Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


TABIIY SUVLARNING UMUMIY KIMYOVIY TARKIBI UNGA FAOL



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

TABIIY SUVLARNING UMUMIY KIMYOVIY TARKIBI UNGA FAOL 
TA`SIR ETUVCHI ANTROPOGEN OMILLAR. 
Reja: 
1.
 
Tabiiy siv turlari.
 
2.
 
Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari.
 
3.
 
Suvda erigan gazlar.
 
 
 
1.Tabiiy  suv  turlari.  Suv  -  buyuk  tabiat  inomi  ekanligini  hamma  ham 
chuqur  anglab  yetganmi?  Barcha  kishilar  uchun  mazkur  savolga  ijobiy  javob 
olish,  afsuslar  bo`lsinkim,  mumkin  emas,  aks  holda,  hozirgi  kunda  suvga 
bo`lgan  munosabatimiz  daxshatli  sur`atda  yomon  bo`lmas  edi.  Har  qanday 
inson  suv  to`g`risida  to`liq  bilim  egasi  bo`lganda,  hayotimizning  ekologik 
ko`rsatkichlari  shunchalik  buzilib  ketmas  edi,  ehtimol.  Har  bir  bo`lg`usi 
texnolog uchun quyidagi, suv to`g`risidagi, ilmiy ma`lumotlami bilishi shart.  
Tabiiy  suvlar  o`z  tarkibiy,  sifat-miqdoriy  ko`rsatkichlariga  ko`ra  turli- 
tumandir:  sho`r  ta`mli  dengiz-okean  suvi,  chuchuk  (ichimlik)  soy  va  buloq 
(daryo,  yer  osti  quduq  va  hakozo)  suvlari,  qor-yomg`ir  suvi,  minerallangan, 
ayrim  hollarda  xatto  issiq,  yer  osti  suvlarini  misol  qilib  ko`rsatish  mumkin. 
Lekin, shu bilan bir qatorda, hatto, bir soy yoki daryo suvi turli joyida (o`zani 
bo`ylab,  albatta)  bir  xil  tarkib  va  xususiyatga  ega  bo`lmasligini  ham  bilish 
zarur.  Shuning  uchun  ham,  qadimgi  Yunpnistonlik  olim  va  faylasuf  Geraklit  
(eramizdan  oldingi  V  asrda)  daryoning  muayyan  bir  xil  tarkibdagi  suviga  2 
marta  tushib  bo`lmasligini  ta`kidlagan,  ya`ni  cho`milayotgan  kishi  har  gal 
yangi  tarkibda  va  sifatda  bo`lgan  suvga  tushadi(cho`milayotgan  joyi 
o`zgarmagan holda). 


159 
 
1.
 
Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari.  Hech qachon tabiiy 
suv - H
2
O, ya`ni toza - suv holida uchramaydi. Tabiiy suv tarkibi xususida gap 
borar ekan, albatta, unda gaz, suyuq va qattiq moddalar erigan bo`lishi, turgan 
gap.  Shu
 
paytgacha,  tabiiy  suvlarda  D.I.Mendeleev  davriy  sistemasi 
jadvalining  qariyib  yarmini  tashkil  qiluvchi  element  birikmalari  uchrashligi 
aniqlangan.  Tabiiy  tarkib  usullaridan  tashqari,  xozir  suv  havzalariga  turli  
chiqit-oqavalar  tushishi  sabab,  murakkab  (kompleks)  o`ta  zarur  mod dalar 
bo`lishi kerak. 
Iste`mol uchun odatda “Toza” hisoblanadigan tabiiy suvlar ham ma`lum, 
tayyorlash-qayta  ishlash  jarayonlaridan  so`nggina  yarashi  mumkin.  Oqava 
iflos  chiqitlar  aralashganidan  keyin  esa,  so`zsiz  yarim  tozalash  jarayonlari 
bajarilgach,  foydalanishi  mumkin.  Demak,  amalda  suvdan  foydalanish  uchun, 
albatta, uning tarkibini aniq bilish kerak. 
Suvga  aralashgan  barcha  tur  komponentlar  ikki  xil:  erimagan  va  erigan 
holda bo`ladi. 
Erimagan  moddalar  xususida  qisqa  ma`lumot  beramiz.  Faqat 
birligida soy va daryolardagi suvlar olib o`tadigan erimagan moddalar miqdori 
-  Rm,  odatda  rus  tilida  yuritilib,  kg/sek  deb  balgilanadi.  Suvdagi  ularni 
konsentrasiyasi  Cm  (g/m
3
  yoki  mg/1)  bilan  belgilanib,  suvning  aralashmali 
ko`rsatkichini ko`rsatadi Agar suvni umumiy sarf hajmi Q bilan ifodalansa 
tenglamani yozish mumkin. 
Bundan  tashqari  suv  oqava  bilan  oqib  o`tadigan  modda  zarrachalari 
massasi (m)ning oqish tezligi (U) ga bog`liqligi, Eri qonuniga binoan  
m - A * U
6
 
ifodasi  bilan  xarakterlanadi.  Bunda,  A  -  proporsionallik  koeffisenti. 
Ko`rinib  turibdiki,  daryo  suvida  jami  erimagan  modda  suvining  oqish  tezligi 
va suv sarfi miqdoriga bevosita bog`liq ekan. Erimagan moddalar asosan daryo 
(soy)  va  unga  qo`yiladigan  katta-kichik  irmoqlar  suvi  turli  huddi  yer  yuzi 
qatlamlarini  yuvishi  oqibatidir.  Tuproq  (yer  yuza)  qatlamlari  qancha  ko`p 


160 
 
nuragan  (erroziyaga  uchragan)  bo`lsa,  shuncha  ko`p  erimagan  komponentlar 
bo`lishi aniqlangan. 
Yer  erroziyasi  o`z  navbatida  yer  yuzasining  yuvilishiga  nisbatan 
barqarorligi  va  to`g`ri  burchakda  tushayotgan  suv  oqimi  energiyasi  Yo  bilan 
bog`langandir 
Yo = 1000* Q* N 
vositasida  Yo  qiymati  topiladi.  Bunda  Q  -  suv  miqdori  (m  /sek  yoki 
t/sek);  H  -  oqayotgan  suv  manbai  o`zanining  baland  past  ko`rsatkichidir. 
Hulosa  qilib  aytish  mumkinki,  tog`  yoki  qir-adirli  xududlarda  yer  yuzi 
qatlamlari  erroziyasi  kuchli,  tekislikda  esa  past  darajada  bo`ladi.  Shu  narsa 
ham  ma`lumki,  tog`li  joylarda  suv  oqimi  tosh-shag`al,  shuningdek,  yer 
qatlamlarini  yemirib  (yuvib)  o`zi  bilan  oqizib  ketadi.  Suv  tarkibida  erimagan 
holdagi  moddalar  miqdori  yil  fasllari,  iqlim,  sharoit  va  boshqa  omillarga 
bog`liq, ya`ni doim o`zgarib turadi. 
Ayrim tabiiy suvlarda turli xil mikroorganizm va suv o`tlari, planitonlar 
erimaydigan  organik  birikmalar  manbai  hisoblanadilar.  Yoz  oylarida 
planktonlaming  rivoj  topishi  uchun  qulay  sharoitlarida  suvlar  tarkibida 
erimagan organik birikmalar ham ko`p bo`lishligi aniqlangan.  
Erimagan,  ya`ni  “osilgan  holda”gi  organik  moddalaming  suv  tarkibida 
paydo bo`lishi ikki xil yo`l bilan amalga oshadi: 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish