Nazorat savollari:
1. Qizil kitob haqida ma’lumot va uning tasis etilishi haqida ma’lumot byering?
2. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor turlarini aytib byering?
3. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlarini aytib byering?
4. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan endem turlarini aytib byering?
5. O’simlik turlarini Qizil kitobga kitilishiga sabab bo’ladigan omillarni aytib byering?
AMALIY MASHG’ULOT MATYERIALLARI
1-amaliy mashg’ulot.
Tabiiy dorivor o’simliklar turlarini biologiyasini o’rganish.
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston florasida uchraydigan tabiiy dorivor o‘simliklar turlari haqida ma’lumotlar byerish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor o‘simlik turlari haqida ma’lumotlar byeriladi.
Sintetik kimyoning jadal rivojlanishi va aksariyat dori-darmonlarning kimyoviy yo`l bilan tayyorlanishiga| qaramasdan 45% dorivor preparatlar shifobaxsh o`simiklardan tayyorlanadi, shulardan 80% yurak qon-tomir sistemasi dorilaridir. Binobarin, xalq tabobatida turli xastaliklarga qarshi tabiat in’om etgan giyoxlardan foydalanish bizga qadimdan ma’lum. Zyero, o`simlik dunyosini insonlar tomonidan qo`llash ko`p asrlar davomida avloddan - avlodga o`tib, takomillashib kelgan va ular hozir olimlar tomonidan to`ldirildi va amaliyotda asoslab byerildi. Xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda shifobaxsh o`simliklardan har xil kasalliklarni davolashda keng foydalaniladi. Bo’lardan ko`plari madaniylashtirilib, alohida yyer maydonlarida, plantaqiyalarda ekib, parvarish qilib ko`paytirilmoqda.
Ularning ko`pchiligi yovvoyi holda o`tloqlarda, tog’` yon bag`irlarida, qir-adirlarda, jarlarda, temir yo`l-yoqalarida, ariq-daryo bo`ylarida, ekinzor va polizlarda beoro`sadilar. Insonlarga xuddi "mana meni vaqtida yig`ishtirib ol va to`g`ri foydalan" deya o`z xizmatini taqdim qilayotgandek bo`ladilar.
Sintez yo`li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatlarni uzoq vaqt mobaynida uzluksiz ravishda qabo’l qilish inson organizmida turli noxush o`zgarishlarning, ayniqsa, keyingi vaqtda allyergik kasalliklarning ko`payib ketishiga sabab bo`lmoqda. O`simliklar esa inson organizmiga sintetik dori vositalariga qaraganda bo`lakcha ta’sir ko`rsatadi. Amaliyotda qo`llaniladigan shifobaxsh giyoh ylarning bemorga ko`proq mahalliy samarali ta’sir ko`rsatishi tufayli ular inson uchun mutlaqo bezarardir. Shuning uchun dorivor o`simliklarga va ulardan olinadigan dorivor preparatlarga – fitopreparatlarga bo`lgan talab va ehtiyoj nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda ortib bormoqda.
Shifobaxsh o`simliklar boyliklaridan foydalanishda o`simlik guruhlarining ekologik muvozanatiga ta’sir etmaslik uchun ularni yig`ishtirib olish va tayyorlash qoidalariga rioya qilish lozim. Muvozanat buzilmasa o`simliklar yo`qotgan massalarini oson va tez qayta tiklaydi. O`simlik xomashyolarini yig`ishtirishda turlarning biologik xususiyatlarini hisobga olmaslik oqilona foydalanmaslik o`simlik turlari hamda boyliklarini qayta tiklashga juda katta ziyon keltiradi.
O‘zbekiston relefini har -xilligi tufayli, tuprog‘i va o‘simlik olami har xil bo‘ladi. Eng pastki yyerlarda asosan cho‘l o‘simliklari tarqalgan. Yyerlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o‘zgarib boravyeradi.
Har bir dorivor o‘simlikni turini joylashgan yyeriga va tog’‘lik yyerlarda o‘simliklarni o‘sishini va tarqalishini o‘ziga xosligini inobatga olib zahirasini aniqlash usuli tanlab olinadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlariga yyer yuzida 250 ming atrofida gullaydigan o‘simlik turlari mavjud. Shular jumlasidan YYevropa va Osiyo qitalarida kamida 75 ming turi tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 20 mingga yaqin, O‘rta Osiyoda esa 7 ming atrofida gullaydigan o‘simliklar o‘sadi. O‘zbekiston hududiga yuqori o‘simliklardan 4230 tur o‘simliklar tarqalgan bo‘lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o‘simliklar madaniylashtirilgan o‘simliklar hisoblanadi. O‘zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o‘simliklarni ko‘pchiligi tog’‘li hududlarda, tayyorlash qiyin bo‘lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo‘ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o‘simliklar o‘sadi va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston hududida ma’lumki asosiy qishloq-xo‘jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zahirasini qisqarib ketishiga olib keldi. Shuning uchun O‘zbekiston florasidagi noyob dorivor o‘simliklar bilan Sog‘liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni yetishtiradigan xo‘jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud.
Hozirgi zamondagi dorivor o‘simliklar ilmini rivojlanish bosqichidagi muhim vazifalardan biri, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini eng kyerakli, samarali dori vositalarini yaratishga jalb qilishdan iborat.
O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda o‘sadigan hamda o‘stiriladigan o‘simliklardan bir qanchasining farmakologik ta’siri va kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda:
(1-jadval)
O‘zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o‘simliklar
|
Oddiy isiriq
|
Peganum harmala L.
|
|
Turkiston arslonquyrug‘i
|
Leonurus turkestanica
|
|
Turkiston adonisi
|
Adonis turkestanica Adolf.
|
|
Teshik dalachoy
|
Hypyericum pyerforatum L.
|
|
Dag‘al dalachoy
|
Hypyericum scabrum L.
|
|
Regel qo‘ziqulog‘i
|
Phlomus regeli Willd.
|
|
Gulbandli kiyik o‘ti
|
Ziziphora pedicellata Pazij et Vved.
|
|
Gangituvchi bozulbang
|
Lagochilus inebrians Rgl.
|
|
Mayda gulli tog’‘rayhon
|
Origanum tytthanthum Gontsch
|
|
Dorivor tirnoqgul
|
Calendula officinalis L.
|
|
Syertuk xandeliya
|
Handelia trichophylla (Shrenk)
|
|
Samarqand bo‘znochi
|
Helichyrisum maracandicum M.Pop.
|
|
Do‘lana turlari
|
Crataegus sp.
|
|
Itburun na’matak
|
Rosa canina L.
|
|
Sariq andiz
|
Inula grandis Schrenk.
|
|
Danakli oqquray
|
Psoralea drupacea Bge.
|
|
Anjir
|
Ficus carica L.
|
|
Makkajo‘xori
|
Zea mays L.
|
|
Ketma-ket gulli tyermopsis
|
Thyermopsis altyerniflora
|
|
Qalampir yalpiz
|
Mentha pipyerita L.
|
|
Mayda qirqilgan bargli fyerula
|
Fyerula tenuisecta L.
|
|
Viktor ungyerniyasi
|
Ungyernia Victoris Vved.
|
|
Tubo’lg‘ibargli bo‘ymodaron
|
Achillea filipendulina Lam.
|
|
Dorivor qashqarbeda
|
Melilotus officinalis Desr.
|
|
Itsigak
|
Anabasis aphylla L.
|
|
Tik o‘suvchi bo‘rigul
|
Vinca yerecta Rgl. et Schmalh.
|
|
Parpi
|
Aconitum soongoricum Stapf.
|
|
Jut
|
Corchorus olitorius L.
|
|
Otquloq
|
Rumex confyertus Willd.
|
Oddiy isiriq, Turkiston arslonquyrug‘i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy) dalachoy, dag‘al dalachoy, Regel qo‘ziqulog‘i, gulbandli kiyiko‘t, gangituvchi bozulbang, maydagul tog’‘rayhon va soxta yantoq o‘simliklarining o‘ti (yyer usti qismi), dorivor tirnoqgul, syertuk xandeliya va Samarqand bo‘znochi gullari, do‘lana va itburun na’matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (yyer osti organlari), anjir bargi va makkajo‘xori onalik ustunchasi og‘izchasi bilan, tyermopsis va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |