Dorivor preparatlari. Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me‘da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar-choylar tarkibiga ham kiradi.
KAMFORA DARAXTI
O‘simlik nomi. Lavrdoshlar – Lauraceae oilasiga kiradi. Bo‘yi — 15–30, ba’zan 50 m ga yetadigan doim yashil daraxt. Po‘stlog‘i och yoki to‘q kulrang bo‘lib, biroz yorilgan. Yosh shoxlari yashil va silliq. Bargi oddiy, tuxumsimon, qalin, bazan elliðssimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali, ustki tomoni yashil, pastki tomoni esa och yashil bo‘lib, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Barglarida mayda nuqtaga o‘xshash efir moyi saqlaydigan joylar bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, oqsariq, ro‘vakka to‘plangan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, tojsimon, olti bo‘lakka qirqilgan, otaligi 12 ta (to‘rt aylana shaklida joylashgan), onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – sharsimon, qora-ko‘k rangdagi danakli meva. May – iyun oylarida gullaydi, mevasi noyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani Yaponiya, Xitoy va Koreya. Kavkazning Qora dengiz qirg‘oqlarida o‘stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Barg tarkibida 0,8-1,8%, shoxchalarida 0,8–2%, yog‘och qismida 4,22%, ildizida 8% efir moyi bo‘ladi. Yaponiyada efir moyi kamfora daraxti ildizidan, yog‘och qismidan, po‘stlog‘idan va shoxlaridan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Kavkazda esa kamfora plantatsiyalarini saqlab qolish maqsadida, efir moyi syerbargli shoxchalardan olinadi. Plantatsiyalarda o‘stiriladigan kamfora daraxtidan kamfora olish uchun uning shoxlarini bir yilda ikki marta (iyundan avgustgacha va oktyabrdan fevralgacha) kesiladi. Kamfora daraxtining sarg‘ayib to‘kilgan barglari tarkibida efir moyi ko‘p bo‘ladi. Zavodlarda kamfora daraxtining shoxchalaridan suv bug‘i bilan haydab efir moyi olinadi. Efir moyi sovitilsa, uning stearopteni – kamfora kristall holda ajraladi. Bu kamfora pressda siqiladi va filtrlab ajratib olinadi. So‘ngra quruq haydash usuli bilan tozalanadi.
Ishlatilishi. Kamfora yurak-tomir sistemasi kasalliklarida ishlatiladi. Is gazi, narkotiklar va uyqu dorilaridan zaharlanganda hamda og‘ir yuqumli kasalliklardan so‘ng yurak-tomir sistemasi ishini va nafas olish jarayonini qo‘zg‘atuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Ba‘zan kamforaning yuqoriroq dozasi asab kasalligini davolashda ham ishlatiladi. Kamfora surtmasi hamda kamforaning moydagi va spirtli yeritmalari mushaklar og‘riganda, bod va boshqa kasalliklarda tananing og‘rigan yyeriga surtiladi. Kamfora monobromid markaziy nyerv sistemasini tinchlantiruvchi moddadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |