Ishning maqsadi: Tabiiy resurslar tasniflari, nazorat turlari haqida ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning klassifikatsiyasi, nazorat turlariга oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, gerbariylar, slaydlar.
Nazariy material: Tabiiy boyliklar insoniyatning hayoti uchun asosiy xomashyo manbaidir. Tabiiy boyliklar o‘z yo‘nalishida yer usti bo‘lsa unga qum, shag‘al, ba’zi tuzlar va toshko‘mir bo‘lishi mumkin.
Yer osti tabiiy boyliklar tiklanmaydigan resurslarga mansub bo‘lib, ular suyuq, gaz va qattiq holda uchraydigan bo‘ladi. Masalan, temir rudalari (metallar) toshko‘mir, neft, gazlar, har xil mineral tuzlar...
Foydali qazilmalar kishilar jamiyatining taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega: u insoniyat va uning uchun energiya va yoqilg‘i manbai, sanoat qurilishi materiallari va kimyo sanoati uchun xomashyo ba’zasidir.
Shunday qilib fan-texnika taraqqiy etgan sari tabiiy boyliklardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalanish darajasi va uning doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda.
So‘nggi 25-30 yillar davrida dunyoda toshko‘mirga bo‘lgan talab 2 marta, temirga 3 marotaba, neft va gazga bo‘lgan talab esa 6 barobariga oshganligi aniqlangandir. Sobiq Sovet Ittifoqi tabiiy boyliklar xilma xilligi hamda zahiralari bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turar edi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham hozirgi kunda barcha rangli metallar, temir, toshko‘mir, neft va boshqa foydali qazilmalar qazib olinib, qayta ishlanib aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilmoqda. Qazilma boyliklar yer ustki va yer ostki bo‘lib ba’zi birlari dengiz va okean suvi ostida suyuq, gaz yoki qattiq holda bo‘ladi. Masalan, ba’zi neft va gazlar suv ostidan qazib olinadi.
Dunyo jamiyatining tobora rivojlanib borishi o‘z navbatida qazilma boyliklarga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda, bu esa qazilma boyliklarni tugaydigan va qayta tiklab bo‘lmaydigan bo‘lgani uchun, ulardan haddan tashqari foydalanish tufayli zahirasi tugab qolishi mumkin.
Dunyo mutaxassislarining olib borgan monitoring ma’lumotlariga qaraganda, agarda barcha foydali qazilmalar hozirgi talablar bo‘yicha hozirgi holatda qazib olinadigan bo‘lsa, oltin-35 yilda, volfram, surma-35-38 yilda, qalay, azbest-40-42 yilda, uran, mis, simob-60-70 yilda, toshko‘mir, neft, gaz-150-200 yillarda zahiralari tugab qolar ekan. Buning uchun esa tabiiy boyliklarni qazib olish, boyitish va tashishdagi isrofgarchiliklarga qarshi kurashish hamda foydali qazilmalardan kompleks foydalanish ahamiyatli bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarishning intensivlash va juda ko‘p ishchi rezervlarni ishga solish, xalq xo‘jalik ehtiyojlari va fan-texnika imkoniyatlariga qarab, foydali qazilmalarni konlarida bo‘lgan barcha qimmatli komponent-larni maksimal darajada ajratib olish va ulardan foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lmoqda. Buning uchun hozirda eng taraqqiy etgan davlatlar texnologiyalaridan foydalanib foydali qazilmalarning tarkibidagi barcha komponentlarini ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday texnologiyalardan foydalanish ko‘p hollarda davlat uchun ham iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |