Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet18/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Anor po‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi, pista bujg‘uni tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida, zirk o‘simligidan berberin alkaloidi, na’matakdan C vitamini, chakandadan chakanda moy olinadi.
Dorivor o‘simliklar ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra 2 xilga ajratiladi: 1) ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab – alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, flavonoidli va boshqalar; 2) farmakologik ko‘rsatkichlariga qarab – tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va xokazo dorivor o‘simliklar.
“O‘zfarmsanoat” kimyo-farmatsevtika zavodlarida O‘zbekistonning mahalliy sharoitlarida o‘sadigan va madaniy sharoitlarida ekib o‘stiriladigan dorivor o‘simliklarning xom-ashyosi asosida turli-tuman dorivor preparatlar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo‘llaniladigan psoralen, yapon soforasi g‘unchasidan fiziologik faol ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkaloidi, kendirdan strofantin, simarin, yurak glikozidlari, cherkezdan salsolin alkaloidi, zirkdan berberin alkaloidi, na’matakdan C vitamini va boshqa preparatlar tayyorlanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 (277) ga yaqin dorivor o‘simliklarning mahsulotidan foydalaniladi. Ushbu dorivor o‘simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan fermer va davlat xo‘jaliklarning dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan dalalaridan tayyorlanadi. Qolgan 22% “aralash” guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham sanoat plantatsiyalarda o‘sadigan, o‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik “aralash” guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlarning salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi sug‘oriladigan maydonlarda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
Farmatsevtika korxonalari va aholining dorivor o‘simliklar mahsulotlariga ehtiyojining o‘sib borishi natijasida ularning xom-ashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida qator dorivor o‘simliklarning tabiiy zahiralarini kamayib ketishiga, natijada ularning xom-ashyosini tayyorlanishini keskin chegaralashga yoki butunlay taqiqlashga olib kelmoqda. Masalan, O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan bozulbangning yer ustki qismi va piyozining ko‘p tayyorlanishi natijasida ularni zaxirasi tabiiy o‘sish joylarida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o‘simlik O‘zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan.
Ushbu o‘simliklarni tabiiy sharoitlarda xom-ashyosini tayyorlash hozirgi paytda to‘xtatilgan. Dorivor o‘simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar zahirasi yetarli emasligidan, ularni madaniylashtirishni taqozo etadi, ya’ni ushbu o‘simliklarni sug‘oriladigan mintaqalarda madaniy sharoitlarda o‘stirish agrotexnikasini ishlab chiqish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ba’zan kamyob dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga talab katta bo‘lsa-yu, lekin ularning tabiiy zahiralari yig‘ish uchun noqulay tog’‘li joylarda yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda uchrasa, bu dorivor o‘simliklarning xom-ashyosini tayyorlash sug‘oriladigan yerlarda o‘stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o‘simliklarni madaniy sharoitlarda o‘stirish maqsadga muvofiqdir. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar xom-ashyosini katta hajmda tayyorlashning asosiy qiyinchiligi ularning mahsulotlarini yig‘ib olish uchun maxsus qishloq xo‘jalik texnikalarini yo‘qligidir.
Madaniy sharoitlarda bo‘lsa bu kabi muammolar yo‘q, ya’ni sanoat plantatsiyalarida o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar mahsulotlari qulay sharoitlarda va ta’sir etuvchi kimyoviy biologik faol moddalari ko‘p to‘plangan davrlarda turli qishloq xo‘jaligi mexanizmlar yordamida yig‘ib olish mumkin.
Tibbiyot maqsadlari uchun juda zarur va qimmatli bo‘lgan dorivor mahsulotlar respublikamizda uchramaydigan tropik yoki subtropik iqlimli mintaqalarda o‘sadigan o‘simliklardan tayyorlanadigan bo‘lsa, imkon qadar shunday o‘simliklarni o‘zimizda o‘stirish imkoniyatlarini yaratish zarur. Masalan hozirgi kunda zaytun o‘simligi Surxondaryo viloyatining Denov xududida o‘stirilmoqda, chakanda o‘simligini Respublikamizda madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda va xokazo.
Hozirgi kunda tabiiy holda o‘sayotgan dorivor o‘simliklarni zaxiralari antropogen omil ta’sirida tobora kamayib bormoqda. Buning o‘rnini to‘ldirish va xalqimizni dorivor o‘simliklar mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor o‘simliklar turlarini ko‘paytirish va ularni O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan mintaqalarda keng miqyosda ekib o‘stirish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor o‘simliklarni ekib o‘stiradigan fermer va boshqa ixtisoslashgan xo‘jaliklar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish