Mikroelementlar bilan amalga oshiriladigan dala tajribalari
Ma’lumki qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligida B, Zn, Cu, Mn, Co, Mo kabi mikroelementlarning ahamiyati katta. Bu elem entlar turli tuproqlarda turli miqdorda uchrab, ularning qo‘llanilishi ayrim tuproqlarda yuqori samara bersa, ayrim tuproqlarda samaradorligi sezilmasligi mumkin.
Mikroelementlarning samaradorligi ko‘p jihatdan harakatchan shakllarining tuproqdagi miqdoriga bog‘liqdir. O‘g‘it qollash oldidan ayni shakldagi mikroelementlar miqdorini aniqlash muhim masala hisoblanadi. Biz bu boiim da mikroelementlar bilan o‘tkaziladigan dala tajribalarning o‘ziga xos tom onlariga to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. Mikroelementlar bilan tajribalarni o‘tkazish
uslubiyoti O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasida ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda tajriba tizimi turli turnan bo‘lishi mumkin. O‘simliklarning ma’lum bir tuproq tipida qaysi mikroelementlarga talabchanligini aniqlash inuhim masala hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi tizimda dala tajribasi qo‘yiladi:
NPK (fon)-nazorat; 5) fon + Mn;
fon + B; 6) fon + Mo;
fon + Zn; 7) fon + Co.
fon + Cu;
Makroelementlarda boigani kabi mikroelementlarda ham ionlar antagonizmi va ionlar sinergizmi kuzatiladi. Shu masalaga oydinlik kiritish uchun dala tajribasining quyidagi tizimi tavsiya etiladi:
NPK (fon)-nazorat; 7) fon+Co;
fon+B; 8) fon+B +Zn;
fon+Zn; 9) fon+Zn+Cu ,
fon+Cu; 10) fon+Zn+M o,
fon+M n; 11) fon+Zn+Cu+M n;
fon+M o; 12) fon+B+Cu+Co va h.k.
Agar tajribalarda mikroelementlar bilan boyitilgan m akroo‘g‘itlar masalan, ammofos yoki superfosfat o‘rganilayotgan boisa, tajriba tizimiga ikkinchi nazorat varianti sifatida albatta tarkibida mikroelem ent tutmagan ammofos yoki superfosfat kiritiladi va u holda tajriba tizimi quyidagicha ko‘rinish oladi:
N PK (fon)-nazorat;
fon+Zn (ZnS04 ,7H20 holatda);
fon+Zn (ammofos yoki superfosfat tarkibida);
fon+C u (CuS()4 .5H20 holatda);
fon+Cu ( ammofos yoki superfosfat tarkibida) va h.k.
Hozirgi kunda texnik tuzlar bilan bir qatorda tarkibida u yoki bu mikroelementni tutgan ruda va noruda ko‘rinishidagi sanoat chiqindilardan
foydalanish ham muayyan ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan mazkur chiqindilar o‘z hududlariga yaqin maydonlarda sinab ko‘rilishi va ulardan foydalanishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi aniqlanishi lozim.
O‘zbekistonning karbonatli tuproqlarida tuproqqa solinadigan mikroelem entlar tezda qiyin eriydigan shaklga o‘tadi va ularning samaradorligi keskin kamayadi. Mikroelementlarni kompleks organik birikmalar-xelatlar shaklida qollash muayyan qiziqish uyg‘otadi. Shu asosda o‘tkaziladigan tajribalarda ham asosiy nazorat variantidan tashqari o‘rganilayotgan mikroelementning texnik tuzi solinadigan qo‘shimcha nazorat variant ham kiritiladi.
Mikroelementlarning samaradorligi o‘rganiladigan dala tajriba lar kamida to‘rt takrorlikda o‘tkazilib, bo‘lmalarning yuzasi 200-250 m2 ni tashkil etishi lozim. Bo‘lma yuzasi 100-150 m2 bo‘lgan tajribalarda takrorliklar soni 6-8 taga yetkaziladi. Mikroo‘g‘itlarning yangi turlari o‘rganiladigan dala tajribalarda
boim alar yuzasining 50-100 m2, takrorliklar sonining esa 8 ta bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mikroelementlarning samaradorligini aniqlash uchun ularni dala tajribalarda turli usullarda qollash mumkin. U rugiarni inikroelement eritmasida ivitish yoki rnikroelement talqoniga bulg‘ash, tuproqqa solish yoki o‘simlikka eritma shaklda purkash shunday usullar jumlasiga kiradi. Aytilganlar ichida urugiarni rnikroelement eritmasida ivitish hamda o‘simliklarni amal davrining turli muddatlarida qo‘shimcha oziqlantirish yaxshi natija beradi. Mikroo‘g‘it sifatida ishlatiladigan sanoat chiqindilarini kuzgi shudgor ostiga solish tavsiya etiladi.
Tajribalarda bo‘r H3BO3 (17,5% B) shaklda, rux ZnSO4 · 7H20 (22,0% Zn), mis CuSO4· 5H20 (25,5% Cu), marganes MnSO4 · 5H20 (22,8% Mn), kobalt CoSO4 · 7H20 (21,0% Co) va molibden (NH4),MoO4 (49,0% Mo) shakllarida ishlatiladi. Urug‘larni mikroelement eritmasida ivitish uchun bo‘rning 0,02-0,05; marganesning 0,05; ruxning 0,03-0,04; molibdenning 0,01-0,05 va kobaltning 0,01-0,10% li eritmalari ishlatiladi. Urug‘larni namlash muddati - 12 soat, urug‘ va eritma o‘rtasidagi nisbat - 2:1.
Mikroelementlarni ekishgacha yoki qo‘shimcha oziqlantirish paytida tuproqqa solish uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi: bo‘r 1,0-1,5; rux 2-4; mis 1- 3; marganes 4-10; molibden 0,5-1,0 va kobalt 0,3-0,5 kg/ga. Masalan, tajriba variantiga (yuzasi 200 m2) 1,0 kg/ga miqdorda bo‘r qo‘llash rejalashtirilgan bolsa, tuproqqa solinadigan mikroo‘g‘it miqdori quyidagicha hisoblab topiladi:
17,5 kg bo‘r 100 kg H3BO3 tarkibida bolsa, 1,0 kg bo‘r x kg H3BO3 tarkibida bo‘ladi, bundan: x=M 00/17,5 =5,7 kg H3BO3.
1 ga (10000 m2) maydonga 5,7 kg H3BO3 berilsa, 200 m2 maydonga x kg H3BO3 beriladi, bundan: x=5,7-200/10000 =0,114 kg H3BO3.
Mikroelementlarni qollash bo‘yicha o‘tkaziladigan dala tajribalarda barcha agrotexnik tadbirlar va kuzatish ishlari O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti uslubiyoti asosida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy tekshirish instituti va O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan tuproqlar tarkibida bo‘r 1 mg/kg (qaynatilgan suvli so‘rimda), marganes 100 mg/kg, rux 1,5- 2,0 mg/kg, kobalt 0,2 mg/kg (natriy atsetat so‘rimi, pH 3,5) va molibden 0,15 mg/kg (oksalat scrrimi)dan karn bo‘lganda tegishli mikroo‘g‘itlarni qo‘llash yaxshi samara berishi aniqlangan. Shu sababdan tajriba uchun tanlangan maydon tuproqlarida asosiy oziq elementlar (NPK) dan tashqari mikroelementlarning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan shakllarining miqdori ham aniqlanadi.
O‘zlashtiriladigan mikroelementlar miqdori tuproqning haydalma qatlami va uning ostidagi qatlamdan aniqlanadi. Har bir bo‘lmadan olinadigan 15-20 dona tuproq namunasidan bitta o‘rtacha aralashtirilgan namuna olinadi. Tuproqlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori o‘simliklarning o‘suv davrlarini hisobga olgan holda 3-5 marta aniqlanadi. Amal davrida o‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ham aniqlab boriladi. Defolitsiyadan oldin o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan mikroelementlar miqdori aniqlanadi. Tuproqlar va o‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir-biri bilan bog‘lash va taqqoslash, ularning qo‘shimcha hosilni shakllantirishdagi hissasini aniqlash imkonini beradi[20,-22].
Do'stlaringiz bilan baham: |