Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20. 64-guruh talabasi nishonova gulhayo


Lyuminetsent tahlilning tasnifi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana02.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#729599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5249320775906760037

 
2.
Lyuminetsent tahlilning tasnifi
Yerda yorug‘likning asosiy manbalari kuchli cho‘lg‘angan jismlardir. 
Yorug‘likning bunday manbalari issiq manbalar deb ataladi. Ammo yorug‘likning 
issiq manbalaridan tashqari, sovuq manbalari ham bor, ularda energiyaning boshqa 
turlari (masalan, kimyoviy energiya) yorug‘lik energiyasiga aylanadi. 
Sovuq yorug‘lik beruvchi xilma-xil hodisalar Lyuminessensiya deb ataladi.
Lyuminessensiya – lotincha lyumen, ya’ni yorug‘lik so‘zidan olingan. 
Lyuminessensiyani vujudga keltiruvchi sabablar ham turli-tumandir. 
Hashoratlarning (masalan, yaltiroq qurtlar), daraxt chirindilari, chiriyotgan 
go‘sht va hokazolarning shu’lalanishi odamzodga qadimdan ma’lum, bu hodisalar 
sovuq holda shu’lalanishning misoli bo‘la oladi. Bu yerda shu’lalanish kimyoviy 
protsesslar natijasida, asosan, oksidlanish natijasida paydo bo‘ladi. 
Agar uran nitratning sariq kristallaridan ozrog‘ini sandonga qo‘yib, qorong‘i 
joyda bolg‘acha bilan ursak, urilganda chiroyli yashil tusda chaqnashini ko‘ramiz. 
Bunda kristallning sovuq holda yorug‘lik chiqarishiga mexanik ta’sir sabab 
bo‘ladi. Kristallning bolg‘acha urilganda atrofga sachrab ketgan parchalari yana 
bir oz vaqt nur sochib turadi, bu narsa lyuminessensiya hodisasiga juda 
xarakterlidir. 


14 
4-rаsm. Lyuminessensiya hodisasining hosil bo’lishi 
Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi. Yorug‘lik manbai fotoni kristallning 
lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi - sathlar bilan zich to‘lgan 
interval sathlaridan biriga o‘tkazadi. 10
-8
s vaqt ichida lyuminessensiya markazi 
AA sathga o‘tib, energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi ВВ ga 
o‘tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar 
lyuminofor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg‘ongan holatdan
pastroq energiya sathiga o‘tishida o‘rtacha sarflanadigan vaqt lyuminessensiya 
jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish 
to‘xtatilgandan keyin, agar u tez, taxminan sekundning o‘n milliondan bir ulushi
(10
-8
s) da so‘nsa, lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10
-
8
s - uyg‘ongan atomning o‘ziga xos yashash davridir. Agar tashqi elektron 
qobiqning sathlari uyg‘ongan bo‘lsa, odatda, atom asosiy holatga o‘tgunga qadar 
shuncha vaqt (10
-8
s) uyg‘ongan holatda bo‘ladi. 
Lyuminessensiyaning boshqa turi - fosforessensiya – uyg‘onish energiyasi 
manbai uzilgandan so‘ng yorug‘lanishning sekin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu 
holda lyuminessensiya markazlari uyg‘ongandan keyin metastabil holatlarida 
bo‘ladi, bu holatlardan past energiyali holatga o‘tish «ta’qiqlangan» bo‘lib u 10
-8
s qaraganda ancha uzoqroq vaqtda ro‘y beradi. 
Lyuminеssеnt lаmpаlаr cho‘g‘lаnish lаmpаlаriга qаrагаnдааnchа tеjаmli: ulаr 
hаr бir vatt quvvatga chug‘lanish lampasidan bir necha marta ortiq yorug‘lik oqimi 
hosil qiladi. Ularning FIK 20% ga yetadi. Bunday lampaning silindrik ballonidagi 
simob bug‘larida elektr razryadi yuz beradi. Simobning uyg‘ongan atomlari kuchli 
elektromagnit nurlanish oqimlarini chiqaradi. Bunday nurlanishning asosiy 
energiyasi spektrning ultrabinafsha qismida yotadi. Lampa devoriga lyuminofor 
surkalgan bo‘lib, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida turli rangda nurlanadi. 
Lyuminoforlar aralashmasi ultrabinafsha nurlanishni yutib, spektrning 
ko‘rinadigan sohasida nurlaydi va yetarli darajada kunduzgi yorug‘lik spektrini 
hosil qiladi. Elektromagnit nurlanish tomonidan uyg‘otilgan lyuminessensiyaning 
bunday xili fotolyuminesensiya deb ataladi. 


15 
Ingliz fizigi J.Stoks 1852 yildayoq ushbu qoidani kiritgan edi: lyuminofor 
chiqaradigan yorug‘lik to‘lqini uzunligi uyg‘otuvchi yorug‘lik to‘lqini uzunligidan 
katta. Stoks qoidasi yutish polosasining maksimumi lyuminessensiya polosasi 
maksimumiga nisbatan qisqa to‘lqinlar tomonga siljigan bo‘lishini bildiradi. 
5-rasm. Stoks qoidasini tushuntiruvchi chizma 
Stoks topgan bu qonuniyatni kvant mexanikasi tasavvurlari asosida oddiygina 
tushuntirish mumkin. Lyuminessensiya markazi 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish