Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o‘tkaziladigan qiyosiy ekologik-geografik metod hisoblanadi



Download 28,52 Mb.
bet7/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o‘tkaziladigan qiyosiy ekologik-geografik metod hisoblanadi. Bunda eksperiment ham juda muhim. Lekin shuni esda tutish kerakki, har qanday eksperimentda tabiiy xolatni buzishga to‘g‘ri keladi, bu esa har doim tegishli tuzatish kiritishni talab qiladi.
Ekologiya qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Bu sohadagi deyarli barcha masalalar ekologiya bilan uzviy birlashib ketadi. Keyingi yillarda esa atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham, inson hayotining ko‘pchilik muammolari ham ekologiya bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladigan bo‘ldi.


Dorivor o‘simliklarning inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati
Markaziy Osiyoda asrlar davomida o‘ziga xos sharq xalq tabobati shakllangan, u ming yillar davomida shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish tajribasiga asoslangan. Xalq tabobatining asosiy quroli – shifobaxsh o‘simliklar va ularning xom-ashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar hisoblangan.
Ma’lumki, odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarni davolash hamda shu kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlatiladigan o‘simliklar dorivor o‘simliklar hisoblanadi. Eramizdan avvalgi davrlardayoq insonlarda shifobaxsh o‘simliklar va ular yordamida ko‘pgina kasalliklarni davolash usullari xaqida ma’lumotlar bo‘lgan va ular amaliyotda qo‘llanilgan. Eramizdan avvalgi 5000 yil avvalgi Shumer davlatida sopol taxtachalarga yozilgan va 1956 yilda nemis olimlari tomonidan o‘qishga muvaffaq bo‘lingan qadimgi yozuvlarda ham dorivor o‘simliklardan dorivor malhamlar tayyorlash usullari haqida ma’lumotlar bo‘lgan. Qadimgi Suriya shoxi Assurbanipal kutubxonasida (eramizdan avvalgi 668 yil) sopol taxtachalarga yozilgan 22000 jadvallar topilgan, ularning 33 tasida dorivor o‘simliklar va ular asosida tayyorlangan mahsulotlar xaqida ma’lumotlar keltirilgan.
Misr papiruslari (eramizdan avvaligi 3000 yil oldin), qadimgi xitoy tibbiyoti namunasi “O‘tlar va ildizlar xaqida qonun” (eramizdan avval 2800 yil oldin yozilgan va qo‘llanilgan) kabi qadimgi bizgacha yetib kelgan manbaalarda dorivor o‘simliklardan foydalanish va ular asosida shifobaxsh malhamlar tayyorlash usullari keltirilgan.
X.X. Xolmatov va O‘.A. Axmedovlar ma’lumotlariga qaraganda qadimgi grek xakimi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) davrida 236 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklardan foydalangan, bu xaqida yozma ma’lumotlar uning “Korpus Xippokratikum” asarida bizgacha etib kelgan. Gippokrat tabibning 3 quroli bor – so‘zi, o‘simlik va tig‘dir degan so‘zlarni qoldirgan.
Qadimgi rim xakimi Galen (eramizning 130-200 yillari) ham dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan qo‘llanmasida 304 ta dorivor o‘simliklar xaqida ma’lumotlar keltiradi. Galen tibbiyot va farmatsiya sohasiga bag‘ishlangan 131 taga yaqin ilmiy asarlar yozgan. Galen tibbiyotda ilk bor o‘simlik va xayvonlardan organlaridan tayyorlangan va ta’sir etuvchi kuchiga ega kompleks dorivor vositalar yordamida bemorlarni davolashni tavsiya etgan. Shu sababli ham bunday dorilar bugungi kunda ham “Galen preparatlari” deb ataladi.
Buyuk matematik Pifagor ham dorivor o‘simliklar bilan qiziqqan. Aristotelning shogirdi Teofrast (eramizdan avval 4 asr) “Botanikaning otasi” hisoblanadi, uning “O‘simliklar xaqida tadqiqotlar” ilmiy asari hozirgi paytda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Undan bir
necha asrlardan so‘ng yozilgan “Yevropa farmakognoziyasining otasi” nomini olgan Dioskoridning (eramizdan avvalgi 1 asr) ilmiy asarlarida 400 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar va ularni rasmlari xaqida birgalikdagi ma’lumotlar keltiriladi. Uning “Materia medica” nomli mashhur asarida qadimgi misr, shumer va vavilon tibbiyoti tajribalari umumlashtirilgan.
Xitoy, xind va tibet tibbiyoti ham o‘ziga xos qadimgi an’analarga tayanadi. Xitoy xalq tabobati 4000 yillik tarixiga ega. Xitoydagi dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan ilk kitob (“Ben Sao”) eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o‘simliklar xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu kabi kitoblar Xitoy tarixida ko‘plab to‘ldirilgan va boyitilgan xolda ko‘p marotaba chop etilgan va tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilgan. Masalan, XVI asrda yashagan Li Shi-Chjen o‘zidan avvalgi olimlar va tabiblarning tajribalarini umumlashtirib 52 tomli asar yaratgan, unda 2000 turdagi o‘simliklar, ular xomashyosini tayyorlash vaqti, terish texnologiyasi va ulardan dorivor vositalar tayyorlash usullari keltiriladi. Qadimgi Xitoyda jenshen, limon, shirinmiya, arslonquyruq, kamfora, ravoch kabi dorivor o‘simliklar xomashyosiga talab yuqori bo‘lganligidan ushbu o‘simliklar madaniy shariotlarda keng miqyosda ekilgan. Qadimda tabiblar uch turdagi davolash usulidan keng foydalanganlar: tig‘ orqali, shifobaxsh o‘tlar va so‘z bilan davolash usullari.
Hindiston florasi dorivor o‘simliklarga boy hisoblanadi, shu sababli ham bu xududda xalq tabobati o‘zining qadimgi an’analariga ega. Dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan qadimgi hind kitobi – “Yajurveda (Hayot xaqida fan) deb ataladi. Ushbu kitobda 700 ga yaqin dorivor o‘simliklar xaqida ma’lumotlar mavjud. Dunyoga mashhur Tibet tibbiyoti ham Hind tibbiyoti ta’sirida shakllandi, Tibetda yozilgan “Djutshi” (Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati) kitobida dorivor o‘simliklarga keng o‘rin berilgan.
Zardushtiylarning “Avesto” kitobida 1000 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar va ularni inson organizmiga ta’siri xaqida ma’lumotlar mavjud. Shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish sohasiga Markaziy Osiyoning dunyo tan olgan olimlari–Abu Rayxon Beruniy (973-1048) va Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) katta hissa qo‘shdilar. Bu olimlar xozirgi farmakognoziya va farmakologiya fanlariga asos soldilar. Abu Rayxon Beruniyning “Saydana” nomli farmakognoziyaga bag‘ishlangan ilmiy asarida (1041-1048 y.) 750 turdagi shifobaxsh o‘simliklar xaqida ma’lumotlar keltiriladi.
S.I.Isxakov fikricha Abu Ali ibn Sinoning dunyoga tanilishiga uning tibbiyotga bag‘ishlangan mashhur “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) ilmiy asari sababchi bo‘lgan. Olim 20 yillar davomidagi o‘tkazgan tibbiyot amaliyotida to‘plagan tajribalari asosida yaratgan 5 jildlik “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) asari asrlar mobaynida nafaqat arablar, balki Yevropa shifokorlarini ham dastur amal bo‘lib xizmat qilgan. Kitobda 500 dan oshiq dorivor o‘simliklar hamda ulardan tayyorlangan 40 dan oshiq dorivor vositalar xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu asar hozirda ham o‘z aham iyatini yo‘qotmagan hamda o‘rta asrlardayoq ko‘pgina xorijiy Yevropa tillariga tarjima qilingan, birgina lotin tilida 16 marta chop etilgan. Bunday mukammal tibbiyotga bag‘ishlab yozilgan katta xajmdagi ilmiy asar Yevropa xalqlari tomonidan asrlar mobaynida tibbiyot amaliyotida keng foydalanilgan. Buyuk olim malhamlarni inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini oshirish uchun bir necha o‘simliklardan iborat murakkab dorivor vositalar qo‘llashni taklif etgan. Olimning inson sivilizatsiyasi uchun qilgan xizmatlarini buyuk sistematik olim Karl Linney (1707-1778 y) tomonidan e’tiborga olingan, tropik mintaqalarda tarqalgan qimmatli o‘simlikning nomini uning ismi bilan “Avitsenna” deb atagan.
Ispaniyada yashagan arab xakimi Ibn Boytar 1400 ga yaqin shifobaxsh mahsulotlar va ular bilan davolash usullari xaqida ma’lumotlar keltiradi, ularning asosiy qismini dorivor o‘simliklar tashkil qilgan. XVIII asrda yashagan Muhammad Xusayniy “Buyuk farmakognoziya” va “Dorilar xazinasi” asarlarini yozdi, ularda ham 2000 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar, xayvonlar va ma’danlardan tayyorlangan dorivor vositalar ham da ulardan foydalanish usullari keltirilgan va ular bilan davolash usullari xaqida ma’lumotlar mavjud.
O‘rta asrlarda xalq tabobati rivojlandi, uning vakillari tabiblar deb atalgan. Tabiblar o‘z zamonasining o‘qimishli va tibbiyot amaliyoti tajribalariga ega insonlar bo‘lishgan. O‘qimishli tabiblarni xalq xakimlar deb atagan. Bu davrda Abbos al-Zahraviy, Abu Bakr ar-Roziy, Avaz tabib, Iloqiy, Kolonisiy, Qumriy, Xurosoniy, Xorazmiy, Maxmud Xakim Yaypaniy kabi xalqqa tanilgan xakimlar muvaffaqqiyatli tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullan-dilar va xalq tabobatini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tabiblar tomonidan qo‘llanilgan o‘simliklar asosida tayyorlangan dorivor vositalar va usullar yaxshi natijalar berganligi sababli ular keyinchalik tibbiyot botanikasi, farmakognoziya, farmakologiya kabi sohalarni rivojlanishiga ta’sir etdi.
Sobiq Ittifoqda ham dorivor o‘simliklarini o‘rganishga e’tibor kuchli bo‘lgan, 1931 yilda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti (VILAR) tashkil etilgan, ushbu ilmiy dargoh olimlari dorivor o‘simliklarni ilmiy o‘rganishda va madaniylashtirishda katta ishlarni amalga oshirganlar. Dorishunoslik-farmakognoziya fanini ravnaq topishida A.F. Gammermanning(1888-1978) katta hissasi bor. Uning “Farmakognoziya kursi” kitobi dorishunoslar uchun qimmatli qo‘llanma xisoblangan va 1978 yilgacha yagona darslik sifatida 6 marta nashr etilgan.
P.S. Massagetov (1884-1972) ham butun umrini dorivor o‘simliklarni o‘rganishga bag‘ishlagan. A.I. Orexov (1881-1932) o‘simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o‘rganish borasida katta xizmatlar qilgan. Uning shogirdlari bo‘lmish akademiklar O.S.Sodiqov, S.Yu. Yunusov, N.K.Abubakirovlar ham Respublikamizda dorivor o‘simliklarni biokimyoviy o‘rganish maktabini yuzaga keltirdilar. Respublikamizdagi dorivor o‘simliklarni o‘rganish 20 asrlarda keng miqyosda o‘tkazildi.
Respublikamizning turli iqlim va tuproq sharoitli xududlarida o‘sadigan turli glikozidlarga, alkaloidlarga, flavonoidlarga, saponinlar, kumarinlarga va boshqa biologik faol moddalarga boy bo‘lgan dorivor o‘simliklarni izlab topish, tarkibini o‘rganish, tibbiyotda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash kabi ilmiy tadqiqot ishlari A.A.Axmedov, X.X.Xolmatov, V.A.Karimov, A.Sh.Shomaxmudov, M.N.Nabiev, V.G.Shalnev, A.Ya.Ibragimov, Z.P.Pakudina, A.S.Sadikov, K.X.Xodjimatov, G.S.Aprasidi, I.A.Har lamov, A.I.Qosimov kabi olimlar tomonidan o‘tkazilgan.
Akademik S.Yu.Yunusov va uning shogirdlari tomonidan Respublikamiz florasidagi alkaloidli o‘simliklarning biokimyoviy tarkibi o‘rganildi. Ushbu olimning say har akatlari bilan 1956 yilda O‘simlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilindi va uning olimlari Respublikamiz florasidagi o‘simliklarni biokimyoviy tarkibini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar. 1968 yilgacha bo‘lgan davrda o‘simliklardan ajratib olingan 500 ta alkaloidlarga ilmiy tavsif berilgan bo‘lsa, 1981 yilga kelib 1096 ta alkaloidlarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi institutining “Alkaloidlar kimyosi” laboratoriyasi olimlari o‘simliklardan jami 688 ta alkaloidlar ajratib olganlar va ularning 338 tasini kimyoviy strukturasini aniqlaganlar. Demak, dorivor o‘simliklar ming yillar davomida insonlar uchun yagona dorivor vositalar tayyorlash manbai bo‘lib xizmat qilgan va uning salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutgan. Hozirgi paytda kasalliklarni davolash uchun odatda dorivor o‘simliklardan dorixona, farmatsevtika zavodlari va fabrikalari, Galen laboratoriyalarida yoki uy sharoitlarida bir qator dori preparatlari tayyorlanadi yoki ulardan dori tayyorlash uchun sof holida kimyoviy birikmalar–o‘simliklarning biologik aktiv moddalari ajratib olinadi.
O‘simliklardan sof holda ajratib olingan kimyoviy birikmalar ba’zan tirik organizmga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli biologik faol moddalar bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim o‘simliklarning o‘zi ham zaharli bo‘lishi mumkin. Masalan: kuchala, parpi, isiriq, Turkiston adonisi (sariqgul), omonqora, afsonak, achchiqmiya (eshakmiya), qizilcha (efedra) va boshqalar zahar li o‘simliklar hisoblanadilar.
O‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zida zaharli bo‘lmagan biologik faol moddalar saqlovchi va turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklardir. Qadim zamonlarda odam o‘zini yomon sezgan, kasallangan, yaralangan, shikastlangan hollarda dardiga davoni atrofidagi o‘simlik dunyosida axtargan va ularning birortasidan foydalangan va shu tariqa shifo topgan.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish