Tog’‘piyoz (Allium pskemense V. Fedtsch.) piyozguldoshlar oilasidan, bo‘yi 40— 100 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Piyozi sharsimon, yo‘g‘onligi 3—6 sm, qoramtir po‘stloq bilan 'o‘ralgan. Ba’zan uni ochganda bittadan yumshoq piyozchalar ajraladi. Barglari 4—6 ta, qayishsimon, eni 2—3 sm, chetlari silliq, ost tomoni siyrak tukchali. Tog’‘piyoz mart oyining boshlarida ko‘karadi. U dastlab ikkita barg hosil qiladi. Bu piyoz har yili faqat barglar hosil qilib, 4—5 yildan keyin poya byeradi. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari poyaning uchki qismida oddiy soyabon shaklidagi to‘pgullarni hosil qiladi. Gullari mayda, gulqo‘rg‘oni oltita oqish gultojibargdan iborat. Poyasining ichki qismi kovak bo‘ladi. Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Ko‘sakchasi sharsimon, eni 5 mm keladi. Qora rangli urug‘idan yaxshi ko‘karadi. Tog’‘piyoz pastki tog’‘da ko‘p uchraydi. Uni kishilar qadimdan iste’mol qilib, turli kasalliklar (ayniqsa shamollash) ni davolashda keng foydalanib kelgan. O’zbekistonda piyozlar turkumining 100 dan ortiq turi bor. Ularning ko‘pi yovvoyi holda o‘sadi va mahalliy xalqlar tomonidan keng foydalanib kelinadi. Uni gyerbariyga olganda piyozni o‘rab to’rgan pastki qismini shilib yubormasdan ehtiyotlik bilan olish kyerak. Chunki yovvoyi piyozlar bir-biriga o‘xshash. Ularni aniqlaganda ana shu po‘sti orqali ham ba’zi belgilarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Oqqayin, sugalli qayin-Betula pendula Roth (vyerrucosa Ehrh.)
Ko‘p yillik, daraxt. Poyasi oq, barglari oddiy rombiksimon-tuxumsimon, 7-8 sm uzunlikda ba’zilari 4-5 sm. Barglining bandi 2-3 sm. Urug‘ hosil qiluvchi kuchalasi 4 sm gacha.Oqqayin yong‘oqlari tuxumsimon 2 mm uzunlikda va eni 1 mm uzunlikka yetadi. Aprelda gullab urug‘lari oktyabrda yetiladi. Tog’‘larda, tog’‘ jilg‘a va daryolari qirg‘og‘ida, bo’loqlar atrofida, tog’‘ning o‘rta mintaqalarida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida va shaharlarda bog‘larda o‘stiriladi.
Tibbiyotda kO’rtagining efir moyi tarkibida betulen, betulol, karioflen va tyerpenoidlar bor. KO’rtak va barg damlamalari siydik haydovchi vosita sifatida istisdo kasalligini davolashda qo‘llaniladi, bargining damlamasi yana avitaminozlarda, kO’rtak damlamasi o‘t haydovchi vosita sifatida xoletsistitda ishlatiladi. Qayin daraxtining qatroni vishnevskiy surtmasi tarkibida yaralarni, vyalkinson surtmasi tarkibida qo‘tir va tyeri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |