8-sinflar uchun Iqtisodiy bilim asoslari fanidan III-chorak
monitoring testlari
1.Noto’g’risini toping. Iste’molchilarning daromad turlariga quyidagilar kiradi:
A)Stipendiya,pensiya,nafaqa B)Sug’urta,jamg’arma C)Tadbirkorlik foydasi
D)Ish haqi, dividend E)Renta, foiz
2.Quyidagi holatlarning qaysi birida mulk shakli o’zgaryapti?
A)Chol o’g’loiga hovlisini meros qilib qoldirdi
B)Davlat tashkiloti bolalar uyiga kompyuter sovg’a qildi
C)Fermer sigirini bozorga olib chiqib sotdi
D)Burxonovlar oilasi kvartira sotib oldi
E)Olg’irovning dang’illama hovlisi musodara qilinib, o’quvchilar saroyiga aylantirildi.
3.Mulkka to’la egalik qilish huquqi deganda nima tushuniladi?
A)Uni sovg’a qilish B)Uni sotish yoki ayirboshlash C)Undan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish D)Unga egalik qilish E)Yuqoridagilarning barchasi
4.Qaysi guruhdagi daromadlar faqat moddiy boylikdan foydalanish evaziga orttiriladi?
A)Ijara,pensiya,dividend B)Renta,foiz,maosh C)Nafaq,maosh,stipendiya
D)Foyda,dividend,foiz E)Renta,dividend,foiz
5.Oila budjetida:
A)Kamomad bo’lmasligi kerak B)Faqat oilaviy chiqimlar keltirilgan bo’ladi
C)Faqat oilaviy daromadlar keltirilgan bo’ladi D)Oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan bo’ladi. E)Oilaning o’tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari keltirilgan bo’ladi.
6.To’g’ri jumlani toping:
A)Mamlakatimizdagi daryolar, ko’llar, suv zaxiralari mulk hisoblanmaydi
B)Osmon, yulduzlar, quyosh mulk hisoblanmaydi
C)Barcha tabiiy boyliklar ham mulk bo’lavermaydi
D)Siz o’qiyotgan maktab, yo’llar, ko’chalardagi daraxtlar, favvoralarning egasi yo’q
E)Siz foydalanadigan barcha narsalar sizning mulkingiz hisoblanadi
7.Mehnat resurslaridan qaysi ko’rinishdagi daromad keladi?
A)Renta B)Foiz C)Ish haqi D)Foyda E)Dividend
8.Quyidagi daromad turlarining qaysilari faqat davlat tomonidan yordam tariqasida beriladi?
A)Mukofot B)Ishsizlik nafaqasi C)Dividend D)Stipendiya E)Qarilik nafaqasi
9.Noto’g’ri jumlani toping:
A)Daromad ko’payganda, jamg’arishga moyillik oshadi
B)Jamg’arma faqat moddiy kapitalni ko’paytirishga sarflanadi
C)Inflyatsiya-jamg’arma dushmani
D)Jamg’arish kelajakda iqtisodiy rivojlanish negizi hisoblanadi
E)Boylik moddiy va insoniy kapitallar yig’indisidan iborat
10.Mulkni sug’urta qilishdan maqsad:
A)Undan uzoq vaqt foydalanish B)Qimmat narxda sotish
C)Baxtsiz hodisa tufayli mulkka moddiy zarar yetkazilsa, qoplash
D)Tekin ta’mirdan chiqarish E)Eskirganda o’rniga yangisini sotib olish
11.Ishlab chiqarish omillari – bu:
12.Ishlab chiqarish resurslarining har uchalasidan misollar keltiring
13.Daromad – bu, ma’lum vaqt davomida:
14.Mehnat taqsimoti:
15..Mehnat unumdorligiga ………
Savol |
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Javob
|
D
|
A
|
E
|
B
|
D
|
B
|
C
|
D
|
A
|
C
|
Iqtisod 8-sinf
1. Biror ko’rsatkich bo’yicha eng yaxshi, eng maqbul natijaga erishish bu …
a. Mehnat taqsimoti b. Ratsionallik c. Maksimallik d. Jamg’arish
2. Jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli …
a. Iqtisodiy tizim b. aralash iqtisodiyot c. an’ anaviy d. markazlashgan rejali iqtisodiy
3. An’anaviy iqtisodiyotni qaysi hududlarda uchratish mumkin.
a. Afrika va Amazo’nka chakalakzorlarida
b. Sibir taygalarida
c. okeanlardagi kichik orolchalarda
d. barcha javoblar to’g’ri.
4. Germaniya, Finlandiya, Norvegiya va boshqa davlatlarda qaysi iqtisodiy tizimda uchratish mumkin.
a. An’anaviy tizimda b. Markazlashgan iqtisodiy tizimda
c. Aralash iqtisodiy tizimda d. Bozor iqtisodiy tizimda.
5. Bozorlar hududiy qamrov darajasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi.
a. Mahalliy, hududiy va xalqaro b. Inttellektual va milliy
c. Moliya va xalqaro d. Mehnat va hududiy
6. Bozorlar qanday sinflarga bo’lib o’rganiladi.
a. Tovar va xizmatlar bozori. b. Iste’mol tovarlari bozori.
c. Ishlab chiqarish omillari bozori. d. A va C javoblar to’g’ri.
7. Narxlar qanday vazifalarni bajaradi.
a. Axborot berish vazifasi. b. Rag’batlantirish vazifasi.
c. Taqsimlash vazifasi. d. Barcha javoblar to’g’ri.
8. Ma’lum miqdordagi mablag’ga yoki mulkka egalikni yoki ularga nisbatan munosabatni tasdiqlovchi maxsus pul ko’rinishidagi hujjat ....
a. Fond birjalari b. Qimmatbaho qog’oz. c. Mehnat birjasi. d. Tovar birjasi.
9. Real daromad qanday topiladi.
a. Nominal daromadni narxlarni o’sish darajasiga bo’lib topiladi.
b. Nominal daromadni ikkiga ko’paytirib topiladi.
c. Iste’mol narxlar indeksini nominal daromadga bo’lib topiladi.
d. Nominal daromadni narxlarni tannarxiga ko’paytirib topiladi.
10. Jamg’arishni qanday usullari bor.
a.Omonat banklari. b.Fond birjalari. c.Pensiya jamg’armalari. d.Barcha javoblar to’g’ri.
11. Qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari nechta?
a. 5ta b. 4ta c. 6ta d.Bosqichlari juda ko’p.
12. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
a.2009-yil 27-iyulda
b.1998-yil 24-dekabrda.
c.1996-yil 26-aprelda.
d.2009-yil 29-avgustda.
13. Tovarni shtrix kodini aniqlash necha bosqichdan iborat?
a. 4 bosqichdan b. 6 bosqichdan.
c. 3 bosqichdan. d. 1 bosqichdan.
14. Talabga ta’sir etuvchi, narxga bog’liq bo’lmagan omilni toping.
a. Istemolchilar daromadlarini o’zgarishi.
b. Resurslar narxini o’zgarishi.
c. Narx o’zgarishini kutilishi.
d.T.J.Y.
15. Raqobat yana qanday nom bilan ataladi?
a. Supply.
b. Demand.
c. Concurrentia.
d. Cousts
16.Auksionga qo’yilgan tovar qanday nomlanadi?
a. Raqobat
b. Lot.
c. “Kim oshdi”.
d. Tovar deb nomlanadi.
17. Respublikamizda soliqlardan tashqari qanday majburiy to’lovlar joriy qilingan?
a. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar.
b. Davlat boji.
c. Bojxona to’lovlari.
d. Barcha javoblar to’g’ri.
18. Paxtadan 30 % tola olinsa, 60 tonna tola olish uchun necha tonna paxta kerak?
19. Soliq obekti bu …
20. O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 107 modasida …
21. Tovarga bo’lgan talab miqdori uning taklif miqdoridan ko’p bo’lsa …
22. Iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu …
23. “Iste’molchi savati” – bu …
24. Mexnat bozorida sotuvchilaridan biri bu …
25. Infilatsiya – bu …
Do'stlaringiz bilan baham: |