Joy relefining iqlimga ta’siri. O‘zbekiston iqlimiga xos bo‘lgan xususiyatlar-serquyoshlik, kontinentallik, qurg‘oqchilik respublikaning tekislik qismida yaqqol namoyon bo‘ladi. Tog’‘lik qismida esa joyning dengiz sathidan balandligi, yon bag‘irlarning Quyoshga nisbatan qanday joylashganligi, tog’‘ vodiylarining chuqurligi va kengligi, ularning nam shamollarga nisbatan qanday joylashganligi, relefning yana boshqa xususiyatlari iqlimning shakllanishi uchun tekislikdagidan farq qiluvchi o‘ziga xos sharoit yaratadi. Toqqa ko‘tarilgan sari havo tozalanadi, siyraklashadi va tiniqlashib, Quyosh nurining ta’siri kuchayadi, havo bosimi kamayadi, harorat pasayadi, yog‘inlar, ayniqsa qor ma’lum balandlikda ko‘p yog‘adi, qor qoplamining saqlanish davri uzayadi, radiatsiya balansi kamayadi, shamol kuchayadi. Tog’‘ tizmalari havo oqimlari yo‘lini to‘sib, nam yoki qurg‘oqchil, iliq yoki sovuq iqlim tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Tog’‘ relefi ta’sirida o‘ziga xos tog’‘-vodiy havo sirkulyasiyasi vujudga keladi, bahor, yoz boshlanishi kechikadi, kuz, qish erta keladi. Yoz qisqa, salqin bo‘ladi, qish uzoq davom etadi. Ammo O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan umumiy iqlimiy xususiyatlar tog’‘larda ham asosan saqlanib qoladi. Lekin iqlimdagi keskinlik kamayadi. O‘zbekiston iqlimining shakllanishida O‘rta Osiyoning janubida orografik to‘siqning mavjudligi, shimolda, shimoli-g‘arbda bunday to‘siqning yo‘qligi katta ta’sir ko‘rsatadi.
4-mavzu: Introduksiya qilingan dorivor o’simliklar bioekologiyasi
Reja
1.Introduksiyaning rivojlanishi, maqsad va vazifalari.
2.Introduksiya usullari
3.Chet el florasidan introduksiya qilingan dorivor o‘simliklar (Qovoq, Tukli erva, Ortosifon, Amarant).
Introduksiyaning rivojlanishi, maqsad va vazifalari.
Hozirgi vaqtda dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining dorivor vositalarni tabiiylashtirish va dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan extiyojni qondirish dolzarb vazifalardan biridir. Butun jaxon Sog‘likni Saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud dori-darmonlarning 60% ni dorivor o‘simliklar xom-ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi.
Respublikamizda ham mahalliy dorivor o‘simlikshunoslikni rivojlantirish soxasida ko‘pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabi imkon darajasida qondirilib kelmoqda.
Bu talab ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, zaxiralari kamayib ketayotgan turlarni ko‘paytirish va madaniylashtirish.
2. Chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish, ularning bioekologik hususiyatlarini o‘rganish, yetishtirish usullarini ishlab chiqib, plantatsiyalar barpo etish.
Amalga oshirilgan ilmiy va amaliy ishlar asosida tog’‘, tog’‘ oldi adirliklari va sug‘oriladigan maydonlarda dorivor o‘simliklar o‘stirish, ko‘paytirish va yetishtirish usullari ishlab chiqildi va ihtisoslashtirilgan xo‘jaliklarga tavsiyanomalar berildi.
Dorivor o‘simliklarni introduksiyasi quyidagilarni ta’minlashdan iborat:
-birinchidan dorivor o‘simliklarni O‘zbekiston iqlim va tuproq sharoitiga introduksiya qilish va introduksiya natijalari asosida O‘zbekiston iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan o‘simliklarni tanlash;
-ikkinchidan, introdutsent dorivor o‘simliklardan xom-ashyo manbai sifatida foydalanish va farmasevtika sanoatini chet el florasiga mansub dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasi bilan ta’minlashdan iborat.
Shu maqsadda O‘zbekiston olimlari tomonidan dorivor o‘simliklarning introduksiyasi soxasida sug’oriladigan, lalmi va sho‘r yerlarida qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi (K.Xodjaev, Yu.Murdaxaev, B.Tuxtaev).
1970-1991 yillar davomida O‘zR FA Botanika institutida akademik K.Z.Zokirov rahbarligida silliq shirinmiyaning sho‘r tuproqlarda biomeliorativ (o‘zlashtiruvchi) hususiyatlari aniqlandi. Shuningdek, o‘simlik vegetativ holda ko‘paytirilganda sho‘rlanishga o‘ta chidamli ekanligi, sho‘r tuproqlarda silliq shirinmiya va paxtani almashlab ekilish mumkinligi ilmiy jixatdan isbotlandi.
O‘zbekistonning iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklarning introduksiyasi, ularning bioekologik hususiyatlari, hosildorligi va xo’jalik ahamiyati bo‘yicha ma’lumotlar mavjud (K.Xodjaev, Yu.Murdaxaev, T.Safarov va). Sho‘r yerlarga dorivor o‘simliklarning kompleks ravishda introduksiyasi birinchi marta B.To’htayev tomonidan tadqiq qilingan.
Introduksiyaning maqsadi: O‘zbekiston turli iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklarni turlarni tanlash, o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash va bioekologik hususiyatlarini o‘rganish hamda ularning ekin maydonlarini barpo etish va xom ashyo ba’zalarini yaratish.
Introduksiyaning vazifalari:
-dorivor o‘simliklarni turli iqlim sharoitlariga introduksiya qilish (bioekologik hususiyatlarini va rivojlanish ritmini o‘rganish);
-dorivor o‘simliklarning moslashish darajasini aniqlash va istiqbolli turlarini tanlash;
-dorivor o‘simliklar ekin maydonlarini yaratish;
-bioekologik hususiyatlarini aniqlash;
-dorivor o‘simliklarni introduksion tahlil qilish;
-dorivor o‘simliklarni introduksion baxolash;
Introduksiyaning nazariy va amaliy ahamiyati: - O‘zbekiston iqlim va tupoq sharoitlariga introdusentlarni chidamlilik darajasiga nazariy va amaliy jixatdan yondashadi.
-dorivor o‘simliklarni bioekologik hususiyatlarini o‘rganiladi.
-dorivor o‘simliklarni introduksion tahlil qilish va introduksion baholanadi.
-introduksiya qilingan dorivor o‘simliklarning istiqbolli turlari tanlanadi va ishlab chiqarish uchun joriy etiladi.
Joriy qilinishi. Dorivor o‘simliklarni introduksiyasi ixtisoslashgan o’rmon xo‘jaliklariga joriy etilgan. Xususan, Namangan viloyatida - “Ibn Sino”, Qashqadaryo viloyatida - “Kushtol” dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun ixtisoslashgan xo‘jaliklari, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida - “Dorivor o‘simliklar” MChJ va “Zamona – Ra’no” xususiy korxonasi, Navoiy viloyatida - “Jabbor” xususiy korxonasi, Buxoro viloyatida - “Muhammad al - Alizoda” xususiy korxonalari va Farg’onada “Mehrigiyo” agrofirmalarida joriy qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |