BUXORO PO‘FANAGI / Anemone bucharica Regel
Pomir-Oloyda o‘sadigan endemik o‘simlik. Qisqacha tavsifi. Tugunagi yumaloq yoki uzunchoq ko‘rinishdagi ko‘p yillik o‘t. Ildizoldi barglari bandli, och yashil, yumaloq-yuraksimon, uch karra bo‘lingan, siyrak tukli. YAprog‘ining yon bo‘laklari bandsiz, o‘rta qismidagilari esa qisqa bandli. O‘rama barglari 3 ta, uch karra bo‘lingan. Gulpoyalar 1–3 ta. Gullari yirik, diametri 3–4 sm, tik turuvchi, ochiq, likopchasimon. Gulkosasi qizil, ichki tomoni yaltiroq, tashqi tomoni yotiq tukli. Urug‘i qalin tukli. Aprel–iyun oylarida gullab, meva byeradi. Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida – SHalqonsoy atrofi, Boysuntog’‘ va Bobotog’‘ tizmalarida tarqalgan (Tojikistonda ham uchraydi). O‘sish sharoiti. Tog’‘ yonbag‘irlaridagi sarg‘ish tusli va mayda zarrali tuproqlarda hamda tog’‘ etaklaridagi ola tuproqlarda o‘sadi. Soni. Tabiatda kam tarqalgan, to‘p-to‘p holda uchraydi. Ko‘payishi. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabab lari. Gul va tugunaklarining mahalliy aholi tomonidan yig‘ib olinishi va chorva mollari boqilishi natijasida kamayib bormokda. Madaniylashtirilishi. 1962 yildan buyon O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi. Muhofaza choralari. Tabiatda mavjud populyasiyalari qat’iy nazorat ostiga olinishi lozim. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
SUMBO’L KOVRAK / Fyerula sumbo’l (Kauffm.) Hook.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 150 sm gacha etadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari 2–5 ta, ingichka, yuqori qismi syershox. Barglari qattiq bo‘lib, ildiz bo‘g‘izida o‘rnashgan. Yaprog‘i uch karra patsimon bo‘lingan, uzunligi 2–3 sm, kengligi 1–1,5 sm, uchidagi bo‘laklari tuxumsimon nishli. Uzunligi 2–3 sm, kengligi 1–1,5 sm. Gullari sariq rangda. Kosacha barglari tishchali. Mevasi mayda, uzunligi 7 mm, eni 4 mm. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda etiladi. Tarqalishi. Jizzax, Sa mar qand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Nurota, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’‘larida tarqalgan.
Toshli yonbag‘irlarda, butazorlarda o‘sadi. Soni. Nihoyatda kamyob, to‘p-to‘p bo‘lib uchraydi. Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Mahalliy aholi tomonidan muttasil va nooqilona tarzda atir-upa sanoati uchun hamda dorivor xom ashyo sifatida yig‘ib olinishi va urug‘ining turli hasharotlar tomonidan zararlanishi uning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Madaniylashtirilishi. O‘zbekiston Milliy univyersitetining Botanika bog‘ida bundan bir necha yillar oldin o‘stirilgan. Muhofaza choralari. Nurota, Zomin, Kitob, Hisor davlat qo‘riqxonalarida, himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |