Tabiiy fanlari fakulteti



Download 0,57 Mb.
bet9/32
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#163777
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Eritmalar mavzusi bo’yich kompyuter darsini yaratish va o’tkazish

Uchinchidan, avvaldan ifoda etilgan mavzu bo’yicha sharhlar (tahliliy sharh, referat) tayyorlash vazifasi qo’yilishi mumkin, bu o’quvchining loyiha ishi kabi baholanishi mumkin. To’plangan materiallarni o’quvchilar multimediyali taqdimotlar ko’rinishida tayyorlashlari mumkin.

Ta’limda axborot tarmoqlaridan foydalanish birdan-bir maqsad bo’lib qolishi kerak emas. Aksincha, tarmoq resurslaridan biror axborotni idrok etish masalalarini hal etishda juda zarur bo’lgandagina foydalanish kerak. Ularni qo’llash ta’lim berish uslubini o’zgartirishga imkon beradi: barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud sharoitlarida faoliyat usullarini o’zlashtirish bilan bilim olish demakdir. Internet resurslaridan foydalanish bilan ishlarni texnik jihatdan ikki usulda tashkil etish mumkin. Agar kompyuter tezlikda tarmoqqa kirishni ta’minlay oladigan bo’lsa, o’quvchilar on-line rejimida, ya’ni bevosita Internetga kirib ishlashlari mumkin. Biroq o’qituvchi qiziqtirayotgan materiallardan foydalanish imkoni mavjudligini avvaldan tekshirishi zarur. Mazmunini qayta ishlab chiqilishi sababli vaqtinchalik serverlar va saytlardan foydalanish imkoni bo’lmasligi mumkin. Boshqa bir, yanada ishonchli varianti — internetdan vositali foydalanish usuli hisoblanadi. Darsga tayyorgarlik ko’rishda mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan Web-sahifalarni maktab serverida alohida papkaga yoki bo’lmasa, maktabning biror-bir kompyuter xotirasiga yozib olish mumkin. Bu ikkala holatda ham internet-resurslaridan foydalanish mashg’ulotlar o’tkazish darajasini, o’quvchilarning bilimlari sifatini va ularning bilim olish motivatsiyalarini oshiradi.

O’qituvchining o’z bilimini mustaqil oshirishi va darslarga tayyorgarlik ko’rishda tarmoqning boy resurslaridan foydalanish jamiyati juda kattaligini aytib o’tish zarur. Shu bian birga, fanlar bo’yicha maxsus saytlarga albatta kirish kerak, chunki ularda juda qiziqarli illyustratsiyalar bo’lishi mumkin, ularni saqlab qolish va multimediyali taqdimotlarni yaratishda foydalanish mumkin.

Keyingi yillarda barcha maktab fanlari bo’yicha axborot resurslari soni ancha oshdi. Kimyo fani o’qituvchisi o’quvchilar tayyorlagan ko’plab referatlardan foydali ko’rgazmali materiallarni topishi mumkin. ziyonet.uz, serveridan yoki rambler.ru, aport.ru, yahoo.com va google.uz kabi izlash tizimlari orqali izlashni amalga oshirish mumkin. Agar biror maqola kerak bo’lsa, yuqorida sanagan qidiruv satrlaridan biriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo’lgan so’z yoki jumla, ya’ni kalit so’z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi.Agar biror dasturni topish kerak bo’lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi. Masalan, WindowsXP operatsion sistemasi uchun Laserjet 1300 printerining drayveri kerak bo’lsa, qidiruv satriga “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari” deb yoziladi. (Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog’idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi) Natijada Web-brauzer ma’lumotlar maydoniga bir necha (o’nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifga ko’ra aniqlab olinadi.

CD-disklar ishlab chiqaruvchilari mashhur firmalari serverlarida o’quv fanlarini o’qitishda foydalanish uchun yangi dasturiy mahsulotlar taqdim etilgan. Elektron darsliklardan ba’zilarini tarmoq diskiga yuklab olish va maktab tarmog’i foydalanuvchilari barchasi uchun taqdim etish mumkin. Bu o’quv materiallaridan bir vaqtda bir necha o’quvchilar foydalanishlariga imkon beradi.Ular o’z imkoniyatlari doirasida foydalanadilar.



  1. Download 0,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish