Arman gulxayrisi-Althaea armeniaca Ten.
Ko‘p yillik, poyasi 80-150 sm balandlikda, yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Barglari besh bo‘lakli, bandli. Gullari barg qo‘ltig‘idan chiqadi. Tojibarglari kosachasidan 2-2.5 marotaba uzun. Tojibarglari pushti rangda, ustki qismi o‘yiqli. Urug‘lari yulduzsimon tuklar bilan qoplangan.
Iyun-avgustda gullab, iyul-sentyabrda urug‘lari etiladi. Ekinlar atrofida, tog’‘ oldi tumanlarida, yyer osti suvi yaqin bo‘lgan joylarda o‘sadi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘sadi.
Tibbiyotda ildizi qo‘llaniladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda shilliq moddalar, kraxmal, pektin moddalar bor. Ildizining preparatlari (kukuni, damlamasi, quruq ekstrakt, sharbati) va mukaltin balg‘am ko’chiruvchi, yumshatuvchi, qoplab oluvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida nafas olish yo‘llari shamollashi hamda me’da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Maydalangan ildizi nafas yo‘llari shamollaganda ishlatiladi.
Oq tut ( baliq tut, ilon tut)-(shelkovitsa)-Morus alba L.
Ko‘p yillik, syershox balandligi 10-15 m bo‘lgan daraxt. Barglari 2-3 sm.li bandlarga ega yaproqlarini chetlari tishchali buyraksimon-panjasimon qirqilgan. Yerkak gullar alohida kuchalada joylashgan bo‘lib 1.5-2 sm. ni tashkil etadi. Urg‘ochi gullari tuxumsimon, zich joylashgan gullardan iborat. Mevalari qora, oq, pushti ranglarda bo‘ladi. Aprelda gullab, mayni oxirida mevalari pishib etiladi.
Tog’‘li hududlarda dengiz sathidan 1500 m bo‘lgan balandliklarda iyun-iyulda mevalari etiladi.
Tut mevasi xalq tabobatida qonni tozalovchi, qonni ko‘paytiruvchi, siydik haydrvchi vosita sifatida, yurak ishini yaxshilash va isitmani tushirish uchun qo‘llaniladi. Yurak mushaklari kichik tortib ketgan miokardiodistrofiyani oq tut mevasi bilan davolanganda ancha yaxshi natijalar byergan.
Farg‘ona chunfuti (sutlamasi)-Euphorbia fyerganensis ( B.Fedtch) Prokh.
Ko‘p yillik, balandligi 30-75 sm. Yosh o‘simliklar tuklar bilan qoplangan. Ildizi tuganaksimon, yo‘g‘onligi 4 sm. Poyasi bittadan, tik o‘suvchi, yo‘g‘on o‘rta qismidan shoxlangan. Barglari butun, tezda to‘kilib ketuvchi, 4-5-7 sm uzunlikda va eni 2-3-4 sm. Soyaboni uzunchoq barglari 2-5 sm uzunlikda, ingichka va eni 1,5-4 sm. Soyabonchasi 3 nurli shoxlagan. Qoplovchi barglari keng qo‘ng‘iroqsimon 5 mm uzunlikda, ingichka. Ko‘sagi sharsimon, 6-10 mm uzunlikda va eni 7-11 mm, kuchsiz egatchali, kam tukli. Urug‘i uzunchoq to‘rtqirrali 5-6 mm uzunlikda, kulrang-yashil. May-oktyabr oylarida gullab urug‘laydi. Tog’‘ oldi qismidagi qurg‘oqchil, toshloq joylarida o‘sadi. Andijon viloyati (Qo‘rg‘ontepa) da tarqalgan.
Ildizini qaynatmasidan va ildizidan qichima xastaligida qo‘llaniladi. Shirasi tyeridagi tuklarni to‘kadi. Ildizidan surgi dori sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |