BAJARDI: MUHAMADIYEV MUHAMADJON ABDUVORIS OGLI Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi - 1. Kelib chiqish tabiatiga kora: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik.
- 2. ta’sir xususiyatiga kora: fizikaviy, kimyoviy, biologic, termik va psixofiziologik.
- 3. olib keluvchi oqibatiga kora: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong’in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
- 4. keltiruvchi zarariga kora: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
- 5. kelib chiqish sohasiga kora: turmushga, sportga, yo’l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ifatga oid xavflar.
- 6. insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust ( passiv).
- 7. ta’sir doirasiga kora: local, mahalliy, milliy, global.
- 8. ta;sir etish tezligiga kora: tasodifiy, shiddatli, motadil va ravon.
Xavflarning taksonomiyasi. taksonomiya – murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo’yicha joylashtirish degan ma’noni anglatadi. - Geologik o’zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer kochishi, vulqon otilishi, tog’larning yemirilishi va boshqalar;
- Gidrometerologik o’zgarish oqibati yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog’ingarchiliklar, tabiiy yong’in, qurg’oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chalishi, do’l yog’ishi va hokazolar;
- Epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy olim, parranda, cho’chqa griplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog’ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar;
Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchlar kiritiladi: gomosfera va texnosfera. Gomosfera – insonning faoliyat jarayonida uning turgan orni tushuniladi. Masalan; ishlovchining obeyktdagi, se[dagi, bo’limdagi joyi. Texnosfera – ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan; ishchining toker yoki freezer dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining ish joyi tushuniladi. Faoliyat xavfsizligi ta’minlash tamoillari, uslublari. Masalan, yongin xavfida: yong’inning boshlang’ich fazasida ochirish mumkin bo’lsa, asosiy yong’in fazasida o’cherish imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o’zagini tashkil etadi, u inson faoliyatini holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham havflarni bartaraf qilish imkoniyati bolmaydi. Xavfsizlikni ta’minlashning 3 uslubi mavjud: 1. Gomosfera bilan texnosferani bir biridan vaqt yoki joy jihatdan uzoqlashtirish usuli, bu usulda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qollash va boshqa boshqaruv tizimalari orqali amalga oshiriladi. - 3. ish joylaridagi ishlovchilarni himoya vositalari yordamida himoyalshga asoslangan. Buni texnosfera xarakteristikalarini o’zgartirish uchun har xil himoya vositalari qollaniladi.
- 2. xavfsiz qoidalarni qollab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish muhiti) ni normallashtirish hamda texnosfera xarakterisdtikalarini inson xarakteristikalarini xarakteristikalarga moslashtirish asoslangan.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari. Texnosferada ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun turli maqsadli himoya vositalari qurilmalari qollaniladi. Himoya vositalari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qollaniladi. Himoya vositalari qo’llanish xarakatlariga qarab: jamoa himoya vositalari (jhv) va shahsiy himoya vositalariga (shhv) bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |