hisoblanadi. Ularning miqdori suv
organizmlarining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda, asosan, nitritlar,
nitratlar, umumiy temir, fosfatlar va kremniyga e’tibor qaratiladi.
Nitritlarning mavjudligi suv ob’ekti oqindi suvlar bilan yaqinda
ifloslanganligidan dalolat beradi. Ular azotning oraliq oksidlanishida hosil
bo‘lib, juda beqarorligi tufayli, tezda oksidlanib nitratlarga aylanadilar.
SHuning uchun ham, ularning o‘rtacha miqdori 0 dan 0.1 mg/dm
3
dan
ortmaydi. Nitritlar miqdorining ko‘payishi qishda, ayniqsa, suv toshqiilari
sodir bo‘lishidan avval kuzatiladi. Bu birikmalarning eng kam miqdori
yozda, ular bilan oziqlanuvchi fitoplankton faoliyati intensiv bo‘lgan pallada
qayd etiladi.
13.
Suvdagi
nitratlarning
miqdori,
ular
organik
moddalar
mineralizatsiyasining yakuniy mahsuloti bo‘lgani sababli, ancha salmoqli
bo‘ladi (5 mg/dm
3
gacha). Nitratlar ham fitoplanktonlar uchun ozuqa
bo‘lgani uchun yilning issiq fasllarida ularning miqdori keskin kamayadi,
qishda esa, aksincha, nitratlar miqdori o‘nlab marotaba ko‘payishi mumkin.
Ammoniy azot konsentratsiyasi-fekal suvlari bilan ifloslanganlik
ko‘rsatkichi. Bu kabi suvlarla siydik gidrolizi va oqsil chirishi natijasida
84
ammoniy tuzlari hosil bo‘ladi. Yuza suvlaridagi ammoniy azoti ammoniy
ioni va dissotsiyalanmagan NH
4
OH molekulari ko‘rinishida uchraydi.
14. Fosfor - suv havzasining mahsuldorligini belgilovchi asosiy biogen
elementlarning
biri
hisoblanadi.
Fosfor
birikmalari
barcha
tirik
organizmlarda uchraydi va xujayralararo almashinuvidagi energetik
jarayonlarni muvofiklashtiradi. Tabiiy suvlarda fosfor birikmalari erigan,
kolloid va muallaq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Erigan fosfor noorganik para-,
meta- va polifosfat va organik fosfatlardan iborat.
Sizot suvlarida, odatda, fosfatlar miqdori aytarli darajada ko‘p bo‘lmaydi.
Fosfatlar yuza suvlarga asosan, turli oqindi suvlari singigan tuproqdardan
yoki organik massa chirishi natijasida qo‘shiladi.
15.Ichimlik suvi tarkibida ko‘p miqdorda fosfat paydo bo‘lishi uning
iflosganligidan dalolat beradi.
«Umumiy fosfor» atamasi deganida, fosfatlarning barcha turlari (erigan va
erimagan, noorganik va organik) tushuniladi.
Turli suvlar tarkibidagi erigan mineral fosforning miqdori, odatda, aytarli
ko‘p emas - 0,2 mg R/dm
3
.
Temir, bu - biologik nuqtai nazarda faol element bo‘lib, suv havzasidagi
fitoplankton rivojlaniishga va mikrofloraning soni hamda sifatiga ta’sir
ko‘rasatadi. Suv tarkibidagi temir miqdori 2 mg/dm
3
gacha etadigan bo‘lsa,
suvning organoleptik xossalari yomonlashadi, tishni qamashtiruvchi tamga
ega bo‘ladi va texnikaviy maqsadlarda foydapanish uchun yaroqsiz bo‘lib
qoladi.
Temir miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarishi sezilarli darajada. Yozdagi suv
sathi eng pasaygan davrda, fotosintez va suv aeratsiyasi tufayli uning miqdori
minimal bo‘ladi. Qishdagi suv satxi pasaygan davrda, aksincha,
o‘simliklarning temir bilan oziqlanishi to‘xtaydi, aeratsiya deyarli yo‘q bo‘lib,
temirning miqdori keskin ortib ketadi. Lekin, temirning eng katt a miqdori suv
toshgan davrda, ya’ni tuproq qatlamlaridagi temir birikmalari jadal eriydigan
85
vaqtda kuzatiladi.
Suv tarkibida kremniyning eng ko‘p miqdorini qishda, suv obektlari sizot
suvlari hisobiga to‘ldirilayotganida kuzatish mumkin. Aynan shu pallada
diatom suv o‘tlari krempiyni iste mol qilishdan to‘xtaydilar. Kremniy
konsentratsiyasining yozgi va qishki ko‘rsatkichlari orasidagi farqlanish
yuzlab foizni tashkil etishi mumkin.
16. Neft mahsulotlarini, xaqli ravishda, odam organizmi, hayvonot olami,
suv o‘simliklari va suv havzasining biologik holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi eng ko‘p tarqalgan va eng xavfli moddalar qatoriga kiritashadi.
Suvda neft mahsulotlari
ning mavjudligi baliq tuxumlari va baliqchalari
rivojlanishiga, daryolardagi ozuqa resurslarining sifati va miqdornga,
ovlanadigan baliqlar oziqa sifatida yaroqli bo‘lishiga salmoqli ta’sir
ko‘rsatadi. Suv yuzasida yupqa parda hosil bo‘lishi suv havzalarining o‘zini-
o‘zi tozalash imkoniyatlariga putur etkazadi. Neft mahsulotlarining
biokimyoviy parchalanishi yuza suvlarida juda sekin kechadi. Biokimyoviy
oksidlanish jarayonining kechishi juda ko‘p omillarga bog‘liq: suv harorati,
suvda kislorrod va biogen moddalarning mavjudligi, neft mahsulotlarining
kimyoviy tarkibi, suvda oliy o‘simliklarning mavjudligi va boshqalar. Biroq,
eng maqbul sharoitlar bo‘lgan holatlarda ham, suvdagi muallaq neftning
parchalanishi uchun kamida 100-150 kun zarur bo‘ladi.
Suv tarkibida kislorod kam bo‘lsa, qirg‘oq yoki suv transportidan suvga
tushadigan neft mahsulotlarining biokimyoviy yo‘l bilan parchalanish tezligi
keskin tarzda pasayib ketadi. Suv tarkibidagi neft mahsulotlari miqdorining
ruxsat yetilgan ko‘rsatkichi 0.05 mg/dm
3
dan ortmasligi kerak. Demak, suv
miqdori, aralashish va suvlarning qshshilish ingensivligi, suv ning harorati
past bo‘lgan qishki davrda neft mahsulotlarining parchalanish tezligi keskin
sekinlashadi. SHuning uchun ham, qishdagi suv satxi eng past bo‘lganida
neft mahsulotlarining suvlarni ifloslantiruvchi ta’siri eng kuchli bo‘ladi.
Kimyo sanoatining koks kimyosi, slanets, yog‘och kimyosi, anilin- bo‘yoq
86
korxonalaridan tushadigan oqindi suvlar tarkibida fenol bo‘lishi kuzatiladi.
17. Fenol - benzolning bir yoki bir nechta gidroksil guruhlar bilan
hosilasi. Fenollar ikki guruhga bo‘linadilar: bug‘ bilan uchuvchi (fenol,
krezollar, ksilenollar, gvayakol, timol) va uchmaydiganlar (rezorsin,
pirokatexin, gidroxinon, pirogallol, i boshqa ko‘p atomli fenollar).
Suv
ta’minoti,
baliqchilik,
qoramollarni
sug‘orish
maqsadida
foydalaniladigan suv havzalarida fenol miqdori cheklangan bo‘lishi
u
larning
tashlanishi tirik organizmlarga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatadi, sababi zararli
fenollar biogen elementlar va erigan gazlar (O
2
, SO
2
) rejimini ham sezilarli
darajada o‘zgartirib yuboradi.
Fenollarning toksikologik va organoleptik jihatlari bir xil emas. Bu g‘ bilan
uchuvchi fenollar zaharliroq bo‘lib, xlorlanganida kuchliroq xidlanadi.
Baliqlarga eng salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar, bu gidroxinon,
naften, ksilenol, pirokatexin krezol, fenol, rezorsin, pirogallol, floroglyusin
hisoblanadi. Fenollarning parchalanishi suv harorati yuqori bo‘lganida jadal
kechadi. Suv harorati 7° S dan pasayganida parchalanish keskin sekinlashadi.
SHu sababdan, yoz faslida, daryo va ko‘llardagi suv sathi kamayib, suv yaxshi
isitiladi va fenollar miqdori sezilardi darajada kamayadi. Lekin suv tarkibida
kislorodning kamayib ketishi fenollar parchalanishi jarayonini sekinlashtiradi.
Fenollarning parchalanish tezligi - fenollarning sifatiy va miqdoriy
ko‘rsatkichlari, suv tarkibidagi organik moddalar, vodorod sulfid, oksidlangan
smola va boshqa kimyoviy birikmalarning miqdori kabi yana bir kator
omillarga bog‘liq. Shuning uchun, fenollarning daryo va ko‘l suvlarida yoz
faslidagi miqdori turlicha bo‘ladi. Qishda, suv harorati past va kislorod
miqdori kam bo‘lgan davrda, fenollar konsantratsiyasi ortadi aa uzoq muddat
davomida saqlanib turishi mumkin. Qishda suv satxining eng kam bo‘lgan
vaqti eng nomaqbul davr hisoblanadi.
18. Daryolarga shaxta va konlardan chiqqan suvlarni shuningdek, ruda
boyitish fabrikalari va elektrkimyo hamda kimyo korxonalarining oqindi
87
suvlari oqizilganida suv tarkibida rux va mis elementlarinin g miqdori
ko‘payadi. Bu elementlar konsentratsiyasi ma’lum darajadan oshgan
holatlarda suvning o‘zini-o‘zi tozalash qobiliyati sustlashadi va organik
moddalardan tozalanishi sekinlashadi. Mis va rux ionlari faqat kimyoviy
reaksiyalar, sorbatsiya va suv o‘simliklari oziqlanishi jarayonlarida yo‘q
qilinishi mumkin. Lekin, odatda, ularni suvda to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi, shu
sababdan,
bu
elementlar
konsentratsiyasiii
kamaytirishda
suvlarning
aralashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon jadal kechis hi uchun
daryo suvlarining sarfi oqindi suvlar sarfidan ko‘proq bo‘lishi kerak. Suv satxi
pasaygan davrda, agar tashlanayotgan oqindi suvlar miqdori o‘zgarmasa,
yuqorida qayd yetilgan sarflar nisbati minimal bo‘lib, suvning ifloslanishi
maksimal darajada bo‘ladi. Shuning uchun ham, qish mavsumida suv
ob’ektlariga oqindi suvlar oqizilishini keskin kamaytirish yoki umuman
to‘xtatish lozim.
19. Mikroelementlar konsentratsiyasi haqida. Mis, suvda ion shaklida
hamda organik va noorganik moddalar bilan birikkan ko‘rinishda uchraydi.
Tuproqda mis miqdori etishmaydigan bo‘lsa, oqsil, yog‘lar va vitaminlar
sintezi yomonlashadi va o‘simliklar bepushtligiga sabab bo‘ladi. Shu bilan
birga, mis konsentratsiyasining xaddan tashqari ortib ketishi tirik organizm va
o‘simliklar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rux suvda, asosan, ion shaklida, uning sianid va tartrat komplekslari
ko‘rinishlarida va ayrim holatlarda erimaydigan shakllarida - gidrooksid,
karbonat, sulfid va x.k. - uchraydi. Rux birikmalarining aksariyati, birinchi
navbatda, uning sulfat va xloridlari zaharli. SHu bilan birga, rux faol
mikroelementlar sirasidan bo‘lib, o‘simlik va mikroorganizmlar rivojlanishida
muhm o‘ringa ega hisoblanadi.
Qo‘rg‘oshin tabiiy suvlarda erigan (noorganik va organik mineral
komplekslar, shuningdek oddiy ionlar ko‘rinishida) va muallaq (asosan, sulfat
va karbonat) holatlarda uchraydi. Qo‘rg‘oshin zaharli element, organizmda
88
yig‘ilish xususiyatiga ega bo‘lgani sababli tarkibida oz miqdorda qo‘rg‘oshini
bor suvni ham uzoq muddat ichish zaharlanish va kasalliklarga olib kelishi
mumkin.
Simob birikmalari yuza suvlarida ham erigan, ham muallaq ko‘rinishda
uchrashi mumkin. Suv havzalarida simobni metilsimob birikmalarida kuzatish
mumkin. Simob birikmalari o‘ta zaharli bo‘lib, asab tizimini ishdan chiqaradi,
shilliq parda va qon tarkibini o‘zgartiradi, xarakatlanish funkniyalarini buzadi,
oshqozon-ichak trakti sekretsiyasiga shikast etkazadi va xk. Metilsimob
birikmalar baliq go‘shtida jamlanib, uni iste’mol qilgan odam organizmiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘p miqdordagi xrom birikmalari kanserogen xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Bu birikmalar yuza suvlarida erigan va muallaq ko‘rinishda uchraydi. Bu
ko‘rinishlarning o‘zaro nisbati suvning tarkibi va harorati, eritmaning pH
ko‘rsatkichiga
bog‘liqdir.
Xromning
muallaq
shakllari,
asosan,
sorbatsiyalangan birikmalaridan iborat bo‘ladi.
Kadmiy birikmalari tirik organizmlardagi ayrim fermentativ jarayonlarda
muhm o‘ringa ega, undan tashqari, ba’zi o‘simliklar o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Kadmiy tuzi konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hollarda buyrak yallig‘lanishi,
jigar va yurak yog‘lariniig buzilishi, ichak ichida qon ketishi kabi kasalliklar
kelib chiqishi mumkin. Kadmiyning toksikligi boshqa zaharli moddalar bilan
qshshilganda, ayniqsa, kuchayadi.
Kadmiyning yuza suvlaridagi erigan shakllari, asosan, noorganik va
organik-mineral komplekslar ko‘rinishida uchraydi. Kadmiyning asosiy
muallak shakli - uning sorbatsiyalangan birikmalari.
Nikel birikmalari oksidlovchi katalizator bo‘lib, qon shakllanishi jarayonida
muhm ahamiyatga ega. YUza suvlarida bu birikmalar erigan. muallaq va
kolloid ko‘rinishlarda uchraydi va bu holatlarning o‘zaro nisbati suv tarkibi va
harorati, eritma pH ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi. Nikelning erigan shakllari,
asosan, kompleks ionlardan iboratdir. Nikel miqdorining ko‘payib ketishi,
89
birinchi navbatda, bosh miya qon tomirlari va buyrakka o‘ziga xos salbiy
ta’sir ko‘rsatib, ko‘p sonli qon quyilishlariga sabab bo‘ladi.
Kobalt, tabiiy suvlarda juda kam uchraydigan elementlar sirasiga kiradi.
Kobalt ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘simlik va hayvonlarda kechadigan
fiziologik jarayonlarga (fotosintez intensivligi, nafas olish, s o‘z almashinuvi)
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Koitsentratsiyasi ortib ketgan hollarda kobalt
birikmalar zaharli xususiyatga ega bo‘lib qoladilar - asab tizimi, oshqozon
ichak trakti, qon shakllantiruvchi organlar, buyrak funksiyalarini buzilishiga
sabab bo‘ladi.
Kobalt birikmalari yuza suvlarda erigan va muallaq holatlarda uchraydi,
ana shu ko‘rinishlarning o‘zaro nisbati suvning tarkibi, harorati va eritma pH
ko‘rsatkichiga bog‘liqdir. Kobaltning erigan shakllari asosan, kompleks
birikmalar, shu jumladan tabiiy suvlarning organik moddalari bilan
birikmalari ko‘rinishida uchraydi.
Konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan margimush birikmalari odam va
hayvonlar organizmi uchun zaharli bo‘lib, oksidlanish jarayonlarini
sekinlashtiradi, organ va to‘qimalar kislorod bilan ta’minlanishini
yomonlashtiradi. Margimush birikmalari yuza
:
suvlarda erigan va muallaq
holatlarda uchraydi, ana shu ko‘rinishlarning o‘zaro nisbati suvning tarkibi,
harorati va eritma pH ko‘rsatkichiga bog‘liqdir. Muallaq margimush
sorbatsiyalangan birikmalardan iborat bo‘ladi (temir gidrooksidi, loysimon
minerallar sorbent vazifasini o‘tashlari mumkin). Erigan margimush uch va
besh valentlik ko‘rinishlarda uchraydi.
Sintetik yuza-faol moddalar (SYUFM) (SPAV) - turli tuzilmaga ega va
turli kimyoviy toifalarga mansub bo‘lgan suvni ifloslantiruvchi birikmalar
guruhidan tashkil topgan. SYUFM ning
suvda eriganida namoyon bo‘luvchi
xususiyatlariga bog‘liq ravishda ularni faol anion, faol kation, amfolit va
iongen bo‘lmagan birikmalarga ajratish mumkin. Suv eritmasida salbiy
zaryadlangan organik ionlar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi faol anion
90
SYUFM boshqa turdagilariga qaraganda ko‘proq uchraydi. Ushbu moddlar
baliqlar jabralaridagi shilliq parda shikastlanishiga sabab bo‘ladi, natijada
baliqlarning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatlari sustlashadi.
SYUFM suvning yuza kuchlanishini kamaytiradi, uning kislorod va harorat
rejimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Suvga sintetik yuvish vositalari qo‘shilganida, uning ta’mi va xidi o‘zgarib
buziladi, biokimyoviy tozalash xususiyatlari yomonlashadi, suv o‘simliklari
rivojlanishi sekinlashadi yoki umuman to‘xtaydi. SYUFM konsentratsiyasi
yuqori bo‘lgan holatlar suv yuzasida barqaror ko‘pik hosil bo‘lishi mumkin.
Bu
moddalarning
parchalanish
tezligi,
ularning
kimyoviy
tuzilishi
konsentratsiyasi, suv harorati va uning tarkibida kislorod etishmasligiga ham
bog‘liqdir. Shuning uchun ham, maksimal konsentratsiya mavjudligining vaqti
va sharoitlari bir-biriga mos keladi.
Ekinlarning zararkunandalariga qarshi qo‘llaniluvchi xlororganik va
fosfororganik pestiiidlar dala maydonlaridan keyin, aksariyat hollarda, suv
manbalariga tushadilar. Bu kimyoviy birikmalar o‘z mohiyatiga ko‘ra zaharli
bo‘lganlari sababli, ularning ichimlik suvi va baliqchilik maqsadlarida
foydalanuvchi
suvlardagi
konsentratsiyasi
cheklanishi
lozim.
Ayrim
pestitsidlar, xattoki oz miqdorda suv quyilgan bo‘lsalarda, suvning
organoleptik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkin. Suvlar
pestitsidtar ifloslanishi baliq uchun zarur bo‘lgan suvdagi muhitni
yomonlashtiradi, baliq mahsulotlarining sifatini tushirib yuboradi. Ayni qsa,
ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan sizot suvlarga pestitsidlarning
qo‘shilishi inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.
Suv sifati shakllanishida suv ob’ektlarining harorat rejimlari katta
ahamiyatga ega. Daryo va ko‘llarning harorat rejimi o‘zgarishiga, birinchi
navbatda, sanoatga oid oqindi suvlarning tashlanishi sabab bo‘ladi. Bu kabi
issiq oqindi suvlarning asosiy manbalari, bu issiqlik elektr stansiyalaridir.
Stansiya regatlarini sovitishga ishlatiladigan suvning harorati
ezda 7-8° S ga,
91
qishda esa - 12-14° S ga ko‘tariladi. Tashlanadigan suvlarning harorati suv
manbasidagi suv haroratidan 3-5°S ga oshmasligi kerak. Aks holda, suv
ob’ektida biologik organizmlar va o‘simliklar, xususan, ko‘k-yashil suv o‘tlari
jadal rivojlana boshlaydi, kislorod iste’moli ortadi, o‘zini-o‘zi tozalash
jarayonlari sekinlashadi. Havzada yoki daryoda suv kam bo‘lgan, ayniqsa yoz
oylarida, tabiiy suv harorati yuqori bo‘lgan pallada, isitilgan oqindi suvlarning
suv ob’ektlariga oqizilishidan ko‘riladigan - talofat katta miqyosda bo‘lishi
mumkin.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |