Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Download 2,83 Mb.
bet31/154
Sana26.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#468400
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555

Tipcha – tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik bо‘lib, asosiy hamda qо‘shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi. Tipchalarga bо‘layotganda tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning zonal (shimoldan janubga qarab) о‘zgarishi bilan birga fatsial (sharqdan g‘arbga qarab) о‘zgarishi ham e’tiborga olinadi. Masalan, g‘arbdan sharqqa borgan sayin tuproqning issiqlik, suv tartibi keskin о‘zgaradi va bu о‘z navbatida tuproqning agronomik xossalariga ta’sir qiladi hamda ekinlarning turlarini tanlab ekishni va maxsus agrotexnikani qо‘llashni taqozo etadi.
Avlod – tipchalar orasida tuproq guruhlarini о‘ziga birlashtiradi. Tuproqlarning genetik xususiyatlari kо‘plab mahalliy sharoitlarning tuproq paydo bо‘lish jarayonlariga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqlarda shо‘rxoklanish, shо‘rtoblanish va karbonatlanish singari jarayonlarning borishi rо‘y beradi.
Tur – avlodlar orasida ajratiladigan tuproq guruhlari bо‘lib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga kо‘ra ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarida gumus tо‘planishining jadalligi va uning chuqurligi, shо‘rlanish, eroziyalanish darajasi singarilar turlarni belgilovchi kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Demak, tur tuproq paydo bо‘lish jarayonining miqdor jihatlarini aks ettiradi. Masalan, о‘rtacha va kam gumusli oddiy qora tuproq atamasida avlod ifodalangan.
Tuproqning tur xili – tuproqning yuqori qatlamlari va ona jinslarining mexanik tarkibiga kо‘ra ajratiladi.
Tuproq razryadi – tuproq ona jinslarining kelib chiqishi asosida bо‘linadi. Masalan, morena jinslari, allyuvial, flyuviglyatsial va lyossimon jinslar singarilarda hosil bо‘ladigan tuproqlarning har qaysisi alohida razryadlarni tashkil etadi.
2. Tuproq tashxisi
Tuproq tashxisi (diagnostikasi) deganda uni tizimli ravishda aniqlash maqsadida ma’lum qoidalarga asosan tuproqlarni tavsiflash jarayoni, ya’ni avvaldan ma’lum yoki yangi tipga va tegishli yanada kichik (tuban) taksonomik birliklarga kiritish maqsadida tavsif berish tushuniladi.
Hozirgi zamon tuproqlar geografiyasining amaliyotida ba’zi о‘zaro kelishuv (bir-birlariga yon berish) mavjud bо‘lgan bir paytda, ikki xildagi yondoshuvlar yuzaga keldi. Rus genetik tuproqshunoslik maktabida tuproq tashxisi negizida bir nechta yondoshuv mavjud, ulardan eng asosiylari V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari tomonidan ta’riflangan: 1) kesim usuli; 2) majmuali yondoshuv; 3) qiyosiy-geografik usul; 4) genetik yondoshuv.
Tuproq tashxisining kesim usuli V.V.Dokuchayev tomonidan uning tuproqshunoslik sohasidagi eng birinchi ishlarida tavsiya etilgan, qaysiki u har qanday tuproq bir-biri bilan о‘zaro genetik jihatdan bog‘liq bо‘lgan A-Б-С qatlamlardan tashkil topganligini kо‘rsatgan.
Tuproq tashxisining kesim usulida kо‘proq jiddiy masala, tuproq kesimi – bu turli tasodifiy qatlamlarning о‘zini kelib chiqishi bо‘yicha bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan, bir butun (yagona, yaxlit, bо‘linmas), genetik qatlamlarning yaxlit majmuasi ekanligi haqidagi asosiy qoida hisoblanadi. Har qanday tuproqni tо‘liq tavsiflash uchun uning barcha qatlamlarini, ya’ni uning yuzasidan boshlab ona jinsi yoki tagidagi jinslarigacha tadqiq qilish, ta’riflash zarur. Kesma bо‘ylab tuproq xossasining о‘zgarishi, umuman bir-butun tabiiy jism tarzidagi tuproqning xossalari haqida tushuncha beradi.
Tuproq tashxisiga majmuali yondoshuv shundan iboratki, bu tuproq tashxisi majmuali holda tuproqning qator bir-butun tarzdagi tо‘liq qiyofasini kо‘rsatadigan (tabiiy bunda har qaysi belgi va har bir xossa yuqorida keltirilgan tamoyilga binoan, ularning tuproq kesimi bо‘ylab о‘zgarishi sifatida qaraladi) morfologik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, agronomik kabi qator xossalari va belgilarining tahlili va ta’rifiga asosan tuziladi.
Qiyosiy-geografik tahlil tuproq hosil bо‘lish jarayonlarining omillari majmuasida tuproqlar tarqalishining areallari va farqi yoki о‘xshashligini hisobga olgan holda bir tuproqning ikkinchi xili bilan taqqoslash uchun tuproq tashxisida keng qо‘llaniladi. Ushbu majburiy, ammo nazariy jihatdan yetarlicha asoslangan usul, tuproq hosil bо‘lish omillariga, ya’ni tuproq, о‘simliklar, iqlim, nurash qobig‘i va landshaft tiplari о‘rtasidagi mustahkam (uzviy) aloqalarga tayanadi.
Tuproq tashxisidagi qiyosiy-geografik usulni keng qо‘llashga majbur qiladigan ikkinchi holat (jihat) shundan iboratki, qaysiki hozirgi tuproq paydo qiluvchi (,,tuproq –hayot”) tartiblar, har doim ham dalada morfologik kuzatishlar va laboratoriyada analitik tekshirishlarda aniqlanadigan, tuproq belgilarida (,,tuproq xotira”) har doim ham tо‘liq aks etmasligidir. Kо‘pchilik belgilari bо‘yicha bir xildagi, ammo turli tartiblarda joylashgan tuproqlar turlicha tashxislanishi va turli tizimli guruhlarga kiritilishi mumkin.
Tuproqning tipini aniqlash uchun, ya’ni uni qandaydir ma’lum tipga yoki aniqlangan yangi tipga kiritish uchun, quyidagilarni aniqlash zarur:
1) tuproq kesimining tipi va uni tashkil etadigan genetik qatlamlarini aniqlash, ushbu ma’lumotlarni ma’lum tuproq tiplarini tuzilishi bilan taqqoslash;
2) geografik landshaftlar tipini ularning tarixini hisobga olgan holda, ushbu tavsifni landshaftlarning ma’lum tiplari bilan solishtirgan holda aniqlash;
3) ushbu tuproqning geografik areali(joyi)ni ularning tuproq paydo bо‘lish omillari bilan bog‘liq bо‘lgan areallariga monand (о‘laroq) holda aniqlash;
4) ushbu tuproqni shakllantiradigan, asosiy kesma hosil qiluvchi majmualari va elementar tuproq jarayonlarining majmuasini taqqoslash;
5) ushbu tuproqdagi moddalar migratsiyasi va akkumuliyatsiyasi tiplarini aniqlash va uni ma’lum tiplar bilan taqqoslash.
Kо‘rsatilgan beshta о‘lchamlar majmuasi tuproq tipini yetarli darajada ishonchli aniqlash imkonini beradi.
Tuproqlar tashxisi – tasniflashdagi muayyan bо‘limga kiritish imkonini beradigan tuproqlarning alohida belgilari yig‘indisi hisoblanadi.
Tuproqlarni tashxislayotganda birinchi navbatda tuproq tekshirishlarida, tuproq kesimini morfologik jihatdan о‘rganish natijasida olinadigan materiallar va oddiy tahlil asosida oson aniqlanishi mumkin bо‘lgan belgilaridan foydalaniladi. Ammo, ba’zi tuproqlarni aniqlash uchun ancha murakkab tahlillar (singdirilgan asoslar tarkibi, gumus tarkibi, tuproq va uning loyqa tarkibining umumiy tahlili singarilar)ni о‘tkazish lozim bо‘ladi.
Shuningdek, tuproqlar tashxisida tuproqlarning suv – issiqlik tartibini xarakterlovchi materiallardan ham foydalaniladi.
Ekin ekilib, dehqonchilik qilinadigan sharoitda, xossalari ancha о‘zgargan tuproqlarni xarakterlash hamda tashxisida morfogenetik ma’lumotlardan tashqari, kimyoviy va agrofizika tahlillariga doir materiallar ham keng ishlatiladi.
Tuproq kesmasi tuzilishini о‘rganish tuproqlarni mustaqil obyekt sifatida ajratish imkonini beradi.
Tuproq rivojlanishining ekologik sharoitlarini baholash uchun tuproqning suv – issiqlik tartibi xususiyatlari asosida yangi taksonomik birlik, ya’ni toifa (kategoriya) ajratiladi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish