Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


OQINDI SUVLARNING SUV HAVZALARI VA DARYOLAR SUV



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

OQINDI SUVLARNING SUV HAVZALARI VA DARYOLAR SUV 
OQIMLARIGA TA’SIRI 
Tabiny  suv  havzalari  va  daryolar  biotsenoz  -  tirik  organizmlar  (hayvon  va 
o‘simliklar)  dunyosi  -  istiqomat  qilishi  va  mavjudligi  uchun  zarur  bo‘lgan 
murakkab ekologik tizimlar (ekotizimlar)dir. Bu tizimlar tirik mavjudotlarning 
ko‘plab  ming  yillik  evolyusiyasi  davomida  tashkil  topgan.  Suv  havzalari 
nafakat  suv  yig‘iladigan  va  saqlanadigan,  suvlar  tarkibi  va  sifatini  o‘rtacha 
holatga keltiruachi g‘arbiiy omborlar, balki aralashmalar tarkibini o‘zgartirish 
bo‘yicha  uzluksiz  jarayonlar  -  muvozanatga  keltirish  jarayonlari  kechuvchi 
noyob  tizimlar  hamdir.  Ana  shu  muvozanat,  inson  faoliyati,  xususan  oqindi 
suvlarning tashlanishi natijasida buzilishi mumkin. 
Suv  havzalarida  yashovchi  tirik  organizmlar  (gidrobiontlar)  yashash 
sharoitlari, 
birinchi 
navbatda, 
oziqlanish 
resurslari 
orqali 
uzviy 
bog‘langanlar.  Suv  havzalari  o‘zini-o‘zi  tozalashlarida  gidrobiontlarning 
to‘tgan  o‘rni  beqiyos.  Gidrobiontlarning  bir  qismi  (odatda,  o‘simliklar) 
atrof-muhitda  mavjud  bo‘lgan  CO
2
,  NN
3
  kabi  noorganik  birikmalardan 
foydalangan holda organik moddalar sintezini amalga oshiradilar 
Boshqa  gidrobiontlar  (odatda,  hayvonlar)  tayyor  organik  moddalarni 
o‘zlashtiradilar.  Suv  o‘tlari  ham  organik  moddalarni  minerallashtiradilar  va 
fotosintez  jarayonida  kislorod  ajratib  chiqaradilar.  Kislorodning  aksariyat 
qismi aeratsiya yo‘li bilan suv havzasiga tushadi. 
Mikroorganizmlar  (bakteriyalar)  kislorod  bilan  oksidlanayotgani  organika 
minerallashuvini jadallashtiradi. 
Ekotizim  muvozanatining,  misol  uchun,  oqindi  suvlar  oqizilishi  tufayli 
buzilishi  muayyan  turdagi  gidrobiontlarning  halokatiga  olib  kelishi  mumkin, 
bu  esa,  o‘z  navbatida,  umumiy  biotsenozda  zanjirli  reaksiyaga  sabab  bo‘ladi. 
Muvozanatning buzilishi suv havzasini optimal holatga qaytaruvchi, ya’ni suv 


93 
 
havzasidagi o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlarini jadallashtiradi. 
Ushbu 
jarayonlarning 
eng 
asosiylari, 
bu: 
dag‘al 
dispersiya 
aralashmalarning  cho‘kishi  va  kolloid  aralashmalarning  koagulyasiyasi; 
organik aralashmalarning oksidlanishi; kislorodning mineral aralashmalarining 
oksidlanishi: suv havzasidagi suvning buferligi (ishqorliligi) hisobiga suvning 
pH ko‘rsatkichini o‘zgartiruvchi kislota va asoslarning neytrallashuvi; yomon 
eriydigan gidrooksidlar  hosil qiluvchi va ularni suvdan ajratib beruvchi og‘ir 
metalllar  ionlarining  gidrolizi;  suvda  karbonat  kislota  muvozanatini  barqaror 
topishi,  bunda  qattiq  faza  (SaSO)  ajralib  chiqadi  yoki  uning  bir  qismi  suvga 
o‘tadi. 
Suv  havzalarida  kechadigan  o‘zini-o‘zi  tozalash  jarayonlari  ulardagi 
gidrobiologik  va  gidrokimyoviy  vaziyatlarga  bog‘liq.  Suv  havzalariga  ta’sir 
ko‘rsatuvchi  omillarning  asosiylari  -  suv  harorati,  aralashmalarning 
minerologik  tarkibi,  kislorod  konsentratsiyasi,  suvning  pH  ko‘rsatkichi,  suv 
havzalarida o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlar kechishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki 
bu jarayonlarni sekinlashgiruvchi zararli aralashmalar koitsentratsiyasi. 
Gidrobiontlar uchun rN=6,5±8,5 ko‘rsatkichi eng maqbul hisoblanadi. 
Harorat  suv  havzasidagi  biotsenozga  juda  kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Suv 
harorati,  bir  tomondan,  kimyoviy  reaksiyalar  kechishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir  ko‘rsatadi,  ikkinchi  tomondan  esa  kislorod  etishmovchiligini  bartaraf 
qilishni  tezlashtiradi.  Harorat  ko‘tarilganida  gidrobiontlarning  ko‘payish 
jarayoni jadallashadi.   
Tirik  organnzmlarning  toksiklikka  ta’sirchanligi  harorat:  ko‘tarilganida, 
odatda  ortadi.  Harorat  30°S  gacha  ko‘tarilgani  1  da  suv  o‘tlarining  o‘sishi 
to‘xtaydi,  faunaga  shikast  yetkaziladi

baliqlar  kamxarakatchan  va 
oziqlanmayditan  bo‘lib  qoladi.  Undan  tashqari,  harorat  ko‘tarilganida  suvda 
kislorodning erishi kamayadi. 
Isitilgan  suvlarning  suv  havzasiga  oqizilishida  haroratning  keskin 
o‘zgarishi baliqlar nobud bo‘lishiga olib  keladi va baliq xo‘jaligi uchun o‘ta 


94 
 
xavfli hisoblanadi. Harorati daryo suvidagidan 6-9°S ga yuqori bo‘lgan oqindi 
suvlarning salbiy ta’siri, xatto, yozdagi +25° S haroratga moslashgan baliqlar 
uchun ham xalokatli bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik  ichimlik  va  madaniy-maishiy  maqsadlar  uchun  foydalaniladigan 
suv 
havzasining 
hisoblangan 
darvozasidagi 
isitilgan 
oqindi 
suvlar 
oqizilganidan  keyingi  o‘rtacha  oylik  harorat,  tabiiy  suvlarning  yilning  eng 
issiq  oyidagi  haroragidan  3°  S  dan  oshmasligi  kerak.  Baliqchilikka 
ixtisoslashgan  suv  havzalarining  hisoblangan  darvozalaridagi  harorat,  yozda, 
suv chiqariluvchi joydagi tabiiy suvlar haroratidan  5°S ga oshmasligi lozim. 
Baliq  boqiladigan  suv  havzalarning  hisoblangan  darvozalaridagi  yozning  eng 
issiq oylari uchun o‘rtacha harorat  28°S dan, sovuq-suvda istiqomat qiluvchi 
baliqlari (losos va sig) bo‘lgan suv havzalari uchun esa  20° S dan oshmasligi 
kerak. 
Suv  havzasidagi  zararli  moddalarning  joiz  chegaradagi  konsentratsiyasi 
(JCHK),  bu  uzok  muddat  davomida  odam  organizmiga  har  kuni  ta’sir  etib, 
tadqiqotlarning  zamonaviy  usullari  yordamida  organizmda  aniqlanuvchi 
biron-bir  patologik  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishiga  va  kasalliklar  kelib 
chiqishiga,  shuningdek  suv    havzasidagi  optimum  buzilishiga  sabab 
bo‘lmaydigan konsegratsiyadir. 
 
Energetika  uchun  xos  bo‘lgan  ba’zi  moddalarping  JCHK  keltirilgan. 
Quyida  IES  oqindi  suvlarida  mavjud  bo‘lgan  ayrim  birikmalarning  suv 
havzalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish