Tabiiy fanlari fakulteti



Download 0,57 Mb.
bet1/32
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#163777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Eritmalar mavzusi bo’yich kompyuter darsini yaratish va o’tkazish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLARI FAKULTETI
5110300 – “Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi

4-kurs 17.33-guruh talabasi

Ergasheva Mohigulning

Kimyo o’qitish metodikasi” fanidan


Elektrolitik dissotsiyalanish metodikasi” mavzusidagi


KURS ISHI




Qabul qildi: ___________________





Mundarija:



I

Kirish……………………………………………………………………

3

II

Asosiy qism……………………………………………………………..

7-28

1

Kimyo fani darslariga qo’yilgan zamonaviy talablar...............................

7

2

Kimyo darslarida axborot kommunikatsiya texnolgiyalaridan foydalanish imkoniyatlari………………………………………………

10


3

Kimyo fani darslarida AKT dan didaktik va rivojlantiruvchi vositasi sifatida foydalanish...................................................................................

13


4

Darsda va darslarga tayyorgarlikda Internetdan foydalanish…………...

15

5

Eritmalar mavzusi bo’yicha kompyuter yordamida dars ishlanmasini tayyorlash……………………………………………………………….

18


6

Eritmalar mavzusini tushuntirishda hayotiy predmetlar bilan bog’lash. Kimyoviy eritmalar: turlari, tayyorlash va misollar…………………….

29


III

Xulosa…………………………………………………………………...

46

IV

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………

48


Kirish
"Ishonchim komil, xalqimiz ziyolilarining ilg’or vakillari bo’lgan siz, hurmatli ustoz va murabbiylar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo’yicha olib borayotgan ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, hayotda o’zini oqlagan maktab, oila va mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtirok etib, barchaga o’rnak va namuna bo’lasizlar.

Siz, azizlarning ana shu ezgu maqsadlarga erishish, inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi O’zbekiston davlatini barpo etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og’ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g’oyat sharafli mehnatingizni munosib qadrlash uchun biz davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga tayyormiz.”



Shavkat Mirziyoyev.

Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jaxon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.

Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.

Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa xuquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, xurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muxim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

Ta’lim to’g’risidagi va ―kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Respublikamiz ta’lim tizimida tub isloxatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi .

Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnologiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish ta’lim soxasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushunishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, anorganik kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, o’quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o’quvchilarninng bilim olish salohiyati o’smoqda.

Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni O’rta maktab kimyo kursida reaksiya tushunchasini shakllantirish va rivojlantirish ” deb nomlashga ahd qildik.

Quyida sizning e’tiboringizga xavola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish