Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


-MAVZU: TRANSPIRATSIYA VA UNING BIOLOGIK AHAMIYATI



Download 1,16 Mb.
bet24/127
Sana26.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#465429
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Bog'liq
majmua

4 -MAVZU: TRANSPIRATSIYA VA UNING BIOLOGIK AHAMIYATI.


Reja:

  1. O‘simlik hayotida transpiratsiyaning ahamiyati.

  2. Barg transpiratsiya qiluvchi organ.

  3. Transpiratsiya jarayoniga ta’sir etuvchi tashqi faktorlar.

  4. Transpiratsiyaning boshqariluvi

  5. Transpirasiya koeffisiyenti

  6. Transpirasiya jadalligi.

  7. Transpirasiya unumdorligi.



Tayanch iboralar: transpiratsiya, transpiratsiya koeffitsenti, transpiratsiya unumdorligi, mezofil, og‘izcha, kutikula, suv taqchilligi, antitranspirantlar, fenilmerkuratsetat, dodesenilsuksinat, absiz kislotasi, polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilxlorid.



  1. O‘simlik hayotida transpiratsiyaning ahamiyati.

O‘simliklar tanasi orqali suvning bug‘lanishi transpiratsiya deyiladi. Transpiratsiya o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biridir. Asosiy transpiratsiya organi bargdir. O‘simliklar yuzasining kattaligi CO2 ning ko‘p yutilishi, yorug‘lik energiyasidan samarali foydalanish va suv bug‘latuvchi yuzaning keng bo‘lishini ta’minlaydi. Suv barg yuzasidan asosan og‘izchalar orqali bug‘lanadi. Buning natijasida barg hujayralarida suv miqdori kamayadi va so‘rish kuchi ortadi. Barglarda so‘rish kuchining ortishi o‘z navbatida barg tomirlari va naylaridan suvni tortib olish jarayonini faollashtiradi. Yuqoridan tortib oluvchi kuchning paydo bo‘lishi o‘simlik tanasi bo‘ylab suv harakatini yana tezlashtiradi. Shunday qilib, yuqoridan harakatta (tortuvchi) keltiruvchi kuch transpiratsiya natijasida vujudga keladi. Transpiratsiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo‘ladi. Transpiratsiya faolligi haroratga, o‘sim lik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bog‘liq. Ularni bir-biri bilan solishtirish va o‘rganish uchun transpiratsiya jadalligi degan tushuncha mavjud. Transpiratsiya jadalligi deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug‘latilgan suv miqdoriga aytiladi. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun transpiratsiya jadalligi o‘rtacha bir soatda kunduzi 15-250g/m2, kechasi 1-20 g/m2 ga teng bo‘ladi. Ayrim hollarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lishi ham mumkin. O‘rta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida g‘o‘zaning transpiratsiya jadalligi 450-1200 g/m2 gacha ko‘tarilishi mumkin.
Suvdan unumli foydalanish o‘simlik organizmining eng muhim xususiyatlaridan biridir.Bu xususiyat ma’lum miqdorda kuruq modda hosil qilish uchun sarflangan suv miqdori bilan belgilanadi va transpiratsiya koeffitsienti deb ataladi. YA’ni 1 g organik modda hosil qilish uchun sarflangan suvning miqdori—transpiratsiya koeffitsienti deyiladi. Bu ko‘rsatkich ham juda ko‘p omillarga bog‘liq. Masalan, g‘o‘zaning xar xil navlari o‘rtasida 891 dan 1040 g.gacha (Iton, 1955), g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish jarayonida 600 dan 1420 g.gacha bo‘lishi mumkin (Rijov, 1948). Umuman, ko‘pchilik o‘simliklar uchun bu son 125- 1000 g, o‘rtacha esa 300 g bo‘ladi, ya’ni bir tonna organik modda olish uchun 300 tonna suv sarflanadi. Transpiratsiya unumdorligi deb 1000 g sarflangan suv hisobiga hosil bo‘lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Bu ko‘pchilik o‘simliklar uchun 1-8 g.ga teng, o‘rtacha 3 g atrofida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, butun o‘simlik tanasi orqali bug‘langan suvning 99,8 foizi transpiratsiyaga, qolgan 0,2 foiz organik modda hosil qilish uchun sarflanadi.
Transpiratsiya murakkab biologik hodisa bo‘lib, o‘simliklar hayotida har tomonlama katta rol o‘ynaydi. Masalan, g‘o‘za qancha tez o‘ssa va transpiratsiya jadalligi yuqori bo‘lsa, u suvdan shunchalik unumli foydalanadi. O‘simliklar hayotida transpiratsiya serqirrali ahamiyatga ega. Asosan u suv va har xil moddalarni o‘simlik tanasiniig pastki qismidan yuqorisiga tomon harakatta keltiradi. Transpiratsiya natijasida so‘rish kuchining hosil bo‘lishini tajribada ko‘rish mumkin. Buning uchun 2-3 bargli shoxchani kesib olib, pastki qismini suvli idishga solib qo‘yilsa, u idishdagi suvni so‘ra boshlaydi. Suv barglar orqali qancha tez bug‘lansa, idishdagi suv ham shuncha kamaya boradi. Agar shoxchadagi barglar kesib tashlansa, suvnint sarflanishi ham to‘xtaydi.
Umuman, transpiratsiyaning so‘rish kuchi o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Daraxtsimon o‘simliklarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori. O‘tchil o‘simliklarda esa aksincha, ildiz bosimi yuqori, lekin shunga qaramay transpiratsiyaning so‘rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega. Transpiratsiya o‘simliklarni yuqori harorat ta’siridan saqlaydi. Odatda transpiratsiya tufayli o‘simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha daraja past bo‘ladi. Biroq ayrim o‘simliklarda yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin. Masalan, saxrolardagi o‘simliklar barglarining harorati kuyoshning kuchli issiqlik energiyasini yutishiga qaramasdan, soyadagi barglarga nisbatan 6-7oS ga ko‘p. Bu esa yozning issiq kunlarida o‘simlikning butun hayotiy jarayoni uchun katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa, fotosintez uchun qulay sharoit yaratiladi. Chunki og‘izchalarnint ochig‘ligi CO2 ning o‘zlashtirilishini faollashtiradi. Protoplazma kolloid mitsellalarining xloroplastlar tuzilmasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi bo‘ladi.
Agar suv y yetishmasligi oqibatida transpiratsiya jadalligi pasaysa yoki to‘xtab qolsa, o‘simlik harorati tez oshib ketadi. Bu esa undagi barcha jarayonlarning o‘zgarib ketishiga olib keladi. Protoplazmaning kolloid hossasi buziladi, fotosintez to‘xtaydi, nafas olish tezlashadi. Bu uzoqroq davom etsa o‘simliklar nobud bo‘ladi.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish