Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


agregatlarni sovitishda, suvning eng zararli xossalari,  ya’ni uning



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

 
agregatlarni sovitishda, suvning eng zararli xossalari,  ya’ni uning
 
qattiqligi va 
agressivligiga  e’tibor  qartiladi.  Qishloq  xo‘jaligi  va  chorvachilikda 
foydalaniladigan  suvlarning  sifatiga,  xususan,  suv  rangi  va  xiliga  bo‘lgan 
talablar ichimlik
 
suviga qo‘yilgan talablarga nisbatan ma’lum darajada pastroq 
hisoblanadi.  Suvdan  foydalanish  va  uni  iste’mol  qilish  joylarida  suvning 
tarkibi  va  xossalariga  qo‘yilgan  umumiy  talablar  uning  mineralizatsiyasi, 
begona (muallaq)  moddalar  konsentratsiyasi

erigan kislorod  miqdori va unga 
bo‘lgan  biokyovmiy  extiyoj  (BKE),  vodorod  ko‘rsatkichi  (pH),  rangi,  xidi, 
harorati, kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar va zaharli hamda radioaktiv 
moddalar bo‘yicha me’erlarni balgilaydi. 
Suv  sifatining  gidrokimyoviy  nuqtai  nazarda  baholanishi,  odatda, 
qattiqlik, agressivlik, organik moddalar, biogen birikmalar va zararli moddalar 
miqdori kabi asosiy ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Suvning sifati suv tarkibidagi 


78 
 
organik  va  toksik  moddalar  miqdoriga  bog‘liq  bo‘lgan  gidrobiontlarning 
ko‘rsatkichlari  va  tarkibiy  turlari  kabi  gidrobiologik  omillar  asosida  ham 
baxolanishi mumkin. 
7.  Ifloslanishda  tabiiy  suvlarga  mineral  va  organik  moddalar, 
shuningdek  turli  tirik  organizmlar  qo‘shiladi  (biologik  va  bakterial 
ifloslanish).  Tabiiy  suvlarning  ifloslanish  darajasi  vaqt  va  hudud  bo‘yicha 
doimiy  bo‘lmaydi.  Ifloslanish  darajasi  atmosfera  yog‘ini,  qor  va  muz  erishi, 
suv yig‘iladigan joyning yuqori qismidan yoki suv havzasining ifloslanmagan 
akvatoriyasidan  kelib  qo‘shiluvchi  yangi  toza  suvlar  hisobiga,  shuningdek, 
suv  o‘zini-o‘zi  tozalash  jarayonida  kamayishi  mumkin.  O‘z-o‘zini  tozalash 
jarayoni  ifloslantiruvchi  moddalar  konsentratsiyasi  daryo  yoki  su v 
havzasining  o‘zini  o‘zi  tozalash  imkoniyatlarini  cheklab  qo‘yuvchi  darajaga 
etmagan holatlaridagina amalga oshadi. 
Suv  oqimlari  va  havzalariga  kam  miqdorda  yangi  toza  suvlarning 
qo‘shilishi  oqimdagi  suv  kam  fazalarda  kuzatiladi,  bu  vaqtda  daryo  va 
ko‘llariga  suv  qo‘shilishi  faqat  erostp  suvlari  hisobiga  amalga  oshiriladi. 
Shuning  uchun  ham,  ifloslantiruvchi  moddalarning  eng  katta  miqdori  suv 
satxi  pasaygan  vaqtga  to‘g‘ri  keladi  va  shu  davr  davomida,  ayniqsa,  qish 
faslida, aralashish hamda o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlari juda sust kechadi. 
8.  Vodorod  ionlari  konsentratsiyasi  (pH)  -  suv  sifatinining  eng  asosiy 
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Tabiiy  suvlarda  kimyoviy  va  biologik  jarayonlarning  kechishi,  suv 
o‘simliklari faoliyati, elementlar  migratsiyasi turli shakllarining barqarorligi, 
suv  ta’sirining  metall  va  betonga  nisbatan  agressivligi  pH  ko‘rsatkichiga 
bog‘liq. 
Oksidlanish-qayta  tiklanish  potensiali  (Eh)  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  suv 
havzasining  kimyoviy-biologik  holati  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish  mumkin. 
Mikroorganizmlarning  faoliyati,  tabiiy 
suvlardagi  organik 
moddalar 
transformatsiyasining yo‘nalishi va usullari aynan shu ko‘rsatkichga bog‘liq. 


79 
 
Yuza  suvlarning  yuzasida  doimiy  ravishda  kislorod  bo‘ladi.  Uning 
rejimi  ko‘p  jihatdan  suv  havzalaridagi  kimyoviy-biologik  holat  bilan 
shartlanadi. 
Suv  tarkibidagi  kislorod  miqdori  suv  yuzasining  ochiq  maydoniga,  suv 
oqimi  tezligi  va  suv  massalarining  turbulent  aralashuviga,  suv  haroratiga, 
shuningdek  biokimyoviy  va  boshqa  omillarga  bog‘liq.  Suv  satxi  eng  past 
bo‘lgan  davrda  yuqorida  sanab  o‘tilgan  omillarning  aksariyati  eng  kichik 
ko‘rsatkichga  ega  bo‘ladi  va  suv  tarkibida  kislorod  miqdori,  ayniqsa,  qish 
faslida  kamayib  ketishiga  sabab  bo‘ladi.  Suv  sathi  pasaygan  davr  qanchalik 
uzoq  davom  etsa,  kislorod  etishmasligi  shunchalik  ko‘p  seziladi.  Shuning 
uchun ham, aynan shu davrda xalq xo‘jaligida foydalaniladigan suv havzalari 
va  daryolardagi  suv  sifatiga  alohida  e’tibor  qaratilishi  kerak.  Suvda  kislorod 
miqdorining  kamayishi  suvda  yashovchi  organizmlar  toksik  moddalar 
ta’siriga  nisbatan  qarshilik  ko‘rsatish  va  suvning  o‘zini-o‘zi  tozalash 
qobiliyatini susaytiradi. 
Suvda erigan kislorodning iste’mol qilinishi organik va ayrim noorganik 
moddalar  (Fe
2
+  Mn
2
+
,  NH
4
+  NO
2
+  SN
4
,  N
2
  va  boshq.)  oksidlanishining 
kimyoviy  va  biokimyoviy  jarayonlari,  shuningdek,  suv  organizmlari  nafas 
olishi  bilan  bog‘liq.  Kislorod  iste’mol  qilinishining  tezligi  suv  harorati 
ko‘tarilishi,  kimyoviy  va  biokimyoviy  tarzda  oksidlanuvchi  bakteriya  va 
boshqa  suv  organizmlari  miqdorining  ko‘payishiga  to‘g‘ri  proporsionaldir. 
Kislorod  konsentratsiyasi  oksidlanish-tiklanish  potensial  va  ko‘p  jihatdan 
organik  hamda  noorganik  birikmalarning  kimyoviy  va  biokimyoviy 
oksidlanishi yo‘nalishi va tezligini belgilab beradi. 
Kislorodga  kimyoviy  extiyoj  (KKE)  yoki  bixromat  oksidlatish  suv 
namunasida  mavjud  va  kuchli  oksidlovchilar  yordamida  oksidlana  oladigan 
organik moddalar miqdorini belgilash imkoniyatini beradi va ushbu namunada 
tarkibidagi  barcha  organik  moddalar  oksidlanishi  uchun  sarflangan 
kislorodning  mg/dm
3
  birligi  bilan  ifodalanadi.  KKE  (XPK)  -  sanoat  oqindi 


80 
 
suvlari ifloslanganlikning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Kislorodga  biokimyoviy  extiej  (KBE)  -  aerob  mikroorganizmlar 
yordamida  to‘liq  biokimyoviy  oksidlanishi  uchun  sarflangan  kislorodning 
mg/dm
3
  da  berilgan  miqdori  (bunda  nitrifikatsiya  uchun  sarflangan  kislorod 
miqdori hisobga olinmaydi). KBE (BPK)  — oqindi suvlar ifloslanganligining 
asosiy  ko‘rsatkichi.  Amaliyotda  5  sutka  davomida  kislorodning  qisman 
iste’moli  -  BPK
5
  -  aniklanadi.  Ifloslanish  jihatlarini  batafsil  o‘rganish  va 
biologik  tozalash  inshootlarida  organik  moddalar  oksidlanish  tezligini 
belgilash maqsadida BPK
20
 aniqlanadi. 
Suv  iste’molchilarining  (kommunal-maishiy,  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi) 
aksariyati 
uchun 
asosiy 
ko‘rsatkichlardan 
biri-suvning 
tabiiy 
mineralizatsiyasi.  Bu  ko‘rsatkich  daryodagi  bevosita  suv  sarfiga  va  suv 
oqimining  suv  rejimiga  bog‘liq.  Suv  sarfining  kamayishi  oqibatida 
mineralizatsiya darajasining keskin ortishi kuzatiladi va  daryo oqimi minimal 
bo‘lganida  mineralizatsiya  maksimal  ko‘rsatkichga  ega  bo‘ladi.  Bu  hol, 
ayniqsa,  darslarning  yengil  eruvchi  gidrokarbonat  jinslar  orasida  joylashgan 
suv yetkazib beruvchi gorizontlar vositasida ta’minlanishida yaqqol namoyon 
bo‘ladi.  Shuning  uchun,  chuqurlikda  joylashgan  suv  yetkazib  beruvchi 
gorizontlardan  olinadigan  suvlarning  daryo  suv  oqimidagi  ulushi  qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, daryoning  mineralizitsiya darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Uning  minimal  ko‘rsatkichi  ortiqcha  namlik  mavjud  zonalarda,  maksimal 
darajasi  esa-namlik  kam  zonalarda  kuzatiladi.  Suv  yetkazib  beruvchi 
gorizontlarning  joylashish  chuqurligi  va  o‘zanlaridagi  erozion  kirishi  ham 
aynan  shu  yo‘nalishda  ortib  boraveradi,  shu  bilan  birga,  erosti  suvlarining 
mineralizatsiyasi ham ortib boradi. 
Suvning  kimyoviy  tarkibida  ham  shunga  o‘xshash  holat  kuzatiladi.  600 
mg/dm
3
  gacha  bo‘lgan  mineralizatsiya  zonasida  NSO
3
  anionlari  va  Sa

kationlari  ko‘p  miqdorda  bo‘lsa,  mineralizatsiya  darajasi  yuqori  bo‘lgan 
zonalarda NSO
3
, anionlari SO
4
2-
 va Sl anionlariga o‘zgaradi, Sa
+
kationlari esa, 


81 
 
Na
+
Mg
2
+
 nionlariga almashadi. 
9.Suvning  mineralizatsiyasi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  qishloq  xo‘jaligi 
ekinlarini  sug‘orish  uchun  juda  muhmdir.  Odatda,  agar  tarkibidagi  erigan 
tuzlar  miqdori  1000  mg/dm
3
  dan  oshmasa,  suv  sug‘orish  uchun  yarokli 
hisoblanadi.  Lekin,  janubiy  hududlarda,  namgarchilik  kam  bo‘lgani  sababli, 
bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘ladi, shuning uchun ham, suv sathi pasaygan, 
ayni  suv  sathi  pasaygan  davrda  sug‘orishga  bo‘lgan  extiyoj  katta  bo‘lgan 
pallada ekinlarni sug‘orishda muammolar yuzaga keladi. 
Sug‘orishdan  keyingi  qaytarma  suvlarda  tuproqdan  yuvilib  olinadigan  tuz 
va  zaharli  kimyoviy  moddalar  miqdori  keskin  ortadi.  Ayrim  sug‘orish 
tizimlarida 
kollektor-drenaj 
suvlarining 
mineralizatsiyasi 
tabiiy 
mineralizatsiya  darajasidan  5-10  marotabaga  oshib  ketadi.  Shu  sababdan, 
intensiv sugoriladigan hududlardagi daryo suvlarining mineralizatsiya darajasi 
doimiy ravishda ko‘payib boradi. 
10.Suvdan 
ichimlik, 
sanoat 
va 
xo‘jalik-maishiy 
maqsadlarda 
foydalanilganida  uning  Sa
2
+
  va  Mg
2
+  miqdori  bilan  o‘lchanadigan  va  mg-
ekv/l  da  ifodalaiuvchi  qattiqlik  darajasi  katta  ahamiyatga  ega.  Suvning 
umumiy  qattiqligi  bartaraf  qilinuvchi  (qaynatish  yordamida)  va  doimiy 
qattiqliklaridan  iborat.  Doimiy  qattiqlik,  o‘z  navbatida,  qoldiq  va  bartaraf 
qilinmaydigan  qattiqlarga  bo‘linadi.  Agar  umumiy  qattiqlik  3  mg-ekv/dm
3
 
gacha bo‘lsa u holda bu suv shartli ravishda yumshoq, 9 mg-ekv/dm
1
 dan ortib 
ketsa qattiq, 9 mg-ekv/dm
3
 dan ortib ketsa - amaliyotda qo‘llanila olmaydigan 
o‘ta  qattiq  hisoblanadi.  Umumiy  qattiqlikdan  tashqari,  bartarf  qilinadigan  va 
doimiy  qattiqlik,  ularning  o‘zaro  nisbati  ham  ahamiyatlidir.  Odatda, 
mineralizatsiya darajasi ortganda, umumiy qattiqlik ham ortadi. 
Daryo  suvlari  yuza  manbalar  orqali  taminlanganida  suvning  umumiy 
qattiqligi  ancha  kamayadi.  Shuning  uchun  ham,  suv  satxi  minimal  bo‘lgan 
davrda  daryodagi  suvlarning  qattiqligi  maksimal  darajada  bo‘ladi.  Suv 
toshgan  davrdagi  suvning  qattiqligi  satx  pasaygan  davrdagidan  3-4  marta 


82 
 
kamayib ketadi. 
Kalsiy  ionlari,  asosan,  kam  minerallashgan  va  gidrokarbonat  toifasiga 
mansub  suvlarda  ko‘p  miqdorda  kuzatiladi.  Kalsiy  miqdori  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar  tabiiy  suvlar  kelib  chiqishi,  ularning  kimyoviy  tarkibining 
shakllanishi  masalalari  va  karbonat-kalsiy  muvozanatini  o‘rganish  uchun 
muhim hisoblanadi. 
Magniy suvga achchiq, taxir ta’m beradi, shu sababdan ichimlik suvlardagi 
magniy miqdori cheklanishi lozim. Magniy, xuddi kalsiy kabi suv qattiqligini 
belgilagani  uchun,  bug‘  qurilmalarida  undan  foydalanishga  nisbatan  kat’iy 
talablar  joriy  yetilgan  -  karbonatlar,  sulfatlar  va  bir  qator  boshqa  anionlar 
mavjud  bo‘lgan  holatlarda,  aynan,  magniy  tufayli  o‘ta  mustaxkam 
qasmoq hosil bo‘ladi. 
Magniy  miqdori  haqidagi  ma’lumotlar  tabiiy  suvlar  kelib  chiqishi, 
ularning  kimyoviy  tarkibining  shakllanishini  o‘rganish  bilan  bog‘liq 
masalalarni hal qilishda muhm ahamiyatga ega. 
11.  Natriy  va  kaliy  tabiiy  suvlarning  eng  asosiy  kimyoviy  komponentlari 
hisoblanadi.  Tabiiy  suvlar  tarkibidagi  natriy  va  kaliy  miqdorini  o‘rganish, 
nafaqat  geokimyoviy  ahamiyatga,  balki  xalq  xo‘jaligida  tabiiy  suvlardan 
foydalanish  va  muhofaza  qilish  bo‘yicha  ilmiy  nuktai  nazarda  asoslangan 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ham o‘ta  muhm hisoblanadi. Masalan, 
ushbu  elementlarning  konsentratsiyalari  va  rejimiga  asoslanib,   ularning 
umumiy  konsentratsiyalarini  aniqlash  mumkin.  Bu  ko‘rsatkich  esa,  o‘z 
navbatida,  daryolar  ifloslanganligini  o‘rganish,  suvlardan  sug‘orish,  sanoat 
texnologik  jarayonlarida  foydalanish  masalalarini  hal  qilishda  o‘ta  muhm 
ahamiyatga ega. 
12. 
Yuza 
suvlarining 
aksariyatida 
sulfatlar 
mavjud. 
Ularning 
katta  miqdori  suv  havzalariga  organizmlar  ulishi  va  er  usti  hamda  suvdagi, 
shu  jumladan  erosti  suvlaridagi  moddalar  oksidlanishi  jarayonida  qo‘shiladi. 
Suv  havzalariga  sulfatlar,  shuningdek,  to‘qimachilik,  oyna,  qog‘oz,  sovun 


83 
 
ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va dalalarning oqindi suvlari bilan birga 
tushadi.  Suv  tarkibida  sulfatlar  miqdori  haqidagi  ma’lumotlar  suvlarni  kelib 
chiqishi,  ularni  ichimlik  suvi  sifatida,  ekinlarni  sug‘orish,  gidrotexnik 
inshootlarni qurishda qo‘llanilishini baholashda juda muhm. 
13. 
Xloridlar, 
asosan,  mineralizatsiya  darajasi  yuqori  bo‘lgan 
suvlarda  ko‘p  miqdorda  uchraydi.  Xloridlar  miqdori  ortganida,  suvning  ta’mi 
yomonlashadi,  ichimlik  suvi  sifatida  va  ko‘pgina  texnikaviy  va  xo‘jalik 
maqsadlar  uchun  yaroqsiz  bo‘ladi.  Suvlardagi  xloridlar  miqdori  haqidagi 
ma’lumotlar  suvning  tabiatdagi  aylanishlari  va  tuz  yig‘ilishi  masalalarini 
o‘rganish uchun zarur. 
Sanoat-xo‘jalik  maqsadlarda suvdan  foydalanishda suv tarkibidagi biogen 
birikmalarning  to‘tgan  o‘rni  ahamiyatli

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish