Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

Birinchidan, 
tekislik maydonlarda quriladigan suv omborlari yuzlab, minglab 
gektar unumdor yerlarni egallaydi.  
Ikkinchidan
, suv omborlari o‘zlarining atrofidagi hududlardagi yer osti suvlari 
sathining ko‘tarilishiga, shu asnoda ekinzorlarning meliorativ holati yomonlashib, 
ikkilamchi sho‘rlanish jarayonini keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi.  


45 
 
Uchinchidan.
 suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi punktlari va 
muxandislik kommunikatsiyalari suv toshqini xavfidan holi bo‘lmaydi. Toshkent 
viloyati  Gazalkent  shahrining  yuqorisida  kurilgan  Chorvok  suv  ombori  Chirchiq 
daryosi  vohasida  joylashgan  G‘azalkent,  Chirchiq  va  Toshkent  shaharlari  uchun 
suv bosish xavfini tug‘diradi. Tog‘li hududlarda qurilgan suv omborlarining xavfi 
ancha  kuchli  bo‘ladi.  Ular  yer  silkinishi  va  ko‘chkilarni  keltirib  chiqarishi 
mumkin.  Bundan  tashqari  yer  ostidagi  tektonik  xarakatlar  natijasida  bunday 
joylarda to‘g‘onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo‘ladi. 1960 yilda Hindistonda 
suv  ombori  to‘g‘onining  buzilishi  15  ming  kishining  xalok  bo‘lishiga  sabab 
bo‘ldi. 
Suv  omborlari  qurilishi  daryo  oqimi  yo‘liga  g‘ov  qo‘yish  bilan  bajariladi. 
Bunda suv oqimi tranzit tizimdan tranzit akkumulyativ tizimga o‘tadi, ya’ni suvda 
oqib kelayotgan biogen moddalar, kimyoviy zaharlar, og‘ir metallar va radioaktiv 
moddalar to‘g‘onlarda qisman ushlab qolinadi va to‘planadi. 
Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari atmosfera 
havosiga  hm  ta’sir  qiladi.  Bunday  joylarda  suvning  bug‘lanib  turishidan  o‘ziga 
xos mikroiqlim hosil bo‘ladi. Havoning harorati boshqa yerlarga ko`ra odatda past 
bo‘ladi,  tumanli  kunlar  nisbatan  ko‘p  bo‘lib,  quyosh  radiatsiyasi  kamayadi,  suv 
ombori  va  atrofdagi  quruqlik  yer  orasida  issiqlik  balansi  o‘zgarishidan  shamolli 
kunlar ko‘payadi. Buning oqibati dehqonchilikka ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqorida keltirilgan salbiy ta’sir holatlari ekotizmlarda o‘z aksini topadi. Suv 
omborining  tashkil  qilinishi  mahalliy  joyning  ekotizimlarini  tubdan  o‘zgartirib 
yuboradi, to‘g‘onlarda to‘plangan zararli moddalar esa ko‘pgina suv organizmlari 
uchun  ekologik  vaziyatni  yomonlashtirishi  mumkin.  Mana  shu  sabablarga  ko‘ra 
kelajakda  jahon  energobalansida  gvdroelektrostansiyalar  ulushini  5%  dan 
oshirilmaslik ko‘zda tutilmoqda. 
Suvni  muhofaza  qilish  va  undan  oqilona  foydalanish.  Ifloslangan  suvlarni 
tozalash  usullari.  Insoniyat  oldida  turgan  ko‘pdan-ko‘p  vazifalar  orasida  suv 
resurslarini toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida o‘rin to‘tadi



46 
 
Suvning  tabiatda  aylanib  turishi  nafaqat  suv  miqdorining  barqarorligini 
ta’minlaydi,  balki  uning  sifatini  ham  tiklab  turadi.  Tekshirishlar  ko‘rsatishcha, 
tabiatda  aylanish  jarayonida  atmosfera  namligi  8-10  kun  davomida  to‘liq 
yangilanadi  ya’ni  shu  davr  mobaynida  u  to‘liq  aylanadi.  Bu  jarayon  daryo 
suvlarida  12-16  kunni,  ko‘l  suvlarida  200-300  yilni,  okean  suvlarida  esa  3000 
yilni o‘z ichiga oladi. 
Xalq  orasidagi  «Suv  yetti  dumalasa  halol  bo‘ladi»  degan  ibora  bejiz 
aytilmagan.  Darxaqiqat,  oqar  suv  o‘z  xarakati  davomida  quyosh  radiatsiyasi 
yordamida  suv  o‘tlari,  bakteriyalar  va  zamburug‘lar  ishtirokida  kechadigan 
gidrobiokimyoviy jarayonlar natijasida o‘z-o‘zini ba’zi iflosliklardan tozalaydi. 1 
sutkada  u  yarim  tozalanadi,  4  sutka  davomida  esa  to‘liq  tozalanadi.  Lekin  unga 
iflos  suvlarning  ko‘p  tashlanishi,  tarkibi  barqaror  zaharlarning  aralashishi 
tozalanish  jarayonini  susaytiradi  va  uni  xatto  to‘xtatib  qo‘yadi.  Shuning  uchun 
ham  iflos  oqova  suvlarni  ochiq  suv  havzalariga  iloji  boricha  tashlamaslik,  hech 
bo‘lmaganda tashlashdan oldin ularni maxsus inshootlarida tozalash zarur. 
Suvni  toza  saqlash  va  undan  oqilona  foydalanishning  bir  necha  usuli  bor. 
Bular-texnikaviy  usul,  gidrologik-geografik  usul,  suvdan  kompleks  foydalanish 
usuli va tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish usuli. 
Texnikaviy usul
 quyidagi ishlardan iborat: 
1)
 
Suv  resurslarining  kamayib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  daryo  va 
ko‘llarga oqova suvlarning tashlanishini imkon qadar kamaytirish, keyinchalik 
esa  butunlay  to‘xtatib  qo‘yish.  Bu  usul  sanoat  korxonalarini  suv  bilan 
ta’minlashning yangi texnologiyasiga o‘tish, suvdan foydalanishda yopiq sikl 
tizimini  joriy  qilishga  asoslangan.  Bu  vazifa  ancha  murakkab,  lekin  amalga 
oshirishsa  bo‘ladigan  vazifadir.  Hozirgi  vaqtda  AQSH  va  Germaniyadagi 
ba’zi  sanoat  korxonalari,  Rossiyadagi  Chelyabinskiy  metallurgiya  zavodi, 
O‘zbekistondagi Olmaliq kimyo zavodi va shunga o‘xshash bir qancha sanoat 
gigiantlarida  suvdan  foydalanishning  yopiq  sikl  tizimiga  o‘tilgan.  Bu 
korxonalarda suvning texnologik jarayonida yo‘qotiladigan qismigina toza suv 


47 
 
hisobidan  to‘ldiriladi.  Bu  miqdor  ishlatiladigan  suvning  10%  idan  oshmaydi. 
Qolgani esa tozalashdan o‘tkazilib siklga qaytariladi; 
2)
 
Oqova  suvlarni  tozalash  usullarini  takomillashtirish  asosida  tozalash 
inshootlarning  ish  unumini  oshirish  va  ularning  quvvatini  ko‘paytirish.  Bu 
usul hozirgi vaqtda ko‘pgina joylarda qo‘llanilmoqda. Tozalash inshootlarida 
tozalangan suvlardan xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida foydalanish mumkin. 
Masalan,  ular  sanitariya  ko‘rigidan  o‘tgach,  dehqonchilikda  yerlarni,  bog‘-
rog‘larni  sug‘orishda  yoki  a’lo  sifatli  suv  talab  qilmaydigan  sanoat 
korxonalarida foydalanish mumkin
3)
 
Toza 
suvni  har  tomonlama  tejash,  ayrim  ishlab  chiqarish  turlarini  suvsiz 
texnologiyaga  o‘tkazish.  Fan  va  texnikaning  rivoji  sanoat  ishlab  chiqarishi 
texnologiyasini  takomillashtirib  ajoyib  yutuklarni  qo‘lga  kiritdi.  Masalan, 
ilgarilari  1  tonna  neftni  qayta  ishlashga  20-30  m.kub  suv  sarflangan  bo‘lsa, 
1957 yilda bu miqdor 7,97 m. kubni, 1960 yilda- 1,32 mkubni, 1967 yilda 
-
0,84  m  kubni,  1984  yilda  esa  0,12  m,  kubni  tashkil  qildi.  Rivojlangan  ba’zi 
mamlakatlarda suv quvurlarining ikki xil, ya’ni ichimlik suvi uchun va texnik 
suv  uchun  alohida  o‘tkazilgani  bu  ishda  katta  natija  bermoqda.  Parij, 
Gannovar,  Shtutgart  va  Frankfurt-Mayn  shaharlarida  ana  shunday  suv 
quvurlari mavjud; 
4)
 
Sanoat  korxonalaridagi agregatlarni sovutishda suvni sovuq havo oqimi bilan 
almashtirishga  o‘tish.  Sanoatda  ishlatiladigan  suvning  45%  igacha  faqatgina 
sovutish maqsadlarida foydalaniladi. Bu ishni havo oqimi yordamida bajarish 
70-90% gacha suvni tejash imkonini beradi

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish