Aluminiyning ishlatilishi. Aluminiy yengilligi, pishiqligi, korroziyaga barqarorligi va shunga o'xshash ajoyib xossalari tufayli xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida keng ishlatiladi. Aluminiyning qo-tishmalari ichida duraluminiy deyiladigan birikmasi (Al —95%, Cu — 4%, Mg, Mn, Fe, Si — 0,5 %) samolyotsozlikda ishlatiladi. Undan tashqari, aluminiy kabellar va elektr simlar tayyorlashda ham ishlatiladi. Aluminiydan mashinasozlikda, turli detallar olishda va kislotaga nisbatan barqarorligidan foydalanib, nitrat kislota tashila-digan idishlar tayyorlashda foydalaniladi. Bulardan tashqari, alu-miniydan avtobus, trolleybus va vagonlarning qobiqlari, o'rindiq va tutqichlar, zanglamasligi tufayli idish-tovoq tayyorlanadi. Ke-yingi vaqtlarda temir buyumlarni korroziyalanishdan saqlash uchun ularning sirti aluminiyli bo'yoqlar bilan qoplanmoqda. Aluminiy kukuni metallurgiyada xrom, marganes, vanadiy va boshqa metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda keng qo'llaniladi. Texnikada bu jarayonni aluminotermiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |