I BOB.ASOSIY QISM
1.1 Potensiometriya
Potensiometriya usuli o`tgan asrdan ma`lum bo`lsa-da, u Zyorensen pH
haqidagi tushunchani fanga kiritgandan (1909-y.) so`ng tez rivojlanib ketdi.
Potensiometrik analiz bevosita va bilvosita usullarga bo`linadi. Bevosita
potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning
aktivligi elektrod
potensialini aniqlash asosida topiladi. Bu usul ionlarning aktivligini to`g`ridan-to`g`ri
aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. U quyidagi turlarga bo`linadi:
pH-metriya
—
eritmalarning pH qiymati, kislota va asoslarning (protolitlarning)
kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega bo`lgan
kompleks
birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilarni aniqlashga imkon beradi.
Ionometriya
—
pH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida
shakllangan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi vazifasini turli xil
ion selektiv elektrodlar bajaradi.Oksredmetriya
—
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
va oksred juftlarning potensiallarini tekshirishga asoslangan usul bo`lib, uning
yordamida oksred juftlarning standart va real potensiallari, ular yordamida esa turli
xil konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Bevosita potensiometrik usullar
kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyada
qatnashuvchi elektronlar soni, kimyoviy
reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik koeffitsientlari kabilarni aniqlash imkonini
beradi. Bilvosita potensiometriya usuli qisqa tarzda
potensiometrik titrlash deb
yuritilsa-da, aslida titrlashning oxirgi nuqtasini potensiometrik aniqlash deb
qaralmog`i lozim . Potensiometrik titrlash usullari kislota-asosli (protolitometrik),
oksidlanish-qaytarilish (oksredmetrik), komplekslanish va cho`ktirish reaksiyalari
asosida moddalarni aniqlash va tekshirish uchun keng qo`llaniladi.
Shu negizda
moddalarning konsentratsiyasigina emas, balki ularning turli xil konstantalarini ham
aniqlash mumkin.
Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga
ko`ra bir qator afzalliklari mavjud:
1) titrlashdagi subyektiv xatolar deyarli yo`qoladi;
2) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo`ladi;
3) loyqa va rangli eritmalar ham osongina titrlanadi;
4) muayyan sharoit yaratilganda eritmada bo`lgan bir necha modda aralashmasi
tabaqalab titrlanadi;
5) titrlash jarayoni osongina avtomatlashtiriladi.
Titrlashning oxirgi nuqtasi
yaqinidaelektrkimyoviy indikator reaksiyalarining biri ikkinchisi bilan almashinadi,
buning natijasida sistemaning potensiali keskin sakrash bilan o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: