Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning xususiyatlari



Download 31,76 Kb.
bet2/6
Sana29.05.2022
Hajmi31,76 Kb.
#615895
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya Ramazon

Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning xususiyatlari
Mamlakatimizning Oʼzbekiston Respublikasi sifatida oʼz hududiga ega ekanligi mustaqillik bilan birga eʼlon qilingan edi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat Mustaqilligi asoslari toʼgʼrisida» gi Qonuni 4-moddasida Oʼzbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʼlinmas ekanligi belgilangan. Bundan tashqari, ushbu Qonunning 7-moddasida respublika hududidagi boshqa mulk obʼektlari qatorida yer, yer osti boyliklari ham Oʼzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki ekanligi mustahkamlangan.
Prezidentimiz I.Karimov haqli ravishda taʼkidlaganidek, «Er, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va maʼnaviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik boʼlib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi boʼlib xizmat qiladi» . Shuning uchun tabiiy resurslardan toʼgʼri va samarali foydalanish, uni asrab-avaylash nafaqat joriy, balki kelajak avlod hayoti uchun ham muhimligini anglash zarur.
Oʼzbekiston Respublikasi xududidagi yer, yer osti boyliklari, suv, oʼsimlik va hayvonot dunyosi, havo xavzasiga nisbatan mulk huquqi Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, "Oʼzbekiston Respublikasida mulkchilik toʼgʼrisida" gi, Yer kodeksida va tabiiy resurslar toʼgʼrisidagi boshqa qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tegishliligini va mulkdorlarning tabiiy resurslarga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mulkiy huquq obʼektlarini egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon boʼladi.
Tabiiy resurslarga yer, suv, yer osti boyliklar, oʼsimlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi obʼekti boʼlib, faqat tabiiy obʼektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi obʼektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi. Masalan, "Oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida"gi qonunning 1-moddasiga va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida"gi qonunning 1-moddasiga muvofiq tabiiy sharoitda oʼsadigan oʼsimlik va tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlar yuzasidan vujudga kelgan munosabatlar mazkur qonunlar bilan tartibga solinadi.
Oʼzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy resurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklar, suv, havo xavzasi boʼshligʼi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi respublika mulki hisoblanadi. Ushbu kodeksning 170- moddasi yerga va boshqa tabiiy resurslarga boʼlgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham belgilanishini koʼzda tutadi.
Bundan tashqari, tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik masalasi Yer kodeksining 16 va 18-moddalarida, Yer osti boyliklar toʼgʼrisidagi, Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi, "Oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida"gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida"gi qonunlarning 3-moddasida, "Oʼzbekiston Respublikasida mulkchilik toʼgʼrisida"gi qonunning 19-moddasida mustahkamlangan.
Oʼzbekistonda faqat ayrim hollarda, yaʼni Yer kodeksining 18-moddasida koʼzda tutilgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarning mulki boʼlishi mumkin.
Mulkchilik huquqi institutidagi ekologik va iqtisodiy belgilar oʼzaro bogʼliqdir. Yerni bir joyda koʼchmas mulk, boshqa joyda esa bizni oʼrab turgan tabiiy muhitning tarkibiy qismi deb atash mumkin. Bir obʼektda ham ekologik, ham iqtisodiy belgilarning omuxta boʼlib kelishi bu institutni xarakterlaydigan bir qator yangi, qoʼshimcha belgilarni, yaʼni "moddiylashtirilganlik", "bebaho" kabi belgilarni paydo qiladi.
Аtrof muhitning tarkibiy qismi boʼlsalarda, oʼzlarining obʼektiv sifatlariga koʼra oʼzlashtirish yoki mulkka aylantirish ashyosi boʼla olmaydigan tabiiy zahiralar "moddiylashtirilmasdan" qoldiriladilar. Masalan, atmosfera havosi, iqlimiy zahiralar va shunga oʼxshagan tabiat koʼrinishlarini mulkka aylantirib boʼlmaydi. Ularning baʼzilaridan, masalan atmosfera havosidan davlatning tashqi chegaralarini, uning yurisdiktsiya (sud qilish huquqi)si amalga oshiriladigan hududni belgilash maqsadida foydalanish mumkin. Bu holat endi mulkka emas, balki mustaqillikka, yaʼni iqtisodiy emas, siyosiy toifaga taalluqlidir. Shuning uchun ham "Oʼzbekiston Respublikasida mulkchilik toʼgʼrisida"gi qonunning 19-moddasida mulk huquqining obʼekti sifatida bevosita atmosfera havosi emas, balki havo havzasi belgilangan.
Tabiiy obʼektlar bilan mulkning bizni oʼrab turgan tabiiy muhitdan ajralmaslik xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy obʼektlar oʼrtasidagi farq belgilanadi.
Tabiiy obʼekt bir vaqtning oʼzida ham tabiiy obʼekt, ham mulk boʼlib qolaveradi va uni atrof muhitdan ajratib boʼlmaydi. Ekologik bogʼliqlikning bunday yoʼqotilishi tabiiy zahiralarga nisbatan mulkchilikning toʼxtatilishiga va qonuniy asoslar boʼlganda moddiy va ashyoviy boyliklarga nisbatan mulkchilik huquqini vujudga kelishiga sabab boʼladi. Аmmo bunda faqat qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida"gi qonunning 16-moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot dunyosi obʼektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, ushbu qonunning 3-moddasiga asosan davlat mulki boʼlgan obʼekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.
Tabiiy resurslar inson tomonidan yaratilmasligi, ularning cheklangan miqdorda mavjudligini va eng asosiysi insonning xoʼjalik va oʼzga faoliyati natijasida ularning kamayib ketishi, nobud boʼlishi tabiiy obʼektlarning bebaholigi yoki bahosini mavjud emasligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy asoslariga eʼtibor kuchayadi. Tabiiy obʼektlarning haqiqiy bahosini aniqlash murakkab, ammo bu yerlar va boshqa tabiiy obʼektlarning pulga chaqilgan bahosi boʼlishini ham tabiatdan foydalanganlik uchun pul toʼlash lozimligini inkor etmaydi. Аmaldagi qonunlarda ham bu holat koʼrsatib oʼtilgan. Oʼzbekiston Respublikasining Yer kodeksida muvofiq yerning normativ bahosi maʼlum sifatli yer uchastkasining joylashishi va sifatini koʼrsatadigan koʼrsatkich sifatida aniqlanadi. Bunda belgilangan davrda olinishi mumkin boʼlgan eng katta foyda ham nazarda tutilishi shart.
Oʼzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 28-moddasida shunday deyiladi: "Oʼzbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq toʼlanadi. Oʼz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʼlgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq toʼlaydilar. Yer uchun haq har yili toʼlanadigan yer soligʼi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi."
Er, yer osti boyliklari, suv, oʼsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar - tabiatning asosiy obʼektlari - asosan davlat mulkini tashkil etadi. Bu esa tabiiy zahiralarning oʼziga xos alohida mohiyati bilan, shuningdek tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ularning muhofazasini taʼminlash singari zamonaviy jamiyat oldida turgan vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi.
Jamiyat ixtiyorida boʼlgan tabiiy boyliklardan olinadigan eng katta foyda tabiiy shart-sharoitlarni dunyo miqyosida saqlab qolish, qayta tiklash va yaxshilash ishlariga uygʼun boʼlishi lozim, zero bu shart-sharoitlar odamlarning hozirgi va kelgusi avlodlari hayoti uchun maqbul boʼlmogʼi shart. Bu masalalarni hal etish har kimning ham qoʼlidan kelavermaydi, bundan tashqari ular alohida mulkdorlarning manfaatlariga ham mos emas.
Er, yer osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabotot va hayvonot dunyosiga nisbatan yagona mulkchilik huquqi tabiiy obʼektlarni davlatdan ajratib boʼlmasligi shart qilib qoʼyiladi. Bu obʼektlarning belgilangan narxi, bahosi yoʼq, shu sababdan ularning mahsulot yoki pul shaklidagi ekvivalenti mavjud emas. qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas deyilgan. Bu holat ularning yuqorida tilga olingan pul shaklidagi ekvivalenti yoʼqligidan kelib chiqadi.
Erga nisbatan mulk huquqi masalasiga alohida eʼtibor berish kerak, chunki u agrar iqtisodiyotning oʼq ildizidir. Oʼzbekiston aholisining 60 foizi qishloqlarda yashashini hisobga oladigan boʼlsak, yerga nisbatan mulk huquqi butun Oʼzbekiston iqtisodiyotini belgilovchi mezondir. Tarixiy, yuridik va iqtisodiy manbaalardan koʼrish mumkin-ki, Markaziy Osiyoda yerga nisbatan mulkchilik huquqi klassik suratda mavjud boʼlmagan, yaʼni ekin ekiladigan yerlarning asosiy qismi (sugʼoriladigan yerlar) asrlar davomida davlatning irrigatsiya tizimi qaroviga muhtoj boʼlgan. L.S. Sobolev oʼzining 1874 yilda chop etilgan maqolasida shunday yozgan: "Umuman olganda toʼliq, mulk huquqi mavjud emas. Davlat ham, xususiy shaxslar ham yerga nisbatan mulk huquqiga ega emas, ammo ular uni cheksiz darajada idora etadilar. Musulmonlarning qonunlarida zarurligi hududning tabiiy oʼziga xosligi bilan izohlanadigan maʼlum shartlar bilan chegaralangan yerni tasarruf etish va undan foydalanish huquqi mavjud. Yerni tasarruf etish va undan foydalanishda shaxslar undan foyda koʼrishi zarurligi qonun bilan shart qilib qoʼyilgan".
Shu sababdan, hozirgi davrda yerni davlat mulki shaklida qoldirish maqsadga muvofiqdir. qishloqdagi yangi bozor munosabatlari esa "Mulkdor boʼlmagan shaxslarning ularga meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi va yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi"ga asoslanadi (Fuqarolik Kodeksining 165-moddasi, "Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida"gi qonunning 5-moddasi, Yer Kodeksining 17, 55-moddalari). Аmmo Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 24 noyabrdagi "Erlardan foydalanish samarasini oshirish toʼgʼrisida"gi Farmoni va Yer kodeksining 23, 27 va 55-moddalari bilan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini auktsion asosida sotishga ruxsat berildi va shu qoida Yer kodeksida ham oʼz aksini topgan.
Oʼzbekiston Respublikasi alohida agroiqlim sharoitida joylashgan. Yomgʼir yogʼishining nomuntazamligi, yerning xarakteri, shuningdek suv zaxiralarining bir maromda joylashmaganligi sababli alohida va shaxsiy xoʼjaliklar qishloq xoʼjalik ishlarini amalga oshirolmaydilar. Faqat katta jamoalarning yaxshi tashkillashtirilgan va maqsadga yoʼnaltirilgan xatti-haraktlari natijasidagina talabga mos darajada faoliyat koʼrsatadigan xoʼjalik bunyod etishi mumkin. Yerni sotish va sotib olish esa bir maromda ishlab turgan irrigatsiya tizimining buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari, yer uchastkalari ulardan belgilangan maqsadda foydalanmaydigan va ularga ishlov bermaydigan shaxslar qoʼliga oʼtib qolishi mumkin.
Professor I.D. Jalilov shunday yozadi: "Davlat yerlari, qoida boʼyicha, dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga berib qoʼyilgan edi. Ular yetishtirgan hosildan "xiroj" olinar, qishloq xoʼjalik ekinlari ekilgan yerlarning hajmiga qarab esa "tanob" olinardi. Mamlakat "oʼlpon" hukmdoridan boshqa bironta xususiy shaxs davlat yerlari (amloq)ga nisbatan mulk huquqini toʼliq yoki vaqtinchalik boshqaga berish bilan bogʼliq boʼlgan fuqarolik huquqiy bitim va shartnomalar tuzishga haqli emasdi.
Bu yerlarni olib ishlab, ekin-tekin qiluvchilar amalda ijarachilardan boʼlak kishi emasdilar, yagona farq shunda ediki, bu ijara muddatsiz savdo-sotik boʼlib, u belgilangan tartibda olib qoʼyilishi mumkin edi".1
Shu bilan birga, tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik huquqining quyidagi belgilari ham mavjud.
1. Tabiiy resurslarning ajralmasligi (oʼzaro bir-biri bilan chambarchas bogʼliqligi, birligi) – bunda maʼlum bir tabiiy obʼektni mulk sifatida boshqa bir obʼektdan ajratib boʼlmasligi. Masalan, yerdan, yer osti boyligini, suvdan baliqni ajratib boʼlmaydi. Zero, suv obʼektlariga mulk huquqi, baliqqa boʼlgan mulk huquqidan ajralmasdir.
2. Tabiiy resurslarning bebaholigi, bahosizligi yoinki qiymatining yoʼqligi – ayrim tabiiy obʼektlar (tuproq, yer qaʼri, bogʼ, sunʼiy-oʼrmon, hayvonot va oʼsimliklar dunyosini evolyutsion rivojlanish va kishilarning zaruriy mehnat faoliyatining mujassamlashgan holdagi natijasi ekanligi, uning aniq bir qiymatini belgilab olish imkoniyatini bermasligi. Masalan, – bir paytning oʼzida yerning ham koʼchmas mulk va ham tabiiy obʼektning ajralmas bir boʼlagi ekanligi.
Tabiiy resurslarning moddiyligi – o'zining obъektiv ko'rsatkichlariga binoan tabiiy resurslarni mulk sifatida o'zlashtira yoki undira olmasligi. Masalan, atmosfera havosi, fazoviy elementlar, iqlim resurslari va hokazo.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib taxminan quyidagi turlarga bo'lish mumkin.
1. Umumsiyosiy tabiiy resurslar – davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolat doirasiga kiruvchi mudofaa zaruriyatlari, xavfsizlikni taъminlash, davlat chegaralarini qo'riqlash va shunga o'xshash siyosiy vazifalarni bajaruvchi tabiat obъektlari, er uchastkalari yoki suv manbalari.
2. Umumiqtisodiy tabiiy resurslar – sanoat, transport, energetika, koslik tizimlar, yadro va shunga o'xshash boshqa iqtisodiy zarur obъektlar bilan band bo'lgan tabiiy obъektlar va er uchastkalari.
3. Umumekologik tabiiy resurslar – bularga ekologik vazifalarni bajaruvchi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, er uchastkalari, suv manbalari, akvatoriyalari va boshqa tabiiy obъektlar kiradi.
Ushbu kategoriyaga tarixiy va tabiiy yodgorliklar, o'simlik va hayvonot dunyosi, alohida bir tabiiy obъektlar (tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan yodgorliklar, noyob turdagi daraxtlar, mo'jizaviy sharsharalar, tabiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan cho'qqi-tosh, nodir er osti boyliklari va boshqa ekologik ahamiyaga ega bo'lgan topilmalar qiradi.



Download 31,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish