Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet30/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

KATTAZUBTURUM — Plantago Major L.
Katta zubturum — Plantago Major L. zubturumdoshlar — Plantaginaceae oilasiga kiradi. Zubturum ko‘p yillik, kalta va yo‘g‘on ildizpoyali o‘t o‘simlik. Ildizpoyasining yuqori tomonidan (yyer ustida) uzun, qanotli bandli ildizoldi to‘pbarglar, pastki tomonidan esa (yyer ostida) juda ko‘p mayda ildizlar o‘sib chiqqan bo‘ladi. Ildizoldi to‘pbarglari keng ellipssimon yoki keng tuxumsimon, tekis qirrali va yirik bo‘ladi. Gulo‘qi bitta yoki bir nechta, tuksiz, bo‘yi — 10—45 sm. Gullari oddiy boshoqqa to‘plangan. Guli mayda, ko‘rimsiz. Gulkosachasi to‘rt bo‘lakka qirqilgan, gultojisi och qo‘ng‘ir rangli, to‘rt bo‘lakli, otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — tuxumsimon, ko‘p urug‘lik o‘zakcha. May-iyun oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Yyer yuzasining hamma tumanlarida yo‘l yoqalarida, dalalarda, ekinzorlarda, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida, ariq bo‘ylarida hamda boshqa nam yyerlarda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash.O‘simlik bargi yil bo‘yi yig‘iladi. Yupqa qilib yoyib, soya yyerda quritiladi yoki quritmay ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida aukubin (rinantin) glikozidi, achchiq, shilliq va oshlovchi moddalar, flavonoidlar (apigenin, gomoplantagenin, lyuteolin va skutellyarein glikozidlari va boshqalar), karotin hamda askorbin, limon kislotalar, faktor T va vitamin K bo‘ladi.
Ishlatilishi. Zubturum o‘simligining dorivor preparatlari yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita (barg damlamasi) sifatida, me’da-ichak kasalliklari (surunkali gipoatsidli gastrit, normal va kam kislotalik sharoitdagi me’da-o‘n ikki barmoq ichak yarasi)ni (plantog’lyusid preparati), anatsid gastrit, surunkali va tuzalishi qiyin bo‘lgan kolit hamda yaralarni (quritilmagan bargi va burga zubturumning quritilmagan yyer ustki qismining shiralari birgalikda) davolashda qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, yangi yig‘ilgan, quritilmagan bargning konsyervatsiya qilingan shirasi, plantog’lyusid preparati, barg briketi.
Barg yo‘talda byeriladigan choylar — yig‘malar tarkibiga kiradi.
Tibbiyotda katta zubturum bilan bir qatorda o‘rta hamda lansetsimon zubturum o‘simliklari ham ishlatiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish