Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

SUVNING AYLANMA XARAKATI. 
 
Suvning tabiatda aylanishi nima? Men bunga onsongina javob bera olaman - bu 
barcha yerdagi "men"! Suvning tabiatdagi aylanishi shu bilan birga gidrologik doira 
sifatida  ham  ko‘pchilikka  tanish,  u  suvning  yer  ichida,  ustida  va  osmondagi 
xarakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv har doim xarakatda va har doim 
o‘z  shaklini  o‘zgartirib  turadi,  suyuq  holatdan  gaz  holatiga,  undan  muzga  va 
boshlang‘ich  holatga  qaytadi.  Suvning  tabiatdagi  aylanishi  milliardlab  yillar 
davomida  mavjud bo‘lgan va Yerdagi barcha hayot unga bog‘liq, yerda usiz hayot 
mavjud bo‘lmasdi. 
Suvning  aylanishi  boshlang‘ich  nuqtaga  ega  emas,  lekin  o‘rganish  uchun 
boshlangich  nuqta  deb  okeanni  olish  maqsadga  muvofiqdir.  Suvning  tabiatdagi 
aylanishini  xarakatga  keltiruvchi  quyosh  okeandagi  suvni  isitadi.  Bunda  ma’lum 
qism  suv  havoga  gaz  holida  bug‘lanadi.  Bug‘lanish  shu  bilan  birga  ko‘llarda  va 
daryolarda  ham  yuz  beradi.  Quruqlikda  o‘simliklardan  va  turpoqdan  katta  hajmda 
suv  parlanishi  yuz  berib,  o‘z  navbatida  havodagi  suv  bug‘lariga  kelib  qo‘shiladi. 
Atmosferadagi ma’lum kichik hajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz 
va  qor  erish  fazasini  mutloq  chetlab  o‘tib  gaz  holatiga  bug‘lanadi.  Havo  oqimlari 
bug‘(gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib chiqadiki, u erdagi sovuq harorat 
uni bulutlarga aylanishiga sabab bo‘ladi. 
Havo  oqimlari  bulutlarni  er  yuzi  bo‘ylab  xarakatlantiradi  va  bulut  parchalari 
birlashib,  o‘sadi va  yomg‘ir  sifatida osmondan  qaytib  tushadi. Ba’zi  yog‘inlar  qor 
sifatida  yerga  tushadi  va  muz  parchalari  va  muzliklar  sifatida  to‘planishi  mumkin. 
Qor  issiq  o‘lkalardja    bahor  kelishi  bilan  erishni  boshlaydi.  Yog‘inlarning  asosiy 
qismi  okeanlarga  tushgani  holda,  ma’lum  qismi  yerning  ustiga  tushadi,  bu  yerda 
gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi bo‘ylab oqadi. 
Ba’zi er yuzasi bo‘ylab okuvchi suv daryolarga kelib qo‘shiladi va okean tomon 


17 
 
oqib boradi, ba’zilari chuchuk suv sifatada ko‘l va daryolarda to‘planadi. Barcha suv 
yer  yuzasi  bo‘ylab  oqmaydi.  Suvning  ko‘pkina  qismi  tuproqga  so‘riladi 
(infiltratsiya).  Ba’zi  suvlar  tuproqning  chuqur  qatlamiga  infiltratsiyalanadi  va  yer 
osti suv qatlamini to‘ldiradi, u yerda toza, katta hajmdagi yer osti suvlari uzoq vaqt 
davomida saqlanadi.  
Ba’zi  yer  osti  suvlari  yer  yuziga  yaqin  joylashgan  bo‘lib  va  yer  usti  suvlariga 
oqib  chiqishi  mumkin,  kishilar  yer  yuzasiga  yaqin  bo‘lgan  suv  havzalarini  qidirib 
topib,  yangi  chuchuk  suv  quduqlarini  yaratishadi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  suv 
xarakatlanishni  davom  ettirar  ekan,  suv  okeanga  qaytib  suvning  tabiatdagi 
aylanishini "yakunlaydi"  va qaytadigan boshlanadi. 
Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari 
AQSH Geologik kuzatish markazi suvning tabiatdagi aylanishini 16 bosqichga 
ajratgan 
Okeanlarda suvning to‘planishi. 
Bug‘lanish. 
 Evapotranspiratsiya  
Sublimatsiya 
Suvning atmosferadagi holati 
Kondensatsiya 
Yog‘ingarchilik 
Suvning muz va qkor shaklida saqlanishi  
Qorlarning erib oqimlarga aylanishi Suvning er sirti bo‘ylab oqimi Suvning 
o‘zandagi oqimi  
Chuchuk suv to‘planishi  
Infiltratsiya 
Yer osti suvlarining to‘planishi 
Yer osti suvlarining qayta yer ustiga chiqishi 
Buloq 
Jahon bo‘ylab suv taqsimlanishi 


18 
 
Qancha suv yer ustida (va ostida) mavjudligini va qayerda joylashganini aniqlash. 
Okeandagi suvlar 
Okean suvning “ombori” 
Picture  of  an  ocean.  Tabiatdagi  aylanayotgan  suv  miqdori  okeanda  mavjud 
bo‘lgan  suv  hajmidan  kam  bo‘lib,  okean  suv  uchun  ombor  hisoblanadi.  Umuman 
olganda dunyo bo‘ylab 1.386.000.000 km. kub suv miqdori mavjud bo‘lib, shundan 
1.338.000.000  km.  kub  suv  okeanlarda  to‘plangan.  Bu  96.5%ga  to‘g‘ri  keladi. 
Tabiatda  suv  aylanish  jarayonidagi  bug‘lanish  bosqichida  okeanlar  muhm 
ahamiyatga ega bo‘lib, ular umumiy bug‘lanishning 90%ni ta’minlab berishadi. 
Sovuqroq  iqlim davrida katta muzliklar yuzaga kelishi ko‘payadi, tabiatdagi 
suv aylanish bosqichlarga qaraganda umumiy suv hajmi muzliklarda to‘planadi va 
boshqa  bosqichlardagi  suv  hajmini  kamaytiradi.  Buning  aksi  issiq  iqlim  davrida 
kuzatiladi.  Oxirgi  muzlik  davrida  muzliklar  Yer  yuzining  uchdan  bir  qismini 
qoplagan  va  okeanlar  hozirgi  kundagiga  qaraganda  122  metr  pastroq  bo‘lgan. 
Taxminan  uch  million  yil  avval,    Yer  yuzi  issiqroq  bo‘lib,  okeanlar  50  metrcha 
baland bo‘lgan. 
Okeanlardagi xarakat 
Okeanlarda oqimlar mavjud bo‘lib, ular katta xajmdagi suvni dunyo bo‘ylab 
xarakatlantiradi.  Bu  xarakatlar  tabiatdagi  suv  aylanishiga  va  ob-havoga  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Golfstrim  Atlantika  Okeanidagi  mashxur  issiq  suv  oqimlaridan  biri,  u 
Meksika  bo‘g‘ozidan  boshlanib  Atlantika  Okeani  orqali  Buyuk  Britaniyagacha 
boradi.  Golfstrimda  kuniga  97  kilometr  tezligida  oqib,  Yer  yuzidagi  barcha 
daryolardagi suv hajmidan yuz martta ko‘proq suv oqadi. Issiq hududlardan kelib, u 
Shimoliy Atlantikaga issiq suvni olib keladi, bu o‘z o‘rnida Angliyaning g‘arb qismi 
va shunga o‘xshash boshqa hududlar iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Bug‘lanish: suvning suyuq holatdan gaz yoki but holatiga o‘tishi  bug‘lanish 
va u nimaga sodir bo‘ladi. 
Rasm  bug‘lanish  hovuzdan  sodir  bo‘layotganini  ko‘rsatmoqda.  Bug‘lanish 
suvning  suyuq  holatidan  gaz  yoki  bug‘  holatiga  o‘tish  jarayonidir.  Bug‘lanish 


19 
 
suvning  suyuq  holidan  suv  aylanish  jarayoniga  qaytishining  birlamchi  yo‘lidir. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki okeanlar, ko‘llar, dengizlar, daryolar bug‘lanishi orqali 
atmosferadagi  90%  namlik  ta’minlanadi,  qolgan  10%  o‘simliklardan  bug‘lanishi 
orqali ta’minlanadi. 
Issiqlik  (energiya)  bug‘lanish  sodir  bo‘lishi  uchun  juda  muhmdir.  Energiya 
suv  molekulalarini  birga  ushlab  turuvchi  bog‘lamlarini  uzish  uchun  kerak  bo‘ladi, 
shuning uchun ham suv onsongina qaynash nuqtasida (100° S, 212° F) bug‘lanadi, 
lekin  mo‘zlash  nuqtasida  bug‘lanish  bir  muncha  sekin  kechadi.  O‘rtacha  namlik 
havoda  100%  bo‘lganda,  namlik  oxirgi  nuqtasiga  etganida,  bug‘lanish  to‘xtaydi. 
Bug‘lanish jarayoni atrofdagi issiqlikni kamaytiradi, shuning uchun ham teridagi suv 
bug‘langanda teri soviydi. 
Bug‘lanish va tabiatda suv aylanishi 
Okeanlardagi suvning bug‘lanishi suvning atmosferaga o‘tishining asosiy yuli 
hisoblanadi.  Okeanlarning  yuzi  (sirti)  kengayib  borgan  sari  (Yer  yuzining  70% 
okeanlar  bilan  qoplangan)  katta  xajmda  bug‘lanish  sodir  bo‘lishiga  imkoniyat 
yaratadi. U mumiy yer yuzi bo‘yicha olganda, o‘rtacha bug‘langan suv hajmi Yerga 
yog‘ingarchiliklar  orqali  tushgan  suv  hajmiga  teng.  Biroq,  bu  geografik  hududlar 
bo‘yicha farqlanadi. Bug‘lanish yog‘ingarchilikka nisbatan okeanlarda ko‘proq sodir 
bo‘ladi,  shu  bilan  birga  quruqlikda  yog‘ingarchilik  bug‘lanishdan  ustunlik  qiladi. 
Okeanlardan  bug‘langan  suv  hajmining  ko‘pi  yana  okeanga  yog‘ingarchilik  orqali 
tushadi.  Faqatgina  o‘rtacha  10%  okeanlardan  bug‘langan  suv  quruqlikka 
yog‘inganrchilik  bo‘lib  tushadi.  Bug‘langan  suv  malekulasi  o‘rtacha  o‘n  kun 
davomida havoda bo‘ladi. 
Evapotranspiratsiya:  Suv  bug‘larini  atmosferaga  tuproq  va  o‘simliklardan 
bo‘lgan bug‘lanishi orqali o‘tishi jarayoni. 
Evapotranspiratsiyaning  ba’zi  ta’riflari  yer  yuzidagi  suvlarning,  misol  uchun 
ko‘llarni  va  xatto okeanlardagi suvning bug‘lanishini  ham  qamrab  olsada,  bu  Veb 
saytda,  evapotranspiratsiya  quruqlik  yuzidan,  grunt  suvlarining  kapilyarlar  orqali 
bug‘lanishi va o‘simliklar orqali transpiratsiyasi deb ta’riflanadi. 


20 
 
Transpiratsiya va o‘simlik barglari 
Transpiratsiya  bu  suyuqlikning  o‘simlik  ildizidan  barglari  ostki  qismidagi 
kichkina  g‘ovakchalariga  borib,  u  yerdan  bug‘lanishi  va  atmosferaga  o‘tish 
jarayonidir.  Atmosferadagi  taxminan  10%  namlik  o‘simliklardan  bo‘lgan 
traspiratsiya hisobiga tashkil bo‘ladi deb baholanadi. 
O‘simlik  transpiratsiyasi  ko‘z  bilan  ko‘rib  bo‘lmaydigan  jarayon  -  suv 
bargning  sirtqi  qismidan  bug‘lanar  ekan,  barglarning  "nafas  olishi"ni  ko‘rib 
bo‘lmaydi. O‘sish davrida barg o‘z og‘irligidan bir necha marta katta bo‘lgan suvni 
bug‘latadi, misol uchun katta dub daraxti yiliga 151.000 litr suvni bug‘latadi. 
Transpiratsiyaga ta’sir qiluvchi atmosfera omillari. 
O‘simliklarni  suv  bug‘latish  miqdori  geografik  hududga  va  o‘sish  davriga 
qarab turlichadir. Transpiratsiya miqdorini belgilaydigan omillar turlichadir: 
Harorat:  Traspiratsiya  darajasi  harorat  oshishi  bilan  o‘sib  boradi,  ayniqsa 
o‘sish davrida, havo issiq bo‘lganda o‘simlik ham tez o‘sadi. 
Nisbiy  havo  namligi:  Agar  o‘simlik  atrofidagi  nisbiy  havo  namligi  oshsa 
transpiratsiya  darajasi  kamayadi.  Quruq  havoga  bug‘lanish  suv  uchun  namlikka 
to‘yingan havoga bug‘lanishga qaraganda onsonroq. 
SHamol va havo harakati: o‘simlik atrofidagi havo xarakati oshib borgan sari 
traspiratsiya ham oshib boradi. 
O‘simlik  turi:  O‘simliklar  turli  darajada  suv  bug‘latishadi.  Ba’zi  quruq 
hududlarda o‘sadigan, kaktus kabi o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda kam 
bug‘latish orqali qimmatli suvni saqlab qoladi. 
Sublimatsiya: qor yoki muzning erimasdan suv bug‘iga aylanishi. 
Tabiatda  suv  aylanishiga  qiziqqanlar  uchun  aytish  mumkinki,  sublimatsiya 
qor  va  muzni  avval  erish  jarayonini  chetlab  o‘tib,  bevosita  bug‘ga  aylanishidir. 
Sublimatsiya ma’lum iqlim sharoitlarida qorni yo‘q bo‘lib qolishini tushuntiradi. 
Odatda  sublimatsiya  jarayonini  ko‘rish  onson  emas.  Sublimatsiya  natijasini 
ko‘rishning bir yo‘li bu nam ko‘ylakni sovuq noldan past haroratda tashqariga osib 
qo‘yish. Oxir oqibat ko‘ylakdagi muz yo‘qoladi. Umuman olganda, sublimatsiyani 


21 
 
ta’savur  qilish  uchun  eng  yaxshi  yo‘l  suv  emas,  balki  karbon  dioksidni  rasmda 
ko‘rsatilganidek  ishlatish  maqsadga  muvofiq.  "Quruq  muz"  bu  jism,  yaxlatilgan 
karbon dioksid, unda -78.5 oS (-109.3oF) haroratda sublimatsiya jarayoni yuz beradi 
yoki gaz xoliga o‘tadi. Rasmda ko‘rsatilgan tuman bu yaxlatilgan karbon dioksid va 
sovuqning  aralashmasi,  nam  havo,  bu  quruq  muz  sublimatsiya  jarayoniga  uchrashi 
natijasida sodir bo‘lgan. 
Sublimatsiya  ma’lum  sharoitda,  o‘rtacha  namlik  past  darajada  va  quruq 
shamol  esgan  sharoitda  onson  yuzaga  keladi.  Shu  bilan  birga  u  yuqorida,  havo 
bosimi past joyda ko‘proq yuz beradi. Kuchli quyosh nuriga o‘xshash energiya ham 
zarur.  Agar  men  sublimatsiya  eng  ko‘p  sodir  bo‘ladigan  joyni  tanlashim  kerak 
bo‘lganda,  Everest  tog‘ining  janubiy  qismini  tanlagan  bo‘lardim.  Harorat  past, 
kuchli shamol, kuchli quyosh nuri, juda kichik havo bosimi - sublimatsiya jarayoni 
amalga oshishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
Suvning atmosferada bug‘ kabi to‘planishi, bulutlar va namlik. 
Atmosfera suv bilan to‘la. 
Atmosfera  suv  ombori  bula  olmasada,  u  suvning  yer  yuzi  bo‘ylab 
xarakatlanishi  uchun  "avtostrada"  hisoblanadi.  Atmosferada  har  doim  suv  mavjud 
bo‘ladi.  Bulutlar  atmosferadagi  suvning  ko‘zga  ko‘rinadigan  keng  tarqalgan 
shaklidir,  lekin  har  qanday  ochiq  havoda  xam  suv  mavjud  bo‘ladi  -  bu  suv  mayda 
zarrachalarda  bo‘lib,  ko‘z  bilan  ko‘rib  bo‘lmaydi.  Hamma  vaqt  atmosferadagi 
suvning  hajmi  taxminan  12.900  kilometr  kub  (3.100  mil  kub.)ni  tashkil  qiladi. 
Agarda  atmosferadagi  barcha  suv  yomg‘ir  bo‘lib  bir  vaqtning  o‘zida  tushganida, 
yerni 2.5 sm. yoki 1 dyuymga qoplagai bo‘lar edi. 
Kondensatsiya: suvning but holatidan suyuq xoliga o‘tishi 
Kondensatsiya  bu  suv  bug‘ining  suvning  suyuq  holatiga  o‘tish  jarayoni. 
Kondensatsiya suvning tabiatda aylanishida muhm rol o‘ynaydi, chunki u bulutlarni 
shakllantiradi.  Bulutlar  yog‘inlarni keltirib  chiqaradi,  bu  esa suvning  Yerga qaytib 
kelishining asosini tashkil qiladi. Kondensatsiya bug‘lanishning aksidir. 
Kondensatsiya  tumanlarning  paydo  bo‘lishiga ham  olib  keladi, bu  jarayonni 


22 
 
agar  sovuq  xonadan  tashqariga  issiq  va  nam  havoga  chiqsak  ko‘zoynagingizda, 
ichimlik stkaningizning tashqi sirti "terlaganda", sovuq kunda uyning ichki oynasida 
suvning yuzaga kelishi bilan ko‘rishimiz mumkin. 
Havoda kondensatsiya 
Tiniq  qum  -  ko‘k  osmonda  bulutlar  yo‘q  bo‘lgan  taqdirda  ham,  suv  bug‘  va 
ko‘zga  ko‘rinmas  kichik  tomchilar  ko‘rinishida  mavjud  bo‘ladi.  Suv  molekulalari 
havodagi  chang,  tuz,  tutunlar  bilan  aralashib  bulutchalarni  tashkil  qiladi,  u  o‘z 
navbatida  o‘sib,  rivojlanib  katta  bulutlarga  aylanadi.  Suv  tomchilari  bir  biriga 
aralashib hajm jihatdan o‘sib borar ekan, bulutlar kattalashib yog‘in yuzaga kelishi 
mumkin. 
Havodagi  suv  bug‘lari  miqdori  kattalashgani  va  havo  sovugani  tufayli 
atmosferada  bulutlar  yuzaga  keladi.  Quyosh  Yer  ustiga  yaqin  havoni  isitadi,  o‘z 
o‘rnida havo  yengillashadi va  harorat past  bo‘lgan  joy  tomon  xarakatlanadi.  Havo 
sovib borgan sari kondensatsiya jarayoni yuz berishi ko‘payadi va shu tariqa bulutlar 
yuzaga keladi. 
Yog‘ingarchilik: Bulutlardan suvning ajralib chiqishi 
Yog‘ingarchilik  bu  yomg‘ir,  yomg‘ir  aralash  qor,  qor  yoki  dul  shaklida 
bulutlardan  ajralib  chiqqan  suv.  Bu  atmosferada  mavjud  bo‘lgan  suvning  Yerga 
qaytib tushishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘l hisoblanadi. Ko‘pgina yog‘ingarchiliklar 
yomg‘ir shaklida bo‘ladi. 
Qanday qilib yomg‘ir tomchilari shakllanadi? 
Boshimiz  uzra  suzib  yurgan  bulutlar  suv  bug‘lari  va  xali  yog‘ingarchilik 
bo‘lib  tushishga  juda  kichik,  lekin  ko‘z  bilan  ko‘rish  mumkin  bo‘lgan  bulut 
zarrachalaridan  tashkil  topgan.  Suv  to‘xtovsiz  bug‘lanib  va  kondensatsiyalanib 
turadi.  Bulutlarda  kondensatsiyalangan  suv  har  qachon  ham  yog‘ingarchilik bo‘lib 
tushavermaydi,  chunki  havo  oqimlari  bulutlarni  ushlab  turadi.  YOg‘ingarchilik 
yuzaga kelishi uchun birinchi galda kichkina suv tomchilari kondensatsiyalanib bir 
biri bilan qo‘shilib bulutdan ajralib chiqib tomchi sifatida yog‘a oladigan og‘irlikka 
ega bo‘lishi kerak. Bir dona yomg‘ir tomchisi yuzaga kelishi uchun millionlab bulut 


23 
 
zarrachalari birlashishi kerak. 
Yog‘ingarchilik darajasi geografik hudud va vaqtga bog‘liq. 
Yog‘ingarchilik  dunyo  bo‘yicha,  davlatlar  bo‘yicha  yoki  shaharlar  bo‘yicha 
bir  xil  miqdorda  yog‘maydi.  Misol  uchun,  AQSHning  Jorjiya  shtatining  Atlanta 
shahrida yoz vaqtida jala bir joyda qattiq yog‘ib, bu joydan bir necha kilometr narida 
umuman  yog‘may  o‘tib  ketishi  mumkin.  Lekin,  Jorjiyada  yog‘adigan  bir  oylik 
yomg‘ir  miqdori  Las  Vegas,  Nevadada  butun  yil  davomida  yog‘adigan  yomg‘ir 
miqdoridan ko‘p. Jahonda eng ko‘p o‘rtacha yomg‘ir yogadigan joy Vayalile togi, 
Gavayya hisoblanadi, u yerda o‘rtacha yiliga yomg‘ir 1.140 santimetr (450 dyuym) 
yogadi.  Buning  aksshsh  Chili  davlatida  Arika  hududida  ko‘rishimiz  mumkin,  u 
yerda 14 yildan mobaynida yomg‘ir yog‘maydi. 
Kuyida  keltirilgan  xaritada  jahon  bo‘yicha  o‘rtacha  yillik  yog‘ingarchilik 
millimetr va dyuymda ifodalangan. Och ko‘k rangda keltirilgan hududlarni "cho‘l" 
deb hisoblash mumkin. Afrikadagi Saxara hududini cho‘l ekanligini taxmin qilgan 
bo‘lishingiz mumkin, lekin Grenlandiya va Antarktikaning katta qismi cho‘l ekanligi 
haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? 
O‘rtacha yillik yog‘ingarchilikning jahon xaritasi. 
Suvning muzlik va qorda to‘planishi 
Muzliklarning jahon bo‘ylab joylashishi 
Suvning  muz,  muzliklarda,  qorda  uzoq  vaqt  to‘planib  turishi  tabiatda  suv 
aylanish jarayonining bir qismidir. Yerning jami 90% muzliklari Antarktikada, shu 
bilan  birga  10%  jahondagi  muzliklar  Grenlandiyaga  to‘g‘ri  keladi.  Grenlandiyada 
muzliklarning  qalinligi  o‘rtacha  1.500  metrga,  lekin  bazi  joylarda  uning  qalinligi 
4.300 metrga boradi. 
Muz va muzliklar yuzaga keladi va erib ketadi. 
Dunyo iqlimi har doim o‘zgarib turadi, lekin odatda u odam sezishi mumkin 
darajada tez o‘zgarmaydi. Yerda ko‘plab issiq davrlar bo‘lgan, misol uchun bundan 
100  million  yillar  oldin  dinozavrlar  yashagan  davr,  shu  bilan  birga  sovuq  davrlar 
xam  bo‘lgan,  misol  uchun  oxirgi  muzlik  davri  bundan  20.000  yil  oldin  bo‘lgan. 


24 
 
20.000yil avval muzliklar qayerda joylashganligi tasvirlangan jahon xaritasi. Ba’zi 
muzliklar va muzlar to‘g‘risida dalillar Muzliklar yerninng 10-11 foizini qoplagan. 
Agar  hamma  muzliklar  hozir  erib  ketganida,  dengizlar  sathi  70  metrga  o‘sgan 
bo‘lardi. Manba: qor va muz ma’lumotlari milliy markazi. 
Oxirgi muzlik davrida dengizlar sathi hozirgi kunga nisbatan 122 metr pastroq 
bo‘lgan, va muzliklar yerning uchdan bir qismini qoplagan. 
Oxirgi  issiqlik  davrida,  125.000  yil  oldin,  dengizlar  sathi  hozirgi  kungidan 
5.5metr baland bo‘lgan. Bundan uch million yil avval dengizlar sathi 50 metrgacha 
baland  bo‘lgan  bo‘lishi  mumkin.  Qor  erib  oqimlarga  qo‘shilishi  Xetch-Xesy 
havzasida  (AQSHning  Yosemita  shahri,  Kaliforniya  shtatida)  qor  erishi.  Jahon 
bo‘ylab  qor  erib  daryolarga  kelib  qo‘shilishi  tabiatda  suv  aylanishining  muhm 
bug‘ini hisoblanadi. Sovuq hududlarda daryolarga kelib qo‘shiladigan irmoqlar qor 
va  muz  erishi  hisobiga  suv  bilan  to‘yinadi.  Bundan  tashqari  suv  toshqinlari, 
qorlarning tez erishi yer ko‘chkilari va selni keltirib chiqarishi mumkin. 
Qor  erishini  irmoqlar  orqali  daryo  suviga  ta’sirini  oson  tushunish  uchun 
quyidagi gidrografga nazar tashlash yetarli, unda AKSHning Kaliforniya shtati Nors 
Fork suv omboriga kelib quyiladigan Nors Fork Amerikaning river daryosiga 4 yil 
davomida  kelib  quyilgan  kunli  irmoq  suvi  (irmoq  suvining  o‘rtacha  har  kunligi) 
ko‘rsatilgan.  Grafikdagi  eng  yuqori  nuqtalar  qor  erishi  natijasida  yuzaga  kelgan. 
Ma’lumotlarni qiyoslasak, 2000 yil  mart oyidagi eng kam suv oqgan kunda 1.200 
fut  kub  suv  sekundiga  bo‘lgan,  shu  bilan  birga  qor  umuman  erib  bo‘lgan  avgust 
oyida suv 55-75 fut kub sekundiga oqgan. 
AQSHning  Kaliforniya  shtatida  joylashgan  Nors  Fork  suv  omboridagi  Nors 
Fork  Amerikaning  River  daryosidagi  kunli  suv  oqimini  ko‘rsatuvchi  gidrograf 
chizigi. 
Qor erishidan paydo bo‘ladigan suv miqdori faslga, shuningdek, yillarga ko‘ra 
turlicha  bo‘ladi.  2000  yil  suv  oqimining  eng  yuqori  nuqtalarini  solishtirsak  2001 
yilning eng yuqori nuqtalaridan ustunlik qilishini ko‘rishimiz mumkin. Umumiy olib 
qaraganda  2001  yil  Kaliforniyada  qurg‘oqchilik  bo‘lganga  o‘xshaydi.  Qishda  qor 


25 
 
sifatida  suvning  to‘planishining  kamayishi  yil  davomida  olinishi  mumkin  bo‘lgan 
suv  miqdorini  kamaytiradi.  Bu  esa  irmoqning  pastki  qismida  joylashgan  suv 
omborlardagi suv miqdoriga ta’sir qiladi, bu o‘z o‘rnida aholini suv bilan ta’minlash 
va irrigatsiya uchun ishlatiladigan suvga ta’sirini o‘tkazadi. 
Yer  usti  oqimlari:  YOg‘ingarchilik  natijasida  yuzaga  kelgan  suvning  tuproq 
ustidan daryolarga kelib qo‘shilishi 
Yer usti oqimlari bu yog‘ingarchilikni yer sirtidan oqishi. 
Ko‘p odamlar yerga tushgan yomg‘ir yer yuzi bo‘ylab oqib daryolarga kelib 
qo‘shiladi, daryolar o‘z o‘rnida okeanlarga kelib quyiladi deb o‘ylashadi. Aslida bu 
bir  muncha  murakkabroqdir,  chunki  daryolardagi  suv  yerga  shimilib,  yerdagi  suv 
daryolarga  qushilib  turadi.  Biroq,  daryolardagi  asosiy  suv  miqdori  yog‘ingarchilik 
orqali tushgan suvdan tashkil topadi. 
Jala  vaqtida  sodir  bo‘lgan  loyqa  oqimning  yo‘l  ustida  oqib  borib  ariqqa 
tushayotgan.  Odatda,  yomg‘irning  bir  qismi  yerga  suriladi,  lekin  yomg‘ir  suvga 
to‘yingan yoki qattiq erga tushganda, misol uchun asfaltlangan yo‘lga yoki mashina 
to‘xtash joylariga tushganida, yomg‘ir pastlikka tomon oqim singari oqa boshlaydi. 
Qattiq  yomg‘ir  vaqtida  pastlikka  tomon  oqayotgan  turli  yomg‘ir  suvi  irmoqlarini 
ko‘rish mumkin. Suv daryolarga kelib qo‘shilgunga qadar turli kanallar bo‘ylab oqib 
keladi. Quyidagi rasmda yer yuzasi bo‘ylab oqib (bu yerda yullardan oqib kelgan) 
suvning  kichik  irmoqlarga  kelib  qo‘shilishi  tasvirlangan.  Bu  yerda  suv  sof  tuproq 
ustidan  oqib  kelib  daryoga  qo‘shilmoqda  (suv  sifati  uchun  salbiy  holat). 
Yog‘ingarchilikning irmoqlarga kelib qo‘shilishi, bu uning okean tomon boshlangan 
sayohatining boshlanishidir. 
Suvning  tabiatda  aylanish  bosqichlarining  barchasida,  yog‘ingarchilik  va  er 
yuzi  bo‘ylab  okayotgan  suvning  o‘zaro  bog‘liqligi  vaqt  va  geografik  hududlarga 
qarab  turlichadir.  Amazon  o‘rmondagi  va  AQSHning  shimoliy  sharq  qismidagi 
chuldagi bir xil yotgan jala turli xil miqdordagi yer usti oqimlarining tashkil qiladi. 
Yer  yuzi  bo‘ylab  suv  oqimi  ham  meteorologik  omillar,  ham  erning  geologik  va 
topografik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Yerga tushgan, so‘ng irmoqlarga va daryolarga 


26 
 
qo‘shilgan yog‘ingarchilikning uchdan bir qismi okeanlarga kelib qo‘shiladi. Qolgan 
uchdan ikki qismi bug‘lanadi yoki yer osti suvlariga surilib ketadi. Yer yuzi bo‘ylab 
oqayotgan  suv  insonlar  tomonidan  o‘z  maqsadlari  doirasida  ham  foydalanishlari 
mumkin. 
Oqim: Daryo bo‘ylab suv xarakati. 
AQSH Geologik kuzatishlar markazi (USGS) "oqim" terminini daryo, irmoq 
bo‘ylab okayotgan suv miqdorini ifodalash uchun ishlatadi. 
Daryolarning  muhmligi.  Daryo  nafaqat kishilar  uchun  muhm,  balkim  barcha 
yerdagi  tirik  mavjudod  uchun  muhmdir.  Daryolar  faqatgina  insonlar  (va  ularning 
itlari)  o‘ynashi  uchun  joy  emas,  kishilar  daryo  suvini  ichimlik  suvi  sifatida  va 
irrigatsiya maqsadida, elektr toki ishlab chiqarish maqsadida, chiqindilarni chiqarib 
tashlashda (umid qilamizki qayta ishlangan chiqindilarni), mahsulotlarni manzillarga 
olib  borishda  va  oziq  ovqat  mahsulotlarini  olishda  foydalanadilar.  Daryolar  har 
qanday  turdagi  o‘simlik  va  hayvonlar  uchun  muhm  hisoblanadi.  Daryolar  yer  osti 
hovuzlarini  to‘la  turishlarini,  o‘z  irmoqlari  orqali  suvning  oqib  tushishi  bilan 
ta’minlab  turadi.  Shu  bilan  birga,  okeanlar  daryolardagi  suv  oqib  kelib  tushgani 
hisobiga to‘la turadi.  

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish