Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20. 64-guruh talabasi sobirova diyoraxon



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana02.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#729596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5249320775906760035

Ferment elektrodlar 
fermentativ reaksiyalarda qatnashuvchi moddalarning
 
konsentratsiyasini aniqlash 
uchun ishlatiladi. Ferment elektrodga maxsus tashuvchiga yoki sezgir elementga ega 
ferment qavati joylashgan bo‘ladi. Ferment qavati elektrod sirti bilan kovalent 
bog‘lanish asosida ulanadi yoki u polimer to‘riga kiritiladi. Fermentlar asosida 
ishlaydigan ionometriya usulining selektivligi yuqori bo‘lib, u fermentlarning tegishli 
reaksiyalari va turli moddalarga nisbatan selektivligiga bog‘liq. Har bir ferment faqat 
bir xil reaksiya turigagina katalizatorlik qila olgani uchun ferment elektrodlarning 
yaratilishi turli xil biologik jarayonlarni o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. 
Hozirgi vaqtda ayrim hayvonlarning to‘qimalari asosida ferment elektrodlar yaratish 
yo‘lga qo‘yilgan. 
Normal vodorod elektrod (NVE) tarkibida vodorod ionlari bo‘lgan eritma (H2SO4) ga 
tushirilgan sirtiga vodorod gazi singdirilgan platina (Pt) plastinkasidan iborat sistema. 
Bu elektrod sirtida quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi boradi:1/2H2 =H+ + e-. 
Vodorod elektrodning potensiali shartli ravishda istalgan haroratda nolga teng deb 
olingan. Elektrod PH2 

1 atm vodorodbilan to'ldirilib, aH+ = 1 bo'lgan kislotaga 
tushirilganda elektrodining potensiali:E=-0,059pH 
Demak, normal vodorod elektrodning p
otensiali eritmaning pH iga, ya’ni eritmaning 
kislotaliligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Normal vodorod elektrod, asosan, metallarning 
standart oksid- lanish-
qaytarilish potensialini o‘lchashda foydalaniladi. Vodorod 
elektrodning potensiali quyidagi shartlarga rioya qilinganda doimiy bo'ladi: 1 ) juda 
toza vodorod va elektrolit qo‘llanilganda; 2 ) elektrodni eritmaga muayyan 
chuqurlikkacha botirilganda; 3) elektrodga juda oz miqdorda tok berilganda. 


Vodorod elektrodni nitrat, xlorat, permanganat, manganat, temir (III) singari 
oksidlovchilar va qaytaruvchilar bo'lgan, shuningdek to'yinmagan organik birikmalar, 
aminlar, nitrofenollar, alkaloidlar ishtirok etganda ishlatib bo'lmaydi. 
Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi 
hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori 
bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali 
organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan ionlar va ionogen 
birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda 
harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-
chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi 
orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning 
uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-
Kt2+lar ionit membranani tashkil etuvchi birikmalardir. 
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va 
qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Elektrod tarkibiga simob va 
kalomel (Hg2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham 
kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko`ra, elektrod uch xil bo`ladi. 
1. To`yingan kalomel elektrod 

kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan, 
uning elektrod potensiali +0,2488 F(t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik 
darajasi va harorat koeffitsienti ancha yuqori. 
2. Normal kalomel elektrodi 

kaliy xloridning 1N eritmasi bilan to`ldirilgan. Uning 
potensiali +0,2828 V (t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq 
boladi. 


3. Detsinormallik kalomel elektrodi 

0,1N kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldirilgan, 
uning potensiali +0,3365 K(t=25°C).[19] 
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko`p ishlatiladigan elektrod. Bu 
elektrodning potensiali +0,2224 F(t=25°C), uning doimiylik darajasi yuqori, 
elektrodning o`lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. 
Elektrod, ko`pincha kumush va platina simiga elektrolitik cho`ktirilgan kumush yoki 
kumush xlorid asosida tayyorlanadi. 
Bevosita potensiometriya.Bu potensiometriya oksidlanish-qaytarilish potensialini, 
vodorod va boshqa ionlar aktivligini (ionometriya), turli xil fizik-kimyoviy 
konstantalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bevosita potensiometriyada o`lchanadigan 
potensial taqqoslash (E) va indikator (£.) elektrodlari hamda «suyuq birikma» (E) 
potensiallaridan tashkil topadi: 
Ec potensial ikki xil konsentratsiyali suyuqliklar chegarasida har xil zaryadli ionlarning 
(kation va anion) turli tezliklarda tarqalishi tufayli yuzaga keladi. 
Ayrim elektrodlar uchun const indikator elektrodining standart potensialiga teng, 
membranali elektrodlar uchun bu qiymat asimmetriya potensiali bilan belgilanadi. 
Membranani yasashda ichki va tashqi sirtlarning farqli bo`lishi va elektrod sirtining 
mexanik va kimyoviy ta`sirlar natijasida o`zgarishi tufayli asimmetrik potensial yuzaga 
keladi. Asimmetrik potensialning ta`sirini yo`qotish uchun elektrodni doimiy ravishda 
bufer eritma yordamida darajalab turish zarur. 
Ionometriya potensiometrik tahlilning istiqbolli usullaridan biri bo`lib, uning asosiy 
vazifasi turli kation va anionlar uchun selektiv 

qaytar elektrod yaratish, ularni 
qo`llash va o`rganishdan iboratdir. Qadimdan ma`lum bo`lgan pH-metriya 
ionometriyaning bir turidir. Kation va anionlarni aniqlashga qarab, ionometriya usuli 


kationometriya va anionometriyaga bo`linadi. Hozir 100 dan ortiq ion va moddaga 
selektiv bo`lgan elektrodlar mavjud. Sanoat korxonalari ko`plab ionomerlar ishlab 
chiqarmoqda. Ularning qo`llanilish sohalari ham kengayib bormoqda.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish