Tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish uchun
DAFTAR
________________________________________________viloyati
_______________________________________________tumani
______ maktabning _______ sinf o`quvchisi _______________
_______________________________________________________
1
kimyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT
INSPEKSIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TA’LIM SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA XALQARO
TADQIQOTLARNI AMALGA OSHIRISH MILLIY MARKAZI
XALQARO TADQIQOTLARDA O‘QUVCHILARNIN G TABIIY
FANLAR BO‘YICHA SAVODXONLIGINI BAHOLASH
(Tabiiy yonalishdagi fan oqituvchilari, metodistlari va soha
mutaxassislari uchun metodik qollanma)
dagi topshiriqlar asosida
tayyorlandi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani 54- maktab biologiya fani o`qituvchisi
Sharipova B.A.
Tasavvur qiling, siz qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun o‘g‘it ishlab
chiqaradigan yirik kimyoviy zavod yaqinida yashaysiz. Ushbu hududda
istiqomat qiladigan aholida nafas olish a’zolarining surunkali kasalliklari oxirgi
yillarda bir necha marta qayd etildi. Mahalliy aholining fkricha, bunday
kasalliklarga kimyoviy zavoddan chiqayotgan zaharli tutunlar sababdir.
Mahalliy aholi salomatligi uchun zavod tug‘diradigan xavfni muhokama qilish
maqsadida jamoatchilik yig‘ilishi o‘tkazildi. Olimlar yig‘ilishda quyidagi
xulosalarini
bildirishdi:
Mazkur
kimyoviy
kompaniyadan
manfaatdor
olimlarning
xulosasi:
“Biz mahalliy hudud tuprog‘ining zaharlanishini tekshirdik. Olingan
namunalardan
zaharli
kimyoviy
moddalar
topilmadi”.
Xavotirga tushgan mahalliy aholi tomonidan taklif qilingan olimlarning
xulosasi: “Biz kimyoviy zavod yaqinida yashaydigan, nafas olish a’zolari
surunkali kasalliklari bilan kasallangan aholi sonini zavoddan uzoqda yashov-
chi, bunday kasalliklar bilan kasallangan aholi soni bilan taqqosladik. Zavodga
yaqin hududda bunday kasalliklar bilan kasallanganlar soni ko‘proq”.
1-savol
Kimyoviy
zavod
egasi
mazkur
kompaniyadan
manfaatdor
olimlarning xulosasini ro‘kach qilib, “zavoddan chiqayotgan tutunlar
mahalliy aholi salomatligiga xavf solmaydi”, deya o‘z fkrini
asoslamoqchi
bo‘ldi.
Zavoddan manfaatdor olimlarning xulosasi zavod egasining fkrini
tasdiqlashiga shubha tug‘diradigan bitta sabab keltiring (mahalliy
aholi tomonidan taklif etilgan olimlarning xulosasidan farq qilsin)
Javob___________________________________________________________
________________________________________________________________
_______________________________________________________________
Baholash
mezoni
Mazkur topshiriqni bajarishda o‘quvchilar matnni diqqat bilan o‘qib
tushunishlari,
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan zavoddan manfaatdor bo‘lgan olimlar va
mahalliy
aholi taklif qilgan olimlarning xulosalarini anglagan holda zavod egasining
fkrini
tasdiqlamaydigan fkr-mulohazalarni ilgari surishlari kerak. Topshiriqni bajarish
uchun
o‘quvchilardan tahliliy, tanqidiy fkrlash va o‘z fkrini asoslash ko‘nikmalarini
namoyish
etishlari
talab
etiladi.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida zavod egasining fkrini tasdiqlaydigan
manfaatdor
olimlarning xulosasiga shubha tug‘diruvchi bitta sabab keltirgan bo‘lishsa,
javob
to‘liq
qabul
qilinadi (1 ball). To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
nafas olish a’zolari kasalliklarini keltirib chiqaradigan moddalar zaharli
bo‘lmasligi
mumkin;
►
nafas olish a’zolari kasalliklarini keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar
tuproqda
emas,
havoda
bo‘lishi
mumkin;
►
zaharli moddalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi yoki parchalanishi sababli
tuproqda
zaharsiz
modda
ko‘rinishida
uchrashi
mumkin;
►
namunalar haqiqatan ham aynan o‘sha yerdagi tuproqdan olinganligi bizga
ma’lum
emas;
►
zavod
vakillari
olimlarga
pul
bergan
bo‘lishi
mumkin;
►
olimlar
ishini
yo‘qotishdan
qo‘rqishgan.
Agar javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: |