YAXLIT QIRRALI ZIRK, QIZIL ZIRK - BYERBYERIS INTEGYERIMA BUNGE
O‘simlikning tavsifi. yaxlit qirrali zirk Byerbyeridaceae oilasiga mansub buta. Uning bo‘yi 4 m. Kuchli shoxlangan ko‘ng‘ir rangli. Barglari po‘stli, shakli uzunchoq yoki teskari tuxumsimon, bo‘yi 4-5 sm, eni 13-18 sm, kaltabandli, chetlari yaxlit. Gullari uzun shingilga joylashgan bo‘lib uning soni 12-20 ta, meva etilgan vaqtda ular osilgan holatda bo‘ladi. Gulkosacha va gultojibarglari bir xil bo‘lib shakli teskarituxumsimon. Ustunchasi qisqa, tumshuqchasi nisbatan yirik, mevada saqlanib qoladi. Urug‘kO’rtagi 3-4 ta. Rezavor mevasi teskarituxumsimon, qizil rangli bo’yi 7-8 mm. May oyida gullab iyun-iyulda mevalaydi.
Yashash joyi va tarqalishi. Barbaris O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tog’‘li qismining toshli tuproqlarida o‘sadi. Umumiy tarqalish xududi O‘rta Osiyo, Yeron, Avg‘oniston.
Xomashyoni tayyorlash va uning sifati. Barbarisning ustki qismini juda sekin o‘sishini hisobga olgan holda uni keyingi tyerimini 5-10 yilsiz amalga oshirmaslik zarur. Mevalari etilgandan keyin yig‘ilgan ildiz bo’laklarining uzunligi 12-20 sm gacha, enini 6 sm ga teng qilib kesiladi. Ildizi qung‘ir kulrang, bo‘linganda limon kabi sariq. Xidi sezilarsiz, o‘ziga xos. Ta’mi achchiq. G‘unchalash va gullash fazasida yig‘ilgan barglar quritilgandan so‘ng ellipssimon shaklga kirib bo’yi 2-7 sm, eni 4 sm, ikki tomondan yupqa mumsimon modda bilan qoplangan. Barglari ustki tomondan tuq yashil, ostkisi och yashil. Hidi o‘ziga xos, ta’mi nordon. Xomashyo namligi 14 % dan, kuli 5% dan, t eshiklarning diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan maydalangan o‘simlik bo‘laklari 5% dan, me’yoriy rangini yuqotgan qismlari 4 % dan, organik aralashmalari 2 % dan, minyeral aralashmalari 1% dan ortmasligi kyerak. Xomashyoni gazlamadan tayyorlangan 10-20 kg li xaltalarga yoki 50 kg li tugunlarga joylanadi, saqlash muddati 3 yil.
DORIVOR ASARUN – VALYERIANA OFFICINALIS L.
O‘simlik tavsifi. Dorivor asarun asarundoshlar - Valyerianaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib u ikki yillik qisqa ildizpoyaga ega. Ildizpoyasi vyertikal, qisqa. (tabiatda ildiz poyasining bo’yi 4 sm, eni 3 sm, madaniy holda 10 sm va undan ortiq), o‘zagi g‘ovak kundalang to‘siqli. Ildizidan ko‘psonli, tasmasimon yon ildizlar ba’zan esa yer osti poyasi (stolonlari) hosil bo‘ladi. Ildiz va ildizpoyasining hidi o‘ziga xos. Ta’mi shirin-achchiqroq. Vegetatsiyasining birinchi yili ildizoldi barglarining rozetkasini, ikkinchi yili guli novda hosil kqiladi. Poyasi tug‘ri, uning bo’yi 200 sm balandlikka etadi, silindrsimon egatsimon yashil. Barglari tokpatsimon kesilgan. To‘pguli qalqonsimon, eni 15 sm, kuchli shoxlangan. Gullari ikki jinsli, mayda, hidli, bo‘yi 3-5 mm. Gullari oqish rangdan to zangori ranggacha o‘zgaradi. Mevasi uzunchoq-lansetsimon doncha, bo‘yi 2,5-5 mm. May oyidan avgust boshlarigacha gullab mevalaydi, yalpi pishishi avgustga tug‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |