O‘simliklar biologiyasi va ekologiyasining
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Ekologlar ayrim faktorlarni, ya’ni temperatura (har orat), yorug‘lik, namlik va boshqalarni o‘rganish uchun tegishli metodlardan foydalanishi kerak; buning uchun esa ular hamma vaqt fizika, kimyo, meteorologiya, klimatologiya, tuproshunoslik bilan bog‘liq xolda ish ko‘rishiga to’g‘ri keladi. Keyingi vaqtlarda matematika va EXM dan foydalanish ham kuchayib bormoqda.
O‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi biologiya fanlaridan fiziologiya fani bilan chambarchas bog‘liq. Lekin fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar qat’iy nazorat qilinadigan sharoitda o‘tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o‘zgarib turadigan tabiiy sharoit bilan bog‘liq holda ish olib boradilar. O‘simliklarni tabiiy sharoitda boshqa organizmlardan yakkalab qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan tur bilan konkurentlik qiladigan boshqa turlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olishi kerak. Bu esa kuzatish olib borishni ancha murakkablashtirib yuboradi, chunki mazkur turning xayot kechirishi uchun o‘rganilayotgan muhit faktorlariga qaraganda biotsenozda qatnashayotgan boshqa vakillar katta rol o‘ynaydi. Fiziologlar yaratgan qonuniyatlar tabiatda boshqacha namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ekologiya, ayniqsa amaliy ekologiya xalq xo‘jaligi uchun muhim aham iyatga ega. Shu bilan bir vaqtda ko‘pchilik fiziologlar (L.A.Ivanov, V.N. Lyubimenko, N.A.Maksimov va boshqalar) bevosita tabiatda kuzatish olib borganlar.
Ekologiyaning biogeografiya bilan bog‘liqligi aniq, chunki o‘simliklar ekologiyasining o‘zi fitog’eografiyadan kelib chiqqan, lekin turning muhit bilan o‘zaro munosabati ekologlar uchun muhim hisoblanadi. Agar fitog’eografiyani turlar tanlab olingan ikkita joy orasidagi farq qiziqtirsa, ekologlar esa yashash joyining o‘zidagi farqlar sababini o‘rganadi. Agar fitog’eograf, odatda sistematik (taksonomik) birliklar bilan ish olib borsa, ekolog o‘simliklarning xayotiy formalari, ekobiomorflar, ekotiplarga e’tibor beradi. Yana ekologik turning evolyusiyasi, tarixiy dinamikasi masalalari qiziqtirganidan ekologiya, paleontologiya va paleoekologiya bilan ham bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Geobotaniklar o‘simliklarni o‘rganishda ekologik masalalarni priborlar yordamida o‘rganishga katta ahamiyat bera boshladilar. Keyingi o‘n yilliklarda o‘simliklarning ekologik anatomiyasi va ekologik morfologiyasi yuzaga keldi. Sistematika, odatda, statika bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ekologni esa fiziologik protsesslarga asoslangan dinamika qiziqtiradi. Lekin ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan ob’ektning filogenetik sistemadagi xolatini aniq bilishi kerak. Ikkinchi tomondan, ekologiya sistematikaga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |