquqiy normalar bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, barcha tabiiy resurslar, xususiy mulk qilib ajratilgan er uchastkalarini istisno qilgan holda, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo'lishidan qatъiy nazar davlat mulki hisobladi, yaъni davlatni egaligi saqlanib qolinadi.
Uchinchidan, davlat tabiiy resurslardan bevosita foydalanishni amalga oshirmaydi, ulardan foydalanish huquqini tartibi va shartlarini belgilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi har xil shaklda (egalik, foydalanish, ijara) yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Shunday foydalanish uchun davlat o'rnatilgan soliqlar va to'lovlarning davlat foydasiga undiradi.
To'rtinchidan, aksariyat hollarda tabiiy resurslarni tasarruf etish natijasida davlat egalik huquqini yo'qotmaydi va tasarruf etish tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza etishni tashkil qilishga qaratilgan.
Beshinchidan, davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalga oshiradi. Tabiiy resurslarni muhofaza etish va foydalanishning davlat boshqaruvi avvalam bor tabiiy resurslarning davlat tomonidan tasarruf etishga yo'naltirilgan. Shu jumladan, vakolatli davlat organlari tabiiy resurslarni foydalanishga ajratadilar va foydalanuvchilardan qaytarib oladilar, foydalanish maqsadlarini belgilaydilar. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari Er kodeksining 4-7-moddalariga muvofiq erlarni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratib berish va qaytarib olish vakolatiga egalar.Er uchastkalariga xususiy mulk huquqining mazmuni boshqa mulk obъektlariga nisbatan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida qayd etilganidek, yuridik va jismoniy shaxslar er uchastkasiyadan faqat maqsadli foydalanishlari shart, yaъni shu er uchastkasida joylashgan bino va inshoatdan foydalanish maqsadi bilan bog'liqdir. Masalan, savdo va xizmat ko'rsatish obъektlari joylashgan er uchastkalaridan foydalanish faqat yuridik va jismoniy shaxsning mazkur faoliyat turi bilan bog'liqdir. Shuning uchun ham erga bo'lgan xususiy mulk cheklangan hisoblanadi. Bunday qoidalar boshqa davlatlar qonun hujjatlarida ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |