Tabiiy fanlari fakulteti



Download 0,86 Mb.
bet8/13
Sana23.12.2022
Hajmi0,86 Mb.
#894959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kalsiy uning xossalari, birikmalari suvning qattiqligi va ularning xossalari

Magniy sulfat MgSO4 ·7H2O, boshqacha aytganda, taxir tuz. Magniy sulfat, tipik ishqoriy-yer metallar sulfatlarining aksicha, suvda yaxshi eriydi. Bu tuzning eruvchanligi va uning kristall strukturasi magniyni ruxga ancha yaqinlashtiradi. 
Magniy xlorid MgCl2·6H2O  oson eriydigan, havoda uvalanib ketadigan, rangsiz kristallar hosil qiladi. Тozalanmagan osh tuzining havoda namni o‘ziga tortish xossasi unga ozroq miqdorda MgCl2 aralashganligidandir.
Magniy karbonat MgCO3. Тabiatda magnezit minerali holida uchraydi. Magniyning suvda eriydigan tuzlariga soda ta’sir ettirilsa, normal karbonat hosil bo‘lmay, balki har xil gidroksikarbonatlar aralashmasi hosil bo‘ladi. Bu aralashma tibbiyotda oq magneziya nomi bilan ishlatiladi. Magniyning gidrokso tuzi MgOHCl sanoatda muhim ahamiyatga ega; bu tuz magniy xlorid eritmasi bug‘latilayotganda gidroliz natijasida hosil bo‘ladi:
MgCl2+H2O→MgOHCl+HCl
Тexnik mahsulot magniy oksidni magniy xloridning suvdagi konsentrlangan eritmasiga qorishtirish yo‘li bilan olinadi va magnezial sement deb ataladi. Bunday qorishma ma’lum vaqt o‘tgandan keyin qotib, tig‘iz, oson yaltiratiladigan oq massaga aylanadi. Bu massaning qotishiga sabab shuki, bunda magniyning gidroksi tuzi hosil bo‘ladi. Bu tuzning hosil bo‘lish reaksiyasini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
MgO+MgCl2+H2O=2MgOHCl
Magnezial sement tegirmon toshlari, charxtoshlar, har xil plitalar va shu kabilar tayyorlashda yopishtiruvchi material sifatida ishlatiladi. Magnezial sementning yog‘och qipig‘i bilan aralashmasi ksilolit deb ataladi va pollarga yotqizish uchun ishlatiladi. Magniyning tabiiy silikatlari: talk 3MgO·4SiO2·H2O va, ayniqsa, asbest CaO·3MgO·4SiO2 ham ko‘p ishlatiladi. Asbest, o‘tga chidamli, issiqlikni kam o‘tkazadigan bo‘lganligi va tola-tola tuzilganligi tufayli, nihoyatda yaxshi issiqlik izolatsiya materialidir. Har qanday tuproqda ozgina miqdorda magniy tuzlari bo‘lib, ular o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur, chunki magniy xlorofill tarkibiga kiradi. 

Kalsiy (lot. Calx, Calcis — ohak soʻzidan olingan; Calcium), Ca — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallariga kiradi; tartib raqami 20, at m. 40,08. Tabiiy Kalsiy oltita barqaror izotopdan tuzilgan: 40Ca (96,94%), 44Ca (2,09%), 42Ca(0,67%), 48Ca (0,187%), 43Ca (0,135%) va 46Ca (0,003%). Oksidlanish darajasi +2, goho + 1; ionizatsiya energiyasi Ca°—> Ca+—" Ca2+, tegishlicha 6,11308 va 11,8714 eV ga teng; Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,0; atom, radiusi 0,197 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyasi son keltirilgan) Ca2+ 0,114 nm (6), 0,126 nm ( , 0,137 nm (10), 0,148 nm (12).
Hayvon suyaklari tarkibining 80% Ca3(PO4)2 bo’ladi. Muskul to’qimasida 0.14-0.7%, ilikda 17%, qonda 6.05mg/l. Har kuni ovqat b-n 0.6-1.4g istemol qilinadi. Inson organizmida (70kg)o’rtacha 1kg bo’ladi. Yer qobig’ining 3.5%,gidrosferada 0.38%, 40Ca(96.97%). Ca(OH)2sifat reaksiyasi CO2 CaCl2*6H2O ning 10%li eritmasi “issiq ukol”sifatida qo’llaniladi. Ca2+tuzlari “qonni quyiltirish (kaogulyant)xossasiga ega bolÖi u-n, qon ketishini to’xtatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. r=1.55g/ml. CaOning texnikadagi nomlari(so’ndirilgan oxak, kuydirilgan oxak momig’i).
Yer poʻstida tarqalganligi jihatidan beshinchi oʻrinda (O, Si, Al, Fe dan keyin) turadi, massasi jihatidan 3,38%ni tashkil qiladi. Tabiatda faqat minerallar (400 ga yaqin) holida uchraydi. Kalsiyning turli silikat va alyumosilikatlari, mas, anortit Ca[Al2Si 208], diopsid CaMg[Si2O6], vollastonit Ca3[Si309] keng tarqalgan. Bulardan tashqari, kalsiy karbonat-CaCO3, (tabiiy shakllari — ohaktosh, boʻr, marmar), dolomit CaMg(CO3)2, fosforit Ca5(PO4)3 (OH2SO3),apatitlar Ca5(PO4)3(Gʻ, C1), gips CaSO4*2H2O, flyuorit CaGʻ2 va b. sanoat ahamiyatiga ega. Kalsiy birikmalari tabiatdagi togʻ jinslari, suvlar va tuproq, tarkibida ham bor. Kalsiy biogen elementyaardan biri boʻlib, oʻsimlik, odam va xayvonlar suyagining asosini tashkil etadi. CaCO3 — mollyuskalar, shilliqqurtlar va tuxum poʻstlogʻi tarkibida koʻp miqdorda boʻladi.
Katta yoshdagi odamlar vaznining 1,4—2%i Kalsiydan iborat. 12 yoshgacha boʻlgan bolalar organizmining Kalsiyga kundalik ehtiyoji 0,5—0,6 g , 12—18 yoshdagilarda 0,7—0,8 g , katta yoshdagilarda 0,5 g va homilador ayollarda 1 g . Kalsiy kumush kabi oq metall. Suyuqlanish t-rasi 842°, qaynash t-rasi 1495°; zichligi 1,54 g/sm3. Plastik, yumshoq, oson bolgʻalanadi, pichoq b-n kesish mumkin. Juda faol metall boʻlganligi sababli odatdagi t-radayoq havo kislorodi b-n reaksiyaga kirishib, oksid parda b-n qoplanadi. Shuning uchun u moyda yoki jips yopiluvchi idishda saqlanadi. Suv va kislotalar b-n reaksiyaga kirishib vodorod ajratib chiqaradi. Havoda qizdirilganda CaO (soʻndirilmagan ohak), suv taʼsirida Ca(OH)2 (soʻndirilgan ohak) hosil boʻladi. Vodorod b-n bevosita birikib, Kalsiy gidrid CaH2, azot b-n Kalsiy nitrid (Ca3N2), uglerod b-n Kalsiy karbid-CaC2 hosil qiladi, galogenlar b-n shiddatli reaksiyaga kirishadi. Birikmalarda II-valentli. Kuchli qaytaruvchi, metallarning oksidlari, sulfidlari va galogenidlaridan tegishli metallarni siqib chiqaradi. K, Al, Ag, Cu, Li, Mg, Pb, Sn va b. metallar b-n intermetall birikmalar hosil qiladi. Sanoatda Kalsiy CaCl2 (75-85%) + KC1 (15-25%) aralashmasini elektroliz qilib, shuningdek, kalsiy oksidi (CaO)ni alyuminiy kukuni ishtirokida termik qaytarish usuli b-n olinadi:bCaO + 2A1 -> ZCaO • A12O3 + ZCaK. metallurgiyada U, Th, Ti, Zr, Cs, Rb va baʼzi lantanoidlarni ularning birikmalaridan ajratib olishda, poʻlat, bronza va b. qotishmalarni tarkibidagi kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi qoʻshimchalardan tozalashda, organik suyukliklarni suvsizlantirishda, vakuum qurilmalarida getter sifatida, alyuminiy va magniyning qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.
Kalsiy birikmalari. Kalsiy gidroksid, soʻndirilgan ohak, Ca(OH)2 - kuchli asos. Rangsiz kristall modda. Zichligi 2,34 g/sm3. Tabiatda portlantid minerali holida uchraydi. 1 va 0,5 molekula suvli kristallogidratlari maʼlum. Qizdirilganda suvini yoʻqotib, kalsiy oksid (CaO) ga aylanadi. Nam havoda karbonat angidrid b-n birikib kalsiy karbonat hosil qiladi. Qurilishda, kimyo sanoatida (xlorli ohak, soda olishda), metallurgiyada, qand va teri (koʻn) i.ch.da, q.x.da suvni tozalashda va b.da ishlatiladi.
Kalsiy karbid, CaC2 — kalsiyning uglerod b-n hosil qilgan birikmasi. Kimyoviy sof holdagi Kalsiy — rangsiz kristall modda, texnikada qoʻllaniladigani kulrang yoki qora rangli. Suyuqlanish t-rasi 2160°, qaynash t-rasi 2300°; zichligi 2,22 g/sm3. Suv b-n shiddatli reaksiyaga kirishib atsetilen hosil qiladi. Kalsiy — kuchli qaytaruvchi; deyarli barcha metall oksidlarini karbidlar yoki erkin metallargacha qaytaradi. Soʻndirilmagan ohakni elektr pechlarida uglerod b-n qaytarib olinadi. Sanoatda kalsiy sianamid va atsetilen olishda ishlatiladi.
Kalsiy oksid, CaO — soʻndirilmagan ohak, CaO — kalsiyning kislorodli birikmasi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 2627°, qaynash t-rasi 2850°; zichligi 3,37 g/sm3. Suv bilan nixryatda shiddatli reaksiyaga kirishib, soʻndirilgan ohak Ca(OH)2 hosil qiladi. Reaksiya natijasida koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Kalsiy karbonatni 900—1000° t-rada kuydirib, oʻta sof holdagi Kalsiy esa yuqori t-ralarda Ca(NO3)2 ni parchalash yoʻli b-n olinadi. Bog'lovchi materiallar (sement, gips, alebastr), xlorli ohak, soda, Ca(OH)2 CaC2 va kalsiyning b. birikmalarini olishda, metallurgiyada flyus, organik sintezda katalizator sifatida qoʻllaniladi.
Kalsiy sulfat, CaSO4 — sulfat kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda digidrat CaSO4 * 2H2O (gips, alebastr) va angidrit CaSO4 holida uchraydi. Suyuqlanish t-rasi 1460°; zichligi 2,98 g/sm3. Ikkita bekaror geksagonal panjarali modifikatsiyasi maʼlum (a-va r-CaSO4 a — CaSO4 ning zichligi 2,587 g/sm3. (3-CaSO4 niki 2,484 g/sm3. Ikkala modifikatsiya ham suvda eriydi, gigroskopik, 0,5 va 2 molekula suvli kristallogidratlar hosil qiladi. Tabiiy suvlar tarkibida Kalsiy miqdori ortishi b-n ularning qattiqligi ham ortib boradi. Koʻmir b-n birga qizdirilganda CaS gacha qaytariladi. Kalsiy kalsiy xloridga kaliy sulfat taʼsir ettirish yoʻli b-n olinadi. Tabiiy Kalsiy boglovchi materiallar, sunʼiy usulda olingan Kalsiy esa termolyuminissent materiallar olishda qoʻllaniladi.
Kalsiy xlorid, CaCl — xlorid kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 775°, qaynash t-rasi 1957°; zichligi 2,512 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Soda va bertolle tuzi olish jarayonida koʻp miqdorda hosil boʻladi. Yogʻoch va matolarga Kalsiy eritmasi shimdirilsa, oʻtga chidamliligi ortadi. Kalsiy kalsiy metali va uning tuzlarini olishda, gaz va suyuqliklarni quritishda, betonning qotish jarayonini tezlashtirishda, tibbiyotda asabni tinchlantiruvchi, qon toʻxtatuvchi dori sifatida, allergik kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.
Kalsiy fosfatlari —rangsiz kristallar. Ortofosfat Ca(PO4)2 — a (suyuqlanish t-rasi 1200°; zichligi 2,81 g/sm3) va R (suyuqlanish t-rasi 1670°; zichligi 3,07 g/sm3) modifikatsiyalarda mavjud. Suvda juda oz eriydi; kislotalar b-n oson reaksiyaga kirishib, gidrofosfatlar hosil qiladi. Fosforit, apatit, gidroksilapatit minerallari tarkibiga kiradi. Suyaklar tarkibida ham bor. Tabiiy hamda sintez yoʻli b-n olingan ortofosfat mol va qushlarning ozuqalariga qoʻshib beriladi. Kukun holidagi Ca3(PO4)2 - fosforit uni oʻgʻit sifatida, shakar qiyomini tozalashda, keramika va shisha, tish pastalari, yuvish vositalari va abraziv materiallar i.ch.da, fosfor va fosfat kislota olishda qoʻllaniladi. Gidroortofosfat CaHPO4 va digidrat CaHPO4*2H2O qoramolga qoʻshimcha ozuqa hamda fosforli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. CaHPO4*2H2O ni 900° da kuydirib, tish poroshoklarini tayyorlashda yumshoq abraziv sifatida qoʻllaniladigan, yuvuvchi vositalar, tish sementlarining komponenti boʻlgan pirofosfat Ca2P2O7 olinadi.
Digidroortofosfat Ca(HPO4)2 — gigroskopik modda. Uning monogidrati Ca(H2PO4)2*H2O suvda oz (30° da 100 g da 1,8 g) eriydi. Kalsiy ohakka fosfat kislota taʼsir ettirib, Ca(H2PO4)*2H2O esa appatit yoki fosforitga fosfat yoki sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Birinchi usulda qoʻsh superfosfat, ikkinchisida oddiy superfosfat, Ca(HPO4)2ni kuydirilsa, optik shisha i.ch.da qoʻllaniladigan polifosfat Ca(PO3)2 hosil boʻladi.
Kalsiy haqida qiziqarli 7 ma’lumot
Barchamizga ma’lumki, kalsiy tanamiz o’sishi uchun zarur minerallardan hisoblanadi. Lekin uning inson organizmiga foydasi shu bilangina chegaralanib qolmaydi. Quyida Siz uchun ushbu mineral haqidagi qiziqarli ma’lumotlar to’plamini keltirib o’tamiz.
1. Bizning organizmimiz kalsiyni ishlab chiqara olmaydi Смайлик «frown»
O’simliklar va hayvonlarga kerak bo’lgani kabi kalsiy inson tanasi uchun moddalar almashinuv jarayonlarini amalga oshirishga kerak. U nerv impulslarini o’tkazilishida, arterial bosim boshqarilishida va qon ivishi kabi jarayonlarda o’ta muhim o’rin egallaydi. Kalsiy – suyak to’qimasi va tishlarning asosidir. Suyaklar inson tanasidagi “minerallar ombori” hisoblanadi. Agarda siz kunlik yetarli miqdordagi kalsiyni ovqat mahsulotlari qabul qilmasangiz, organizm uning o’rnini suyaklardagi kalsiy hisobiga to’ldiradi va bu esa suyaklarning zaiflashuviga olib keladi. Shu boisdan, ovqatlanishning to’g’ri ratsioniga doimo amal qilish lozim, ratsiondagi kalsiy yetishmovchiligini esa ovqat qo’shimchalari sifatida qabul qilib qoplash mumkin. 
Kalsiyga boy ovqat mahsulotlari:
-Sut va sut mahsulotlari (pishloq va tvorog);
-Ko’katlar, ayniqsa, karam va brokkoli;
-Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari.
2. Organizm kalsiyni moddalar almashinuv jarayonlarini boshqarishda ishlatadi
Kalsiy yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida muhim sanalgan qon bosimini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, olimlar uning ayollar menstrual oldi sindromi simptomlarini kamaytirishdagi ishtirokini ham ta’kidlaydilar. Afrika mamlakatlarida kalsiydan zaharli o’rgimchaklar chaqishini davolashda foydalanishadi. Bu juda zamonaviy usul bo’lmasa ham, lekin juda foydali.
3. Kalsiyning kunlik me’yori qancha?
Yetarli miqdordagi kalsiy qabul qilayotganimizni qanday bilsak bo’ladi? Xalqaro Sog’liqni saqlash Tashkiloti kalsiyning kattalar uchun kunlik me’yorini 1000 mg etib belgilagan. 50 dan oshgan ayollar uchun bu ko’rsatkich biroz yuqoriroq – 1200 mg. Ushbu sonlarni hayotga ko’chirsak: 1 stakan 1% li sut o’zida 305 mg kalsiy saqlaydi. 
**Organizmga kalsiy yahshi so’rilishi uchun vitamin D zarur. Qabul qilinayotgan ovqatlar tarkibida va quyosh nuri vitamin D ga juda boy.
Kalsiy yetishmovchiligi osteoporoz va boshqa suyak kasalliklarini keltirib chiqaradi
Organizm kalsiyni suyaklardan olishga majbur bo’lsa, suyak tizimi o’z kuchini yo’qota boshlaydi va sinishga moyil bo’lib qoladi. Osteoporoz, aksariyat hollarda, ayollarda ko’p uchraydi, aynan shu sababli ularning kalsiyga bo’lgan ehtiyoji erkaklarga nisbatan biroz yuqoriroq. Yetarli miqdorda kalsiy olmayotgan bola organizmi o’sishdan to’xtaydi va uning suyaklari qiyshaya boshlaydi.
4. Ikki hil kalsiy-saqlovchi ovqat qo’shimchalari mavjud
Ratsionida kalsiy yetishmovchiligi bor odam qanday uni kalsiy bilan to’ldirsa bo’ladi? Kalsiy zahirasini ovqat qo’shimchalari bilan to’ldirish mumkin. Shifokorlar kalsiyni uning ikki shaklidan birini qabul qilishni maslahat beradilar: kalsiy karbonat va kalsiy sitrat. Kalsiy karbonat juda arzon va uni deyarli barcha dorixonalardan topish mumkin. Uni yaxshi so’rilishi uchun ovqat bilan birga qabul qilish kerak. Yoshi kattalarda shundoq ham yaxshi so’riladi (ularda oshqozon kislotasining miqdori kam). Kalsiy-saqlovchi qo’shimchalarning zararini ham unutmaslik lozim: ich qotishi va qorin dam bo’lishi kabi holatlar ham kuzatilib turiladi. Kalsiy qo’shimchalari ba’zi bir ozuqa moddalari va dori vositalarining so’rilishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Kalsiy preparatlarini qabul qilayotganingiz haqida shifokoringizni albatta ogohlantiring.
5. Kalsiy glyukonat – organizmning kalsiyga bo’lgan ehtiyojini qondirishning eng sodda usuli
Odatda, kalsiy glyukonatni qonning mineral tarkibini me’yorlashtirish uchun ishlatiladi. Kalsiy og’ir kasalliklarda miqdori o’zgaradigan kaliyga ham ta’sir qiladi.
6. Kalsiy o’sma rivojlanishiga olib kelishi va bir vaqtning o’zida uni oldini olishi mumkin
Ohirgi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yuqori kalsiy miqdori bir qator o’sma hujayralarining rivojlanishiga, masalan, prostata rakiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, kalsiy ko’krak bezi raki rivojlanishini kamaytirishi mumkin.
7. Vitamin D kalsiyning ajralmas yarmi
Inson organizmi kalsiyni so’rilishi uchun yetarli miqdorda vitamin D ga muhtoj. Siz turli-tuman kalsiy-saqlovchi mahsulotlarini tanovul qilishingiz mumkin, ammo organizmda vitamin D yetishmas ekan, qabul qilinayotgan kalsiyning bir qismi ham so’rilmaydi. Kalsiy inson organizmi uchun juda muhim ozuqa moddasi hisoblanadi. Kalsiyga bo’lgan ehtiyojni doim nazorat qilish lozim. Lekin uning ortiqcha qismi keltirib chiqaradigan zararlarni ham esdan chiqarmaslik lozim. Hamma narsa me’yorda bo’lgani ma’qul.
Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips­toshni maydalab tuyish bilan hosil qilinadi. Gips­toshning kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab undan qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil qilinadi. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gips (CaSO4∙2Н2О) ni va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib, suvsizlantirib bog‘lovchilar olinadi. Tabiiy gips­tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Maos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200­2400 kgg‘m3 bo‘lgan jinsdir. Gips tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud. 150….170 0С da kuydirilgan gips­toshni tuyib maydalangan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi. Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfati 65 0С da qizdirilganda, u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta­sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi.
CaSO4 ∙ 2Н2О→ CaSO4 ∙ 0,5Н2О Q1,5 Н2О Tabiiy kalsiy fosfatni fosfat kislota hamda konsentrlangan fosforli o‘g‘itlarga gidro­kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi­fosfogips sanoat uchun yirik xom ashe manbai hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan birgalikda hosil bo‘ladigan fosfogips miqdori qayta ishlanayotgan har tonna fosforit yoki apatitga nisbati 1,4….1,6 tonna ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda fosfogips Olmaliqda va Samarqandda ko‘p miqdorda to‘plangan. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips sifatida chiqadigan kalsiy sulfat suvda deyarli erimaydi, shuning uchun undan fosfat kislota eritmasi oson ajratib olinadi, fosfat kislota eritmasi ma’lum temperaturada konsentrlangunga qadar bug‘latiladi. Fosfogips tarkibida 75....95% ikki molekula suvli gips bor. Fosfogipsda ftoridlar yoki kremniy ftoridlar ikkinchi darajali tarkibiy qism hisoblanadi. Bu hol oddiy texnologiya asosida fosfogipsdan olinadigan gipsli bog‘lovchi moddalarning xossasini yomonlashtiradi. Biroq maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati tabiiy xomashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi modda olish mumkin. Gips ishlab chiqarish. Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi: Gips­tosh kukunlatib tuyiladi va pishiriladi. Gips­tosh maydalanib pishiriladi, so‘ngra tuyilad
Gips­tosh maydalanib, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib tuyiladi. Gips­tosh shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug‘ beriladigan avtoklavlarda pishiriladi. Shaxtali xumdonlarga 15 mm yiriklikda, bug‘ beriladigan avtoklavlarda esa 25……50 mm yiriklikda solinadi: qozonlarga gips­tosh kukun holida solinadi. Gips­tosh bolg‘ali maydalagichlada yoki po‘lat sharli tegirmonlarda maydalaniladi. Amalda gipsni qaynovchi qozonlarda pishirib olish usuli keng tarqalgan. Po‘lat silindr va vertikal o‘qqa o‘rnatilgan qorgichdan iborat bo‘lgan qozonga kukun­tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri buylab turtta isitgich quvurlari o‘tkazilgan. Ularda xom gips pishiriladi va tayyor maxsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi bunkerga tushadi. Qozonning 2 m3 xajmining ish unumi 1 soatda 1000 kg ni tashkil etadi. Gips kukunining qozonda pishish vaqti 1­1,5 soat. Asosan yarimsuvli gipsdan iborat bo‘lgan va gips­toshdan termik ishlash yo‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi maxsulotni fosfogipsdan xam olish mumkin. Buning uchun fosfogips tarkibidagi fosfat kislotasini yuvib tashlash kerak. Aks xolda, birinchidan, fosfogips tarkibidagi fosfat kislota tayyor maxsulotning tishlashish muddatini uzaytirib yuboradi, ikkinchidan, qurilish fosfogipsning mexanik mustaxkamligi juda past darajada bo‘lib, undan faqat qurilish gipsiga qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin. Gipsning xarakteristikasi. O‘z kristall strukturasiga kura, gipsning quyidagi asosiy xillari bor: shakarsimon siniq mayda donali gips yoki bushliqda tartibsiz yunaladigan yirik donali Gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, tug‘ri joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins xamda qatlam strukturali yassi tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips monoklin singoniyaga mansub. Uning kristall to‘ri Са ionlari xamda SO sulfat tetraedrlarini o‘z ichiga olgan suv molekulalaridan iborat qatlamlar bilan bo‘lingan qavatlardan tarkib topgan. Odatda, gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko‘pincha qaldirg‘och dumini eslatuvchi qo‘shayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va yuzasi silliq yosmiqsimon kristallar ham gips uchun xos. Gips­toshning zichiligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib.2200­2400kgg‘m3 ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmi massasi 1300…1600 kgg‘m3 dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3­5% va undan ham ko‘proq chegarada o‘zgarib turadi. 1. Gipsning suvda eruvchanligi 18 0С da­0,2; 40 0С da­0,21 va 100 0С da­0,17%. Shuni aytish kerakki, temperaturaning 32­41 0С oralig‘ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo‘ladi. Gipsning suvda eruvchanligi gipsning o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qilish qobilyatiga, shuningdek, uning kristallarini katta­kichikligiga bog‘liq 25 0С da gipsning eruvchanligi, kalsiy oksid hisobida 2 mkm kattaligidagi kristallar uchun 2,08 gg‘l ga yetadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm bo‘lganda esa eruvchanlik 2,47 gg‘l ga teng. Agar bunda kalsiy oksid gidrati ham ishtirok etsa, kalsiy sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va nitrat kislotalardagi, shuningdek, ayrim tuzlarning eritmalaridagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori. 2. Temperatura va qizish sharoitlariga bog‘liq holda suvli va suvsiz kalsiy sulfatning turli modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin. 3. Ularning kristallari zichligi, sig‘imi, optik xususiyatlari va boshqalar bilan bir­biridan farq qiladi. 4. Kalsiy sulfatning quydagi modifikatsiyalari ma’lum: 5. Ikki molekula suvli kalsiy sulfat (gips) CaSO4∙2Н2О; 6. ­yarim molekula suvli kalsiy sulfati ( ­yarimgidrati); ­ CaSO4∙0,5Н2О ­ CaSO4∙0,5Н2О; 7. ­yarim molekula suvli kalsiy sulfat ( ­yarimgidrat) 8. ­suvsizlantirilgan yarimgidrat ­ CaSO4 9. ­suvsizlantirilgan yarimgidrat ­ CaSO4 10. ­eruvchan angidrid ­ CaSO4 11. ­eruvchan angidrid ­CaSO4 12. erimaydigan angidrid CaSO4 gips suvsizlantirilganda, dastlab yarim gidratga aylanadi, so‘ngra qizish jarayonida suvsiz modifikatsiyalariga­angidridlarga aylanadi. va ­modifikatsiyalarning hosil bo‘lishi issiqlik ta’sirida ishlov berish sharoitlariga bog‘liq. ­yarimgidrat deb ataluvchi modifikatsiya digidratatsiya jarayonida suvning bug‘ holida chiqish sharoitida hosil bo‘lib, natijada bu modifikatsiya zarralari ichki yuzasi ancha rivojlangan struktura hosil qiladi. ­yarimgidrat gipsga suvda yoki tuz va kislotalarning suvdagi eritmalarida issiqlik ta’sirida ishlov berilayotganda hosil bo‘ladi. Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, ­yarimgidratning zich kristallari hosil bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi. Natijada, ­yarimgidrat zarrachalarining solishtirma sathi ­yarimgidratnikiga nisbatan ancha (2,5­5 marta) yuqori bo‘ladi. Agar ­va ­yarimgidratlar teng hajmdagi suvda qorilsa, hosil bo‘ladigan gips –toshning mustahkamligi ham o‘zaro teng bo‘ladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish