Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet48/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Kimyoviy tarkibi. Qubba tarkibida 0,5—2% efir moyi, 40% qand, 9,5% gacha smola, bo‘yoq va pektin moddalar, yog‘ hamda olma, chumoli va sirka kislotalari bo‘ladi.
Ishlatilishi. Qubba preparatlari siydik haydovchi, siydik yo‘llarini dezinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi hamda ovqat hazm qilish jarayoniga yordam byeruvchi dori sifatida ishlatiladi. Efir moyining yeritmasi va surtmasi bod kasalliklarida tyeriga surtiladi. Bu moy baktyeritsidlik xususiyatiga ega. Qubba oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Damlama, efir moyining spirtdagi yeritmasi va surtmasi. Qubba siydik haydaydigan yig‘ma-choylar tarkibiga kiradi.
VALYERIANA
O‘simlikning nomi. Dorivor valyeriana (kadi o‘t) — Valyeriana officinalis L., valyerianadoshlar — Valyerianaceae oilasiga kiradi. Valyeriana ko‘p yillik, bo‘yi 2 m ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qisqa va ko‘pgina mayda ildizchalar bilan qoplangan bo‘lib, yyer ostida tik joylashgan. Ildizpoyadan birinchi yili ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yildan boshlab poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, mayda qirrali, shoxlanmagan (ba’zan yuqori qismi shoxlangan), ichi kovak, yuqori qismi tuksiz, pastki qismi esa tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, toq patli-ajralgan, 4—11 juft segmentlar (bo‘lakchalar) dan iborat. Ildizoldi barglari uzun bandli, poyadagi barglar bandi esa poyaning yuqori qismiga yetgani sari qisqara boradi. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, hidli, poya uchida qalqonsimon yirik ro‘vakka to‘plangan. Kosachabarglari gul ichiga qarab qayrilgani sababli aniq bilinmaydi. Gultojisi voronkasimon, besh bo‘lakli, uchi ichkariga qayrilgan, oq yoki pushti rangli, otaligi 3 ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — cho‘ziq tuxumsimon, och qo‘ng‘ir pista. May oyining oxiridan boshlab avgust oyigacha gullaydi.
Geografik tarqalishi. Valyeriana polimorf (bir-biriga juda o‘xshash yaqin shakllari ko‘p bo‘lgan) o‘simlik. Uning yaqin shakllarini ba’zan mustaqil tur deb ham hisoblanadi. Ular ma’lum geografik va ekologik hududlarga moslangan bo‘lib, o‘zaro ildizpoyaning katta-kichikligi, shakli, barg plastinkasining ko‘rinishi, tuklanish darajasi, gul rangi va boshqalar bilan farqlanadi. Bu o‘simliklar ichida keng tarqalganlari va umumiy bitta nom — dorivor valyeriana, (Valyeriana officinalis L.) nomi bilan yuritilib, ildizpoyasini ishlatishga ruxsat etilganlari quyidagilar: botqoq valyerianasi (V. palustris Kreyyer.), yaltiroq valyeriana (V. nitida Kreyyer.), rus valyerianasi (V. rossica Sm.), novdali valyeriana (V. stolonifyera Czyern.) va boshqalar. Valyeriana tarqoq holda bo‘lsa ham keng tarqalgan o‘simliklarga kiradi. U O‘rta Osiyo cho‘li va Sibirning Shimoliy qismidan tashqari hamma hududlarda uchraydi. Asosan, nam yyerlarda, o‘rmon yoqalarida, ariq bo‘ylarida, butalar orasida, o‘tloqlarda va boshqa yyerlarda o‘sadi. Uni tayyorlash joylari — Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Belorus respublikalari, Rossiya (Tatariston va Boshqirdiston respublikalari; Ulyanov, Rostov, Voronej va Tambov viloyatlari) ning ayrim tumanlari. Yovvoyi holda o‘sadigan valyeriana talabni qondirmaydi va u tarqoq holda o‘sgani uchun mahsulotni yig‘ish qimmatga tushadi. Shuning uchun valyeriana Boltiqbo‘yi yoki dengizi atrofi, Ukraina, Moldova va Belorus respublikalaridagi, Voronej, Moskva, Novosibirsk va Kirov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi va Uzoq Sharqdagi ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. Yovvoyi holda o‘sadigan valyeriananing mevalari pishib to‘kilgandan so‘ng (valyeriananing tabiiy sharoitda ko‘payishi uchun) yyerostki qismi kovlab olinadi.
Yovvoyi holda o‘sadigan valyeriananing ildizpoyasi va ildizi plantatsiyalarda o‘stiriladiganlariga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Yovvoyi valyeriana ildizpoyasining uzunligi 1—3 sm, diametri 1—2 sm, ildizining uzunligi 4—8 sm, diametri 1—2 mm, plantatsiyada yig‘ilgan ildizpoyaning uzunligi esa 5 sm, diametri 3 sm, ildizining uzunligi 20 sm bo‘ladi. Mahsulot och yoki to‘q qo‘ng‘irrangli bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir hidi va yoqimli achchiqroq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Valyeriana ildiz va ildizpoyasi tarkibida 0,5— 2% efir moyi va sof holda izovalyerian kislota bor. Valyeriananing efir moyi, asosan, ingichka ildizlarda, izovalyerian kislota esa yo‘g‘on va qari ildizpoyalarda ko‘proq bo‘ladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish