Cho‘ziq bargli dala choy-Hypyericum elongatum Lebed.
Ko‘p yillik, yo‘g‘on ildizli, ildizi yog‘ochlashuvchan, 10 mm yo‘g‘onlikda. Tomiri ko‘p sonli, balandligi 40-50 sm, oddiy, ba’zan shoxlanuvchan tuksiz. Barglari qarama-qarshi joylashgan, nashtarsimon, uzunligi 15-20 mm va eni 4-6 mm, kalta tutqichli, tuklangan. Gul to‘plami poyaning uchki qismida supurgisimon, bargsiz, 40 sm uzunlikda. Kosachasi tuksiz 2-4 mm uzunlikda. Tojbargi teskari tuxumsimon, 13-15 mm uzunlikda va eni 4-6 mm, chetlarida nuqtali qora dog‘i bor. Ko‘rakchasi 6-9 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgustda etiladi. Toshli va shag‘alli tuproqlarda, tog’‘larni o‘rta mintaqalarida uchraydi. Toshkent viloyatida tarqalgan.
Tibbiyotda yyer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida ko‘p miqdorda oshlovchi moddalar, efir moyi, flavonoidlar (kvyersetin, gipyerozid, rutin) karotin, vitamin C, organik kislotalar, gipyeritsin moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi bilan surtmasi (nastoykasi) burishtiruvchi, antiseptik vosita sifatida, me’da-ichak (kolit, ichketar), og‘iz bushlig‘i yallig‘lanishi (miningit, stomatit) kasalliklarni davodashda qo‘llaniladi. Yyer ustki qismining moyli ekstrakti me’da va ichak yarasi kasalligiga va yaralarga davo qilinadi.
Dala itgunafsha-Vyeronika arvensis L.
Bir yillik, poyasi oddiy, balandligi 5-10 sm. Bargi juda qisqa bandli, yuraksimon, to‘lqinsimon, gul oldidagilari o‘troq. Gullar to‘plami boshoqsimon siyrak. Gul tutqichlari kosachasidan kalta. Tojbarglari ochiq havorang. Ko‘sakchasi kosachasidan oz-moz kalta, 3,5 mm enlikda, teskari yuraksimon. Urug‘lari 15-20 ta, tuxumsimon, mayda, burishgan. Aprel-may oylarida gullab, urug‘lari yetiladi. Tog’‘ oldi tumanlaridagi tuproqli joylarda o‘sadi. Toshkent, Samarqand va Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan.
Tamoq og‘rig‘ida, qon tupirishda, revmatizmda, qichimada va surunkali tyeri yaralarida ishlatiladi. Choy sifatida shamollaganda, tamoqdagi xirrillashlarga ichiladi.
Djung‘or sigir quyrug‘i-Vyerbascum songoricum Schrenk.
Ikki yillik, qalin tuklar bilan qoplangan, balandligi 60-150 sm. Poyasi yirik bo‘lib o‘rta qismidan shoxlanuvchi. Ildiz bo‘g‘izidagi barglari o‘troq yoki juda qisqa bandli, yaproqlarni har ikki tomoni ham tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 15-40 sm va eni 3,5-12 sm uzunchoq nashtarsimon, chetlari tekkis. Gullari (2)-7 ta dan shoxchalarda joylashgan. Kosacha bargi 6-9,5 mm uzunlikda 3-4 qismgacha bo‘lingan. Tojbargi sariq, diametri 25-32 mm. Ko‘sakchasi 5-7,5 mm uzunlikda va eni 0,5 mm. Iyun-avgustda gullab, urug‘lari iyul-sentyabrda yetiladi. Tog’‘ oldidan to tog’‘ni o‘rta qismigacha o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Gul va bargini damlamasidan balg‘am ko‘chiruvchi, surgi, tyerlatuvchi, siydik xaydovchi, yurak sanchig‘ida, tubyerkulozda qo‘llaniladi. Bundan tashqari baliq tutish uchun ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |