Vanadiy birikmalari.
Bu birikmalar organizmda yig‘ilish xususiyatiga
egalar. Ular organizmga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatuvchi zahar bo‘lib, qon
aylanish organlari, asab
gizimini o‘zgartirishlari, moddalar almashinuvini
buzishi va teri allergiyasini keltirishi mumkin.
Temir birikmalari.
Kislotaning issiqlik energetikasi uskunalaridagi
metallga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan eruvchi temir tuzlari, kislotali
eritmalar ishqorlar vositasida neytrallashtirilganida temir oksidi gidrati
holatiga o‘tib cho‘kishi va baliqlarning jabrasida yig‘ilishi mumkin. Temir
limon kislotasi komplekslari suvning xidi va ta’miga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Undan tashqari temir tuzlari umumiy toksik ta’sirga ham egalar, uch valentlik
(kislotali) temir birikmasi esa - ovqatni xazm qiluvchi organlar traktini
yallig‘lantirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |