Papov tog’‘qoramig‘i-Linaria Popovii Ko’prian.
Ko‘p yillik, poyalari 2-3 tadan, ayrim hollarda ko‘p sonli, shoxlangan, 25-70 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, 3-4 sm uzunlikda va eni 2-4 mm. Shingili ko‘p gulli. Kosachasi 2-3 mm uzunlikda. Tojbarglari 10-13 mm uzunlikda, och sariq, qo‘ng‘ir rangdagi, pixi to‘g‘ri bo‘kilmagan. Ko‘sakchasi 5-6 mm enlikda. May-iyunda gullab urug‘laydi. Tog’‘larning old qismidan to o‘rta qismigacha bo‘lgan toshli, shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
O‘t haydovchi, qabziyatda, siydik haydovchi, tyerlatuvchi sifatida qo‘llaniladi.
Sharq takasoqoli-Dodartiya vostochnaya-Dodartia orientalis L.
Ko‘p yillik, bargsiz, poyalari ko‘p sonli, ko‘p shoxlangan, balandligi 25-40 sm. Ostki barglari qarama qarshi joylashgan, mayda, uzunchoq o‘troq, tezda qurib qoladi. Shingildagi gullari 3-7 gulli, siyrak, o‘troq, kosachasi 3 mm uzunlikda, uchli, uchburchaksimon tishchali. Tojibargi 16-22 mm uzunlikda, to‘q binafsha rangda, tashqi tomoni tuksiz, ko‘sagi sharsimon 4 mm. May-iyunda gullab, iyul-avgustda urug‘lari yetiladi. Tog’‘larning old qismi va o‘rta mintaqalarda, yo‘l yoqasida, ekinzorlarda begona o‘t sifatida o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
O‘simlikning yyer ustki qismini maydalab quritib damlama tayyorlanib, so‘ng zaxm (sifilis) ni davolashda qo‘llaniladi.
Dala sovun o‘ti-Anagallis arvensis L.
Bir yillik, tuksiz, och yashil, ko‘p poyali, to‘rt qirrali, balandligi 5-25 sm. Barglari yumoloq avalsimon, 10-20 mm uzunlikda va eni 6-10 mm. Gullari 14-20-25 mm uzunlikdagi bandlarga ega. Kosachasi 3,5-5 mm uzunlikda. Tojbarglari pushtisimon-qizil, 10-13 mm diametri, urug‘chasi 5 mm diametrga ega. Aprel-may oylarida gullab, may-sentyabrgacha urug‘lari yetiladi. Ariqlarni qirg‘oqlarida, ekinzorlarda, o‘rmonli tog’‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida yyer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida saponinlar, flavonoidlar, qandlar, oshlovchi moddalar bor. Yyer ustki qismidan tayyorlangan damlamasi jigar, buyrak-tosh, nafas qisish, o‘pka sili va to‘tqanoq, kasalliklarini davolashda hamda o‘t va siydik haydovchi, hamda surgi dori sifatida qo‘llaniladi, u bilan turli yiringli yaralar yuviladi. Uning shu xususiyatidan kelib chiqib, ilmiy tibbiyotda mana shu damlasidan buyrak, siydik yo‘llari va qovuqdagi toshlarni tushirishda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |