agregatlarni sovitishda, suvning eng zararli xossalari, ya’ni uning
qattiqligi va
agressivligiga e’tibor qartiladi. Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda
foydalaniladigan suvlarning sifatiga, xususan, suv rangi va xiliga bo‘lgan
talablar ichimlik
suviga qo‘yilgan talablarga nisbatan ma’lum darajada pastroq
hisoblanadi. Suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish joylarida suvning
tarkibi va xossalariga qo‘yilgan umumiy talablar uning mineralizatsiyasi,
begona (muallaq) moddalar konsentratsiyasi
,
erigan kislorod miqdori va unga
bo‘lgan biokyovmiy extiyoj (BKE), vodorod ko‘rsatkichi (pH), rangi, xidi,
harorati, kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar va zaharli hamda radioaktiv
moddalar bo‘yicha me’erlarni balgilaydi.
Suv sifatining gidrokimyoviy nuqtai nazarda baholanishi, odatda,
qattiqlik, agressivlik, organik moddalar, biogen birikmalar va zararli moddalar
miqdori kabi asosiy ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Suvning sifati suv tarkibidagi
78
organik va toksik moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘lgan gidrobiontlarning
ko‘rsatkichlari va tarkibiy turlari kabi gidrobiologik omillar asosida ham
baxolanishi mumkin.
7. Ifloslanishda tabiiy suvlarga mineral va organik moddalar,
shuningdek turli tirik organizmlar qo‘shiladi (biologik va bakterial
ifloslanish). Tabiiy suvlarning ifloslanish darajasi vaqt va hudud bo‘yicha
doimiy bo‘lmaydi. Ifloslanish darajasi atmosfera yog‘ini, qor va muz erishi,
suv yig‘iladigan joyning yuqori qismidan yoki suv havzasining ifloslanmagan
akvatoriyasidan kelib qo‘shiluvchi yangi toza suvlar hisobiga, shuningdek,
suv o‘zini-o‘zi tozalash jarayonida kamayishi mumkin. O‘z-o‘zini tozalash
jarayoni ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi daryo yoki su v
havzasining o‘zini o‘zi tozalash imkoniyatlarini cheklab qo‘yuvchi darajaga
etmagan holatlaridagina amalga oshadi.
Suv oqimlari va havzalariga kam miqdorda yangi toza suvlarning
qo‘shilishi oqimdagi suv kam fazalarda kuzatiladi, bu vaqtda daryo va
ko‘llariga suv qo‘shilishi faqat erostp suvlari hisobiga amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham, ifloslantiruvchi moddalarning eng katta miqdori suv
satxi pasaygan vaqtga to‘g‘ri keladi va shu davr davomida, ayniqsa, qish
faslida, aralashish hamda o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlari juda sust kechadi.
8. Vodorod ionlari konsentratsiyasi (pH) - suv sifatinining eng asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy suvlarda kimyoviy va biologik jarayonlarning kechishi, suv
o‘simliklari faoliyati, elementlar migratsiyasi turli shakllarining barqarorligi,
suv ta’sirining metall va betonga nisbatan agressivligi pH ko‘rsatkichiga
bog‘liq.
Oksidlanish-qayta tiklanish potensiali (Eh) ko‘rsatkichi bo‘yicha suv
havzasining kimyoviy-biologik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Mikroorganizmlarning faoliyati, tabiiy
suvlardagi organik
moddalar
transformatsiyasining yo‘nalishi va usullari aynan shu ko‘rsatkichga bog‘liq.
79
Yuza suvlarning yuzasida doimiy ravishda kislorod bo‘ladi. Uning
rejimi ko‘p jihatdan suv havzalaridagi kimyoviy-biologik holat bilan
shartlanadi.
Suv tarkibidagi kislorod miqdori suv yuzasining ochiq maydoniga, suv
oqimi tezligi va suv massalarining turbulent aralashuviga, suv haroratiga,
shuningdek biokimyoviy va boshqa omillarga bog‘liq. Suv satxi eng past
bo‘lgan davrda yuqorida sanab o‘tilgan omillarning aksariyati eng kichik
ko‘rsatkichga ega bo‘ladi va suv tarkibida kislorod miqdori, ayniqsa, qish
faslida kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Suv sathi pasaygan davr qanchalik
uzoq davom etsa, kislorod etishmasligi shunchalik ko‘p seziladi. Shuning
uchun ham, aynan shu davrda xalq xo‘jaligida foydalaniladigan suv havzalari
va daryolardagi suv sifatiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Suvda kislorod
miqdorining kamayishi suvda yashovchi organizmlar toksik moddalar
ta’siriga nisbatan qarshilik ko‘rsatish va suvning o‘zini-o‘zi tozalash
qobiliyatini susaytiradi.
Suvda erigan kislorodning iste’mol qilinishi organik va ayrim noorganik
moddalar (Fe
2
+ Mn
2
+
, NH
4
+ NO
2
+ SN
4
, N
2
va boshq.) oksidlanishining
kimyoviy va biokimyoviy jarayonlari, shuningdek, suv organizmlari nafas
olishi bilan bog‘liq. Kislorod iste’mol qilinishining tezligi suv harorati
ko‘tarilishi, kimyoviy va biokimyoviy tarzda oksidlanuvchi bakteriya va
boshqa suv organizmlari miqdorining ko‘payishiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Kislorod konsentratsiyasi oksidlanish-tiklanish potensial va ko‘p jihatdan
organik hamda noorganik birikmalarning kimyoviy va biokimyoviy
oksidlanishi yo‘nalishi va tezligini belgilab beradi.
Kislorodga kimyoviy extiyoj (KKE) yoki bixromat oksidlatish suv
namunasida mavjud va kuchli oksidlovchilar yordamida oksidlana oladigan
organik moddalar miqdorini belgilash imkoniyatini beradi va ushbu namunada
tarkibidagi barcha organik moddalar oksidlanishi uchun sarflangan
kislorodning mg/dm
3
birligi bilan ifodalanadi. KKE (XPK) - sanoat oqindi
80
suvlari ifloslanganlikning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Kislorodga biokimyoviy extiej (KBE) - aerob mikroorganizmlar
yordamida to‘liq biokimyoviy oksidlanishi uchun sarflangan kislorodning
mg/dm
3
da berilgan miqdori (bunda nitrifikatsiya uchun sarflangan kislorod
miqdori hisobga olinmaydi). KBE (BPK) — oqindi suvlar ifloslanganligining
asosiy ko‘rsatkichi. Amaliyotda 5 sutka davomida kislorodning qisman
iste’moli - BPK
5
- aniklanadi. Ifloslanish jihatlarini batafsil o‘rganish va
biologik tozalash inshootlarida organik moddalar oksidlanish tezligini
belgilash maqsadida BPK
20
aniqlanadi.
Suv iste’molchilarining (kommunal-maishiy, sanoat, qishloq xo‘jaligi)
aksariyati
uchun
asosiy
ko‘rsatkichlardan
biri-suvning
tabiiy
mineralizatsiyasi. Bu ko‘rsatkich daryodagi bevosita suv sarfiga va suv
oqimining suv rejimiga bog‘liq. Suv sarfining kamayishi oqibatida
mineralizatsiya darajasining keskin ortishi kuzatiladi va daryo oqimi minimal
bo‘lganida mineralizatsiya maksimal ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Bu hol,
ayniqsa, darslarning yengil eruvchi gidrokarbonat jinslar orasida joylashgan
suv yetkazib beruvchi gorizontlar vositasida ta’minlanishida yaqqol namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun, chuqurlikda joylashgan suv yetkazib beruvchi
gorizontlardan olinadigan suvlarning daryo suv oqimidagi ulushi qanchalik
ko‘p bo‘lsa, daryoning mineralizitsiya darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Uning minimal ko‘rsatkichi ortiqcha namlik mavjud zonalarda, maksimal
darajasi esa-namlik kam zonalarda kuzatiladi. Suv yetkazib beruvchi
gorizontlarning joylashish chuqurligi va o‘zanlaridagi erozion kirishi ham
aynan shu yo‘nalishda ortib boraveradi, shu bilan birga, erosti suvlarining
mineralizatsiyasi ham ortib boradi.
Suvning kimyoviy tarkibida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. 600
mg/dm
3
gacha bo‘lgan mineralizatsiya zonasida NSO
3
anionlari va Sa
+
kationlari ko‘p miqdorda bo‘lsa, mineralizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan
zonalarda NSO
3
, anionlari SO
4
2-
va Sl anionlariga o‘zgaradi, Sa
+
kationlari esa,
81
Na
+
Mg
2
+
nionlariga almashadi.
9.Suvning mineralizatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi
ekinlarini sug‘orish uchun juda muhmdir. Odatda, agar tarkibidagi erigan
tuzlar miqdori 1000 mg/dm
3
dan oshmasa, suv sug‘orish uchun yarokli
hisoblanadi. Lekin, janubiy hududlarda, namgarchilik kam bo‘lgani sababli,
bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘ladi, shuning uchun ham, suv sathi pasaygan,
ayni suv sathi pasaygan davrda sug‘orishga bo‘lgan extiyoj katta bo‘lgan
pallada ekinlarni sug‘orishda muammolar yuzaga keladi.
Sug‘orishdan keyingi qaytarma suvlarda tuproqdan yuvilib olinadigan tuz
va zaharli kimyoviy moddalar miqdori keskin ortadi. Ayrim sug‘orish
tizimlarida
kollektor-drenaj
suvlarining
mineralizatsiyasi
tabiiy
mineralizatsiya darajasidan 5-10 marotabaga oshib ketadi. Shu sababdan,
intensiv sugoriladigan hududlardagi daryo suvlarining mineralizatsiya darajasi
doimiy ravishda ko‘payib boradi.
10.Suvdan
ichimlik,
sanoat
va
xo‘jalik-maishiy
maqsadlarda
foydalanilganida uning Sa
2
+
va Mg
2
+ miqdori bilan o‘lchanadigan va mg-
ekv/l da ifodalaiuvchi qattiqlik darajasi katta ahamiyatga ega. Suvning
umumiy qattiqligi bartaraf qilinuvchi (qaynatish yordamida) va doimiy
qattiqliklaridan iborat. Doimiy qattiqlik, o‘z navbatida, qoldiq va bartaraf
qilinmaydigan qattiqlarga bo‘linadi. Agar umumiy qattiqlik 3 mg-ekv/dm
3
gacha bo‘lsa u holda bu suv shartli ravishda yumshoq, 9 mg-ekv/dm
1
dan ortib
ketsa qattiq, 9 mg-ekv/dm
3
dan ortib ketsa - amaliyotda qo‘llanila olmaydigan
o‘ta qattiq hisoblanadi. Umumiy qattiqlikdan tashqari, bartarf qilinadigan va
doimiy qattiqlik, ularning o‘zaro nisbati ham ahamiyatlidir. Odatda,
mineralizatsiya darajasi ortganda, umumiy qattiqlik ham ortadi.
Daryo suvlari yuza manbalar orqali taminlanganida suvning umumiy
qattiqligi ancha kamayadi. Shuning uchun ham, suv satxi minimal bo‘lgan
davrda daryodagi suvlarning qattiqligi maksimal darajada bo‘ladi. Suv
toshgan davrdagi suvning qattiqligi satx pasaygan davrdagidan 3-4 marta
82
kamayib ketadi.
Kalsiy ionlari, asosan, kam minerallashgan va gidrokarbonat toifasiga
mansub suvlarda ko‘p miqdorda kuzatiladi. Kalsiy miqdori to‘g‘risidagi
ma’lumotlar tabiiy suvlar kelib chiqishi, ularning kimyoviy tarkibining
shakllanishi masalalari va karbonat-kalsiy muvozanatini o‘rganish uchun
muhim hisoblanadi.
Magniy suvga achchiq, taxir ta’m beradi, shu sababdan ichimlik suvlardagi
magniy miqdori cheklanishi lozim. Magniy, xuddi kalsiy kabi suv qattiqligini
belgilagani uchun, bug‘ qurilmalarida undan foydalanishga nisbatan kat’iy
talablar joriy yetilgan - karbonatlar, sulfatlar va bir qator boshqa anionlar
mavjud bo‘lgan holatlarda, aynan, magniy tufayli o‘ta mustaxkam
qasmoq hosil bo‘ladi.
Magniy miqdori haqidagi ma’lumotlar tabiiy suvlar kelib chiqishi,
ularning kimyoviy tarkibining shakllanishini o‘rganish bilan bog‘liq
masalalarni hal qilishda muhm ahamiyatga ega.
11. Natriy va kaliy tabiiy suvlarning eng asosiy kimyoviy komponentlari
hisoblanadi. Tabiiy suvlar tarkibidagi natriy va kaliy miqdorini o‘rganish,
nafaqat geokimyoviy ahamiyatga, balki xalq xo‘jaligida tabiiy suvlardan
foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy nuktai nazarda asoslangan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ham o‘ta muhm hisoblanadi. Masalan,
ushbu elementlarning konsentratsiyalari va rejimiga asoslanib, ularning
umumiy konsentratsiyalarini aniqlash mumkin. Bu ko‘rsatkich esa, o‘z
navbatida, daryolar ifloslanganligini o‘rganish, suvlardan sug‘orish, sanoat
texnologik jarayonlarida foydalanish masalalarini hal qilishda o‘ta muhm
ahamiyatga ega.
12.
Yuza
suvlarining
aksariyatida
sulfatlar
mavjud.
Ularning
katta miqdori suv havzalariga organizmlar ulishi va er usti hamda suvdagi,
shu jumladan erosti suvlaridagi moddalar oksidlanishi jarayonida qo‘shiladi.
Suv havzalariga sulfatlar, shuningdek, to‘qimachilik, oyna, qog‘oz, sovun
83
ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va dalalarning oqindi suvlari bilan birga
tushadi. Suv tarkibida sulfatlar miqdori haqidagi ma’lumotlar suvlarni kelib
chiqishi, ularni ichimlik suvi sifatida, ekinlarni sug‘orish, gidrotexnik
inshootlarni qurishda qo‘llanilishini baholashda juda muhm.
13.
Xloridlar,
asosan, mineralizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan
suvlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Xloridlar miqdori ortganida, suvning ta’mi
yomonlashadi, ichimlik suvi sifatida va ko‘pgina texnikaviy va xo‘jalik
maqsadlar uchun yaroqsiz bo‘ladi. Suvlardagi xloridlar miqdori haqidagi
ma’lumotlar suvning tabiatdagi aylanishlari va tuz yig‘ilishi masalalarini
o‘rganish uchun zarur.
Sanoat-xo‘jalik maqsadlarda suvdan foydalanishda suv tarkibidagi biogen
birikmalarning to‘tgan o‘rni ahamiyatli
Do'stlaringiz bilan baham: |