Tabiiy fanlar fakulteti "tasdiqlayman"


Viloyatda  yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy tarkibi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#277908
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
fargona viloyatida engil sanoatni rivozhlantirish muammolari

2.2.Viloyatda  yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy tarkibi 

va dinamikasi 

Aholining  sihat  salomatligini  ta‘minlash  va  ish  qobiliyatini  saqlashda    xalq 

yengil  sanoat  mahsulotlariishlab  chiqarish  va  iste‘mol  qilish  katta  o‗rin  tutadi. 

Xalq yengil sanoat mahsulotlariasosan yengil va oziq- ovqat sanoati, qisman og‗ir 

sanoatda ishlab chiqariladi. Xalq yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqarish va uni 

aholiga etkazib berishda bir qator omillarning roli inobatga olinadi. Jumladan aholi 

zichlik  va  urbanizatsiya  ko‗rsatkichlari  yengil  sanoat  mahsulotlariishlab 

chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Aholi  zichligi  yengil  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishga  o‗z  ta‘sirini 

o‗tkazmay qolmaydi.  CHunki aholi nisbatan zich yashaydigan mintaqalarda yengil 

sanoat  mahsulotlarining    iste‘mol  darajasi    yuqoriroq  va  zichroq  bo‗ladi. 

SHuningdek  bu  turdagi  maxsulotlarni  ishlab  chiqarish  tarkibi  va  assortimenti 

hamda ularni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega. 



49 

 

Farg‗ona  viloyatida aholi  zichligi  01.01.2017  ma‘lumoti  bo‗yicha 1  km  kv 



ga  527,3  kishi  to‗g‗ri  kelib,  respublikada  faqat  Andijon  viloyatidan  keyin  turadi. 

Bu ko‗rsatkich O‗zbekiston o‗rtacha zichligidan 7,7 marta, Navoiy viloyatidan 56 

marta ko‗pdir.  Aholi zichligi 1990 yilda 1 km kv ga 326,6 kishiga, 2000 yilda esa 

397,8  kishiga  teng  edi.  Bunday  bo‗lishiga  sabab,  Farg‗ona  viloyati  iqtisodiy 

jihatdan  yaxshi  o‗zlashtirilgan  sanoat  va  qishloq  xo‗jaligi  yaxshi  rivojlangan 

viloyatlardan hisoblanadi.  

Lekin  iqtisodiy-  ijtimoiy  va  geografik  sabablarga  ko‗ra  viloyatning  ichki 

qismida  aholi  zichligi    va  joylashuvi  bir  xil  emas.  Viloyatning  yirik  shaharlari 

Farg‗ona, Qo‗qon, Marg‗ilon, Quvasoy shaharlarida aholi zichligi 1 km kvga 1000 

kishidan (Quvasoy shahridan tashqari) ko‗proqni tashkil etib, ular alohida guruhga 

mansub.  Ularda  aholi  zichligi  mos  ravishda  2701,9  kishi,  6481,1  kishi  va  5414,6 

kishini tashkil etadi (Quvasoy shahrida bu ko‗rsatkich 331,4 kishiga teng). Qishloq 

tumanlarida  aholi  1  km  kvga  to‗g‗ri  keladigan  aholi  zichligi  bo‗yicha 

guruhlanganda quyidagi ko‗rinish yuzaga keladi: 

1.  Aholi  zichligi  1  kv  km  ga  600  kishidan  ortiq  bo‗lgan  tumanlar.  Bularga 

Toshloq,  Uchko‗prik,  Rishton,  Buvayda  tumanlari  kirib,  jami  viloyat  aholisining 

22,7 % i yashaydi. 

2.  Aholi  zichligi  500-600  kishigacha  bo‗lgan  tumanlar  bo‗lib,  bularga 

Bag‗dod va Quva tumanlari kiradi hamda viloyatning 12,5 foiz aholisi yashaydi. 

YUqoridagi  tumanlar  iqtisodiy  jihatdan  yaxshi  o‗zlashtirilgan  bo‗lib,  tabiiy 

sharoiti,  tabiiy  resurlari  boy  va  xilma  xilligi,  transport  tizimining  yaxshiligi  aholi 

tomonidan o‗zlashtirilishiga olib kelgan. 

3. Aholisining zichligi 400-500 kishiga to‗g‗ri keluvchi tumanlar bo‗lib, bu 

guruhga  faqat  Qo‗shtepa  tumani  kiradi.  Bu  tumanda  viloyat  aholisining  5  %  i 

yashaydi. 

4.  Aholi  zichligi  300-400  kishiga  to‗g‗ri  keluvchi  tumanlar.  Bu  guruhga 

mansub tumanlar eng katta guruhni tashkil etib, jami 6 ta tumanni o‗z ichiga oladi. 

Bu  tumanlar  qatoriga  Dang‗ara,  Oltiariq,  So‗x,  Farg‗ona,  Furqat,  O‗zbekiston 

tumanlari kiradi. Jami viloyat aholisining 27,4 %i shu tumanlarda istiqomat qiladi. 



50 

 

5.  Aholi  zichligi  300  kishigacha  bo‗lgan  tumanlar.  Bu  tumanlar  guruhi 



Beshariq  va  YOzyovon  tumanlarini  o‗z  ichiga  oladi.  Bu  tumanlarda  viloyat 

aholisining 9% ga yaqin qismi istiqomat qiladi. 

Uchinchi,  to‗rtinchi  va  beshinchi  guruhdagi  tumanlar  keyingi  yillarda  keng 

iqtisodiy  jihatdan  o‗zlashtirilib  borilayotgan  tumanlar  bo‗lib,  yana  bu  hududlarda 

qishloq  xo‗jaligi  uchun  nobop  hisoblangan  tog‗lar,  adirlar  va  cho‗l  zonalarining 

mavjudligi tufayli zichligi oldingi areallarga qaraganda kamroqdir. 

Farg‗ona  viloyatida  yengil  sanoat  mahsulotlari  tarkibida  ip-gazlama  ishlab 

chiqarish yillar davomida o‗zgarib kelgan (6-rasm). 

 

6-rasm. 


Manba: Farg‗ona viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 

YUqoridagi  ma‘lumotlar  tahlili  shuni  ko‗rsatadiki  so‗nggi  to‗rt  yillikda 

viloyatda  ip-gazlama  ishlab  chiqarish  ko‗rsatkichlari  o‗zgarib  turgan.  2015  yilda 

eng  kam  ip-gazmala  ishlab  chiqarilgan  bo‗lsa,  2014  yilda  eng  ko‗p  ip  gazlama 

ishlab chiqarilgan. 



51 

 

Viloyatda  chulki-paypoq  va  poyabzal  ishlab  chiqarishda  respublikamizda 



o‗z o‗rniga ega viloyat hisoblanadi. Viloyatda 2014-2017 yillarda bu mahsulotlarni 

ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari turli darajada bo‗lgan(67-rasm). 

2014-2017  yillar  mobaynida  eng  ko‘p  chulki  paypoq  ishlab  chiqarish  2016 

yilga  to‘gri  keligan  bo‘lib,  shu  yilda  12,5  mln  juft  chulki-paypoq  ishlab 

chiqarilgan. 2017 yilga kelib chulki paypoq ishlab chiqarish 12,2 mln juftga tushib 

qolgan. 


Poyabzal  ishlab  chiqarishning  eng  yuqori  ko‘rsatkichi  2015  yilga  to‘gri 

kelib,  5,1  mln  juft  poyabzal  ishlab  chiqarilgan  bo‘lsa,    qolgan  yillarda  bu 

ko‘rsatkich ancha past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan. 

7-rasm 


 

 

 



 

 

 



 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish