Manba: Farg‗ona viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
yildan 2017 yilgacha o‘sib borgan. 2017 yilda viloyatda 1052,2 ming kv m gilam
52
8-rasm.
2.3.Farg„ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xorijiy
sarmoyalarni jalb etgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport
salohiyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e‘tibor iqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlash, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‗layotir.
O‗tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yengil
sanoatda 130 dan ortiq loyiha ishga tushirildi. Qo‗qon shahridagi ―Indorama
Kokand Tekstayl‖ qo‗shma korxonasi, Beshariq tumanidagi ―Beshariq
to‗qimachi‖, Uchko‗prik tumanidagi ―Xumo to‗qimachi‖ mas‘uliyati cheklangan
jamiyatlari, Bag‗dod tumanidagi ―Fergana spinning‖ qo‗shma korxonasi kabi
ko‗plab korxonalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, yangi turdagi
mahsulotlar ishlab chiqarish o‗zlashtirildi. Farg‗ona shahrida ish boshlagan
―Fergana oseana textile‖ O‗zbekiston – Tailand qo‗shma korxonasi yiliga 3 ming
600 tonna paxta xomashyosidan sifatli ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Korxona mahsulotlari Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoyga eksport qilinmoqda.
53
Marg‗ilon shahridagi ―Teksajen‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida keyingi
uch yilda keng ko‗lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, zamonaviy
texnologiyalar o‗rnatildi. Ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sifati yanada oshgan
korxonada ayni paytda 100 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Ishlab
chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlari raqobatbardoshligi va yuqori sifati bilan
xaridorlarga manzur bo‗layotir. Mazkur jamiyatda kuniga 8 tonnaga yaqin ip-
kalava ishlab chiqarilib, tayyor mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiya
davlatlariga eksport qilinmoqda.
Raqobat tobora kuchayib borayotgan xalqaro bozordagi o‗zgarishlar sifatli,
eksportbop mahsulot turini ko‗paytirishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda
eksportchi korxonalarning har tomonlama qo‗llab-quvvatlanayotgani ishlab
chiqarishni rivojlantirish va eksport hajmini oshirish imkoniyatini kengaytirmoqda.
Joriy yilda korxonada yangi loyiha asosida choyshablar, bolalar futbolkalari va
paypoqlar ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish rejalashtirilgan.
Respublikada keng turdagi sifatli yengilva tikuv-trikotaj mahsulotlari
(keyingi o‗rinlarda yengilmahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil
etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‗tgan davr mobaynida yengilva tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o‗rinlarda
yengilsanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay
sharoitlar shakllantirildi.
Shu bilan birga, o‗tkazilgan o‗rganishlarda mamlakat yengilsanoatining
izchil rivojlanishiga to‗siq bo‗layotgan qator tizimli muammolar aniqlandi,
xususan:
birinchidan, yengil sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy
rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning
to‗planib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga
to‗sqinlik qilmoqda;
54
ikkinchidan, milliy standartlar va yengil sanoat mahsulotlarining sinovlari
bo‗yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg‗unlashtirish
ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini
joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo
bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar
sifati va xavfsizligiga bo‗lgan ishonchni oshirishga to‗siq bo‗lmoqda;
uchinchidan,
tarmoqqa
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va
yengilsanoati rivojlanishining istiqbolli yo‗nalishlarini belgilash uchun shart-
sharoit yaratmayapti;
to‘rtinchidan, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona
taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi
kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining to‗xtab qolishiga,
iqtisodiy yo‗qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga,
shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda;
beshinchidan, yengilyarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport
qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo‗shilgan qiymatli tayyor
yengilmahsulotlarini
ishlab
chiqarish
va
jahon
bozorlarida
munosib
raqobatlashishga qodir bo‗lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada
emasligi yengilsanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi yengilsanoatining real ehtiyojlariga
javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‗yicha
o‗qitishning innovatsion yo‗nalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni
chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo‗lga qo‗yilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: