Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Download 2,83 Mb.
bet30/154
Sana26.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#468400
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555

Tuproq taksonomiyasi. Tuproq tipi asossiy taksonmik birlik. Har qanday boshqa tabiiy obyektlar singari, tuproqlarni tizimli ravishda ta’riflash va о‘rganishda tadqiqot kо‘lamiga bog‘liq bо‘lgan u yoki bu obyektni qanday darajada aniqlashga erishishni oldindan belgilash zarur. ,,Tuproq” sо‘ziga yana nimanidir, ya’ni ushbu holatda aynan qanday tuproq ekanligini belgilaydigan qandaydir tushunchani qо‘shish lozim. Tuproq tizimining ushbu vazifasi taksonomik birliklar tizimi yoki bilish (kо‘rib chiqish) darajasi yordamida yechiladi.
,,Taksonomiya” sо‘zi grekcha ,,taxis”tuzilma, tartib yoki lotincha ,,takso”baholayman va ,,nomos”qonun demakdir. Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir obyektlar tizimida sinf, daraja yoki о‘rnini kо‘rsatadigan, ularning batafsillik yoki aniqlik darajasini belgilaydigan, tasniflash yoki tartibga solish birliklaridir. Tuproqshunoslikda taksonomik birliklar – bu tabiatda mavjud tuproq guruhini tasvirlaydigan, ketma-ketlikda bir-biriga teng tobe bо‘lgan (bо‘ysunilgan) tizimli toifalaridir.
Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi tо‘g‘risidagi Dokuchayevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu tuproq tipi va tuproq paydo bо‘lish jarayonining tipi haqidagi ta’limotlarda о‘z rivojini topgan.
Tip – deyarli bir xildagi tuproq paydo bо‘lish jarayonlari kechadigan hamda о‘xshash tabiiy – geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan aniq tuproqlardir. Tuproq tiplarining eng muhim belgilari: 1) tuproqda tо‘planadigan organik moddalar va ular parchalanish, о‘zgarish jarayonlarining deyarli bir xil bо‘lishi; 2) tuproqdagi mineral va organik- mineral moddalar sintezidagi jarayonlarning bir xilligi; 3) moddalar migratsiyasi; 4) tuproq kesmasi tuzilishining bir xilda bо‘lishi hamda 5) tuproq unumdorligini oshirish va saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarning yagona yо‘nalishda olib borilishi kabilar hisoblanadi.
Har bir ekologik – geografik tiplar sinfidagi tuproqlar 4 ta genetik qator (avtomorf, yarimgidromorf, gidromorf, qayir-allyuvial)ga bо‘linadi. Tuproqlarning gidrologiyasiga asoslangan bu qatorlar qishloq xо‘jaligida tuproqlardan samarali foydalanishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Hozirda О‘zbekistonda tuproqlarning 22 tiplari va 59 tipchalari (B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, 1962) ajratilgan. Ularning ba’zilari avvaldan ma’lum va yaxshi о‘rganilgan bо‘lsada, ayrimlari kam tadqiq qilingan. Tuproqlar tizimli tartibida tuproq tipidan quyi (past) bо‘lgan taksonomik birliklar: tipcha, avlod (rod), tur, xil va razryadlar ham ajratiladi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish