Tabiiy fanlar fakulteti


Mikro‘g‘itlardan foydalanish



Download 371,18 Kb.
bet22/33
Sana30.06.2021
Hajmi371,18 Kb.
#105818
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati

Mikro‘g‘itlardan foydalanish.


Borli o‘g‘itlar. Borli mikroo‘g‘itlar har xil tuproqlardagi turli o‘simliklar uchun juda zarur o‘g‘itlardan biri hisoblanadi. Bunda bor birikmalari juda kam miqdorda (1 gektar yerga 1-1,5 kg) solinib, ko‘pincha juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bor kislotasidan borli mikroo‘g‘it sifatida foydalanilsa bo‘ladi. Bor kislotasi ba’zi issiq buloq suvlarida, neft skvajinasi suvida va barcha toshko‘mir kullari tarkibiga kiradigan natriy bor tuzida, shuningdek borning boshqa tabiiy birikmalarida uchraydi.

Bor magniyli o‘g‘it - bor kislotasi korxonalari chiqiti eng ko‘p tarqalgan. Bu o‘g‘itning afzalligi shundaki, tuproqqa birdaniga 2 xil kimyoviy element o‘simlik

uchun zarur bo‘lgan bor va magniy solinadi. Bundan tashqari, bor yog‘och kulida, torfda va go‘ngda ancha ko‘p bo‘ladi.

Adabiyotlarda keltirilishicha azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlar solingan qumoq- ohakli tuproqlarda tajriba o‘tkazilganda bor birikmalari ishlatilmaganda, 1 gektar yerdan 0,5 sentner beda urug‘i olindi. Gektariga 1,5 kg bor birikmasi solingan daladan esa 3 barobar ko‘p, ya’ni 1,7 sentnergacha hosil olindi. Xuddi shunday sharoitda 2 marta ziyodroq bor solinganda, gektaridan 0,8 sentner o‘rniga 4,7 sentner, ya’ni 6 marta ko‘proq beda urug‘i olindi.

Boshqa tajribalardan birida borli o‘g‘itlarni ishlatmay gektaridan 5,4 sentner, bor o‘g‘itini ishlatib esa 11,6 sentnergacha karam urug‘i hosili olingan. Ohakli va ohaklangan tuproqlarga borli o‘g‘itlar juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Masalan, zig‘ir ekilgan tuproq ohaklanganda ko‘pincha u bakterioz kasalligi bilan zararlanadi (ohak tarkibida kalsiy bo‘lib u bakteriyalarning rivojlanishini kuchaytiradi). Olimlar o‘simlik bor mikroelementiga kuchli muhtoj bo‘lganda bakterioz kasalligi sodir bo‘lishini aniqladi. Bor bakterioz kasalini qo‘zg‘atuvchilarga qarshi kurashib, o‘simliklarga yordam beradi. Yana bir inisol, zig‘ir ekiladigan dalalarga yetarli miqdorda mineral o‘g‘itlar (azot, fosfor, kaliy) solishlariga qaramasdan zig‘irdan ko‘p vaqtgacha yuqori hosil olinmagan, buning ustiga o‘simlik bakterioz bilan kasallanib, uning yuqori qismi quriy boshlagan.

Olimlar tuproqqa ozgina miqdorda borli o‘g‘itlarni solishni tavsiya etdilar. Natijada keskin o‘zgarish yuz berdi. Urug‘ hosili 2 martadan ziyodroqqa ko‘paydi, tola sifati yaxshilandi. Bundan tashqari, mikroelement qo‘llangan uchastkalarda zig‘ir erta gulladi va tezroq pishib yetildi. Keyinchalik bunday tajriba ko‘pchilik xo‘jaliklarga tarqaldi va oldingi yillarga qaraganda zig‘ir urug‘i va tolasidan yuqori hosil olina boshlandi.

Borning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri tuproqqa oziq elementlar (N:P:K) noto‘g‘ri nisbatlarda solinsa, bor birikmalari bu tengsizlikni barobarlashtiruvchi sifatida ta’sir etadi. Azotli almashinish tiklanadi. Shu narsa juda muhimki, bor birikmalari va ohak solingan uchastkalarda o‘stirilgan zig‘irning urug‘i birinchi yildagina emas, balki bundan keyingi yillarda ham yuqori

hosil berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Zig‘irdan boshqa ekinlarga ham bu mikroo‘g‘it ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina hollarda qand lavlagisi «o‘zak chirishi» kasalligi bilan kasallanib turadi. Bu kasallik boshlanish paytida o‘simlikning o‘rta qismida joylashgan yosh barglar so‘liydi va o‘rala boshlaydi, so‘ng qorayib qurib qoladi, natijada barg bandining o‘zi qoladi.

Ko‘pgina hollarda tuproqda o‘simliklar oson o‘zlashtira oladigan bor birikmasi kamayib ketsa, bu kasallik yuzaga keladi. Borli o‘g‘itlar qo‘llangan dalalarda lavlagining hamrna tuplari sog‘lom o‘sadi. Bundan tashqari, bor birikmalari bilan ishlash hosilni yanada oshiradi.

Boltiq bo‘yi respublikalari tuproqlarida o‘simlik tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan borli birikmalar miqdori juda kam bo‘ladi. O‘rta Osiyo tuproqlarida bunday birikmalar nisbatan ko‘p bo‘lsada, sug‘oriladigan sharoitda yuqori hosil olish uchun yetarli emas. Bor yetishmasligi natijasida kartoshka o‘simligi ham «parsha» deb nomlangan kasallikka chalinadi. Borli o‘g‘itlar qo‘llanilganda esa bunday kasallik batamom yo‘qoladi.

Borli mikroo‘g‘itlar jumlasiga borat kislota, bor-magniyli o‘g‘it va borli superfosfatlar kiritiladi (3.1- jadval).

3.1- jadval


Download 371,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish