Marganesli mikroo‘g‘itlar
O‘g‘it
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Ta’sir etuvchi modda miqdori, %
|
Marganes sulfat
|
MnSO4
|
70
|
(Mn) li superfosfat
|
P2O5
(Mn)
|
20
1-2
|
(Mn) li ruda chiqindisi
|
(Mn)
|
17-18
|
Marganesli o‘g‘it sifatida marganes ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasining chiqindilari ham ishlatiladi. Chiqindilar tarkibida ko‘pincha 10- 18% gacha marganes bo‘ladi. Qimmat turadigan marganes sulfat asosan issiqxona sabzavotchiligi uchun ishlatiladi. Marganesning fosforli o‘g‘itlar bilan birga yaxshi samara berishini hisobga olib, marganeslangan superfosfat ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Tuproqqa solinadigan marganesning miqdori 1 ga yerga element hisobida 2,5 kg ni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun o‘simliklarning ildizdan tashqari oziqlantirilishi va uruglarga ishlov berilishi uchun 30% ga yaqin marganesli o‘g‘itlar ishlatiladi. Marganesni qo‘llash usullaridan biri urug‘larga ishlov berishdir. Bunda 50-100 g marganes sulfat 1/s urug‘ bilan aralashtiriladi (qand lavlagi, byg‘doy, makkajo‘xori, no‘xat). Dala ekinlarini ildizdan tashqari oziqlantirishda har ga yerga 200 g marganes sulfat ishlatiladi, mevali daraxtlarni purkash uchun har ga yerga 600-100 g dan ishlatiladi.
Marganes sulfat suvda yaxshi eriydi, nam tortib mushtlashib qolmaydi, ekin dalalariga 3-3,5 kg dan sepiladi. Marganesli mikroo‘g‘it ayniqsa, ishqoriy, neytral va karbonatli, mexanik jihatidan yengil tuproqlarda ijobiy natija beradi. Marganesli o‘g‘itlar qo‘llash hisobiga qand lavlagidan 23,7, bug‘doydan 2,2, makkajo‘xoridan 11,8 va arpadan 3,0 s/ga qo‘shimcha hosil olinadi. So‘nggi yillarda, marganes
nitrofoska (0,9%) yoki superfosfat tarkibiga kiritilib, fosforli o‘g‘itlar bilan birga qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, ekinlarning urug‘ yoki chigitlarga ekish oldidan marganesli eritmalar yoki kukunlari bilan ishlov berilmoqda.
Masalan, 1/s bug‘doy, makkajo‘xori va no‘xat urug‘i ekishdan oldin 50 g marganes sulfat bilan, zig‘ir 100-200 g, qand lavlagi urug‘i esa 100- 450 g marganes sulfat bilan aralashtiriladi. Blinda 150-200 g marganes sulfat 100 litr suv bilan aralashtirilib traktorlar yordam ida barglar orqali oziqlantiriladi. Marganes tanqisligi torfli, karbonatli, qumli, qayir va o‘tloqi qora, neytral va ishqoriy tuproqlardagi ekinlarda keskin sezilishi mumkin. Marganes tanqisligi ayniqsa temirning eruvchan birikmalari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda yaqqol seziladi.
O‘simliklarda marganes tanqisligi, uning kam harakatchanligi tufayli ko‘proq yosh barglarda seziladi. G‘o‘za bargining quruq massasida 240 mg gacha marganes bo‘ladi. Marganes tanqisligi ko‘pgina o‘simliklarda kuzatiladi.
Masalan: paxta barglarida oq, sariq rangli dog‘lar paydo bo iad i va to‘kila boshlaydi. Kartoshka, suli, no‘xat, loviya, lavlagi, karam, shaftoli, olcha, olxo‘ri, olma, o‘rik, limon kabi ta’sirchan o‘simliklarda ham marganes tanqisligi tez seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |